5-Mavzu: investitsiyalar hisobi (2 soat) Amaliy mashg‘ulotda muhokama qilinadigan savollar



Yüklə 13,97 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü13,97 Kb.
#115896
5-amaliy mashg\'ulot


5-Mavzu: INVESTITSIYaLAR HISOBI (2 soat)
Amaliy mashg‘ulotda muhokama qilinadigan savollar:

1.Moliyaviy investitsiyalarning mohiyati, ahamiyati, tasnifi va tavsifi


2.Moliyaviy investitsiyalarni kiritish usullari va qiymatini baholash turlari
3.Uzoq muddatli investitsiyalarning hisobi
4.Qisqa muddatli investitsiyalarning hisobi


12 -MASALA

MChJ 200_ yil dekabr oyida o‘z mablag‘larini aksiyalarni sotib olishga kiritgan, shuningdek «Atlas» korxonasiga vaqtinchalik moliyaviy yordam sifatida bergan. Ushbu operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar 3-masalada berilgan.




Qo‘shimcha ma’lumotlar:

a) samarqand bankidan sotib olingan har birining nominal qiymati 10 000 so‘mlik 60 dona aksiya (jami 600 000 so‘m) «Vaqt» depozitariysiga saqlash uchun topshirilgan.


b) «Atlas» korxonasiga 6 oylik muddat bilan berilgan vaqtinchalik moliyaviy yordam bo‘yicha olinadigan yillik foiz – 20 %;
v) Olinadigan foizlar har oyda hisoblab boriladi. Ularning birlamchi to‘lovi moliyaviy yordam berilgan sanadan boshlab 2 oydan keyin shartnomada ko‘rsatilgan sanagacha to‘lanadi.


Talab qilinadi:

1. 200_ yil dekabr oyida qilingan uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobi uchun 0610 «Qimmatli qog‘ozlar» va 5830 «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotlarini ochish, ularda yuz bergan operatsiyalarni aks ettirish, ushbu schyotlarni yopish.


2. «Atlas» korxonasiga berilgan qisqa muddatli moliyaviy yordam bo‘yicha 200_ yil dekabr oyi uchun olinadigan foizlar summasini hisoblash va uni schyotlarda aks ettirish.
Uslubiy ko‘rsatma:

1. 0610 «Qimmatli qog‘ozlar» va 5830 «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotlarini Bosh kitob shaklida ochish tavsiya etiladi;


2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha olinadigan foizlar summasi quyidagi formula asosida topiladi:


As*S*K
Fs = ------------------
100%*365


Bu yerda: Fs – foiz summasi;
As – asosiy qarz summasi;
S – yillik foiz stavkasi;
K - foiz hisoblanadigan hisobot davri kunlari soni;
365 – hisobot yilidagi o‘rtacha kunlar soni.

Izoh: a) Qarz berilgan kun birinchi kun hisoblanadi;


b) hisobot davr ida foiz hisoblanadigan kunlar soni kalendarga muvofiq aniqlanadi.
Yüklə 13,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin