Ilm fan va madaniyat. G’aznaviylar davlati davrida ilm-fan, madiyat va adabiyot rivojlangan. Mahmud G’aznaviy ona tilisi turkiydan tashqari fors, arab hatto pahlaviy tillarini ham mukamal bilgan va o’zi she’rlar bitgan. Uning saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va san’atkorlar to’planib, faol ijod bilan shug’illanganlar. Abu Rayhon Beruniy shuningdek
Farruxiy, Unsuriy, Gardiziy, Bayhaqiy shular jumlasidan bo’lib G’aznada yashaganlar. Beruniy o’zining “Qonun Mas’udiy” va Bayhaqiy o’zining “Tarixi Mas’udiy” asarlarini Mas’ud G’aznaviyga bag’ishlashgan. Firdavsiy mashhur “Shohnoma” dostonini Muhamad G’aznaviyga taqdim etgan. Biroq buyuk tabib Abu Ali ibn Sino G’aznaga sulton saroyiga borishdan bosh tortgan. Shimoliy Hindistonni islomlashtrish jarayoni aynan G’aznaviylar davrida boshlangan. G’aznaviylar davlatida qurilish va me’morchlik ham katta e’tibor qaratilgan.G’azna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaxarlarda ko’plab madrasalar, masjidlar, xonaqolar, saroylar va bog’lar, kutibxonalar faoliyat ko’rsatgan.
|