5-Mavzu: Insoniyat hayotida ilk bosma nashrlar Reja



Yüklə 99,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü99,3 Kb.
#198692
1   2   3   4   5   6
5-maruza — копия

Yakuniy 
bosqich: 

 
Har bir jarayon o‘z evolyutsion rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lishini – boshi va poyoni 
bo‘lishini tarix ko‘rsatdi. Xususan, so‘z, fikr erkinligiga qarshilik borib-borib mudhish, absurd 
manzaralarni paydo qilishiga insoniyat takror guvoh bo‘ldi. 
Tsenzura ekstremistik inqilobga zamin yaratdi. Ishlarning mantiqiy davomi bolsheviklar 
tuzumi yuzaga kelishi bilan yakunlandi.
Matbuot to‘liq davlat nazoratiga o‘tdi, tanqidiy fikrlar man qilindi. Sovet tuzumi nomi birgina 
so‘zi uchun juda ko‘plab ziyolilarni qatl qilgani bilan ham tarixda qoldi.
Mazkur tuzum o‘z asoratlarini qoldirmay qolmadi, albatta. Surunkali dardga aylangan o‘zgacha 
fikrga chidamsizlik, axborot sohasini monopoliya qilishga moyillik xususan o‘sha davrga xos 
odatlardan. Majburiy obuna ham aynan o‘sha davrning – yuz yil avval fikr qatag‘oni evaziga 
yuzaga kelgan tuzumning mohiyatan «farzandi»dir. 
Devordagi yozuv
: Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti Jurnalistika maktabi devoriga 
o‘rnatilgan toshga Jozef Pulitser – bu universitetga asos solgan, mashhur gazeta noshiri bo‘lgan, 
AQShdagi eng obro‘li mukofotlardan biri uning nomi bilan atalgan kishining quyidagi so‘zi o‘yib 
yozilgan: «Bizning respublika va uning matbuoti ikkovi birga yuksakka ko‘tariladi yoki ikkovi 
birgalikda qulaydi. Iqtidorli, beg‘araz, jamiyatga yuzlangan, haqni nohaqdan ajrata oladigan va 
uni himoya qila oladigan matbuot jamiyat fazilatini saqlab qola oladi. Bu fazilat bo‘lmasa hukumat 
mug‘ombirlik va tahqirlash omilidir. Orsiz, sotiladigan va demagogik matbuot o‘ziga mos 
odamlarni yuzaga keltiradi. Respublikaning kelajagini shakllantirish huquqi jurnalistlarning 
kelgusi avlodi qo‘lida». 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Markaziy Osiyoda Davriy nashr qachon paydo bo’lgan 
2. Media madaniyatining ko‘p funksiyaliligi. 
3. Media siyosati ijtimoiy-madaniy modernizatsiya muhitining integratori sifatida. 
4. O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalariga oid davlat siyosati va 
qonunchiligini rivojlantirish. 


5. O‘zbekiston Respublikasining OAV siyosati va OAV ijodi sohasidagi asosiy qonunlari. 
6. 
XX–XXI-asrlar 
boʻsagʻasidagi oʻzbek ijtimoiy-madaniy modernizatsiyasining 
xususiyatlari. 
7. Media madaniyati hukumat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotning katalizatori sifatida. 
8. Global media muhiti va uning jamiyatga ta'siri. 
9. Audiovizual kommunikatsiyalar va ularning jamoatchilik ongiga ta'siri. 
10. Zamonaviy ekran madaniyatida kinoning o‘rni.. 

Yüklə 99,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin