1 – rasm. Excel dasturi ishchi oynasining umumiy kо‘rinishi.
Jadvalning tanlagan yacheykasiga о‘tish uchun aniq manzil (adres) kо‘rsatilishi
kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan, A1, B4, F9, AB3 kabi kо‘rsatiladi.
Ustun va satr kengligi yetarli bо‘lmaganda uni yetarlicha miqdorda о‘zgartirish
mumkin. Buning uchun “Sichqoncha” kо‘rsatkichini A, B, C, D,
E va hokazo
ustunlarning kesishish chizig‘iga olib kelib, chap tugmachasi bosilgan holda, о‘ngga
yoki chapga lozim miqdorda suriladi.
Excel dasturi ishga tushgandan keyin, dastlab kerakli yacheyka ajratilib, uni
yangi ma’lumot bilan tо‘ldiriladi va Enter bosiladi yoki boshqa yacheykaga
«Sichqoncha» kо‘rsatkichi bosiladi.
Yacheykadagi ma’lumotni о‘zgartirish kerak bо‘lsa, yacheykaga «Sichqoncha»
kо‘rsatkichi olib kelinib chap tugmachasi 2 marta bosiladi.
Yacheykada kursor
(kо‘rsatkich) hosil bо‘ladi, kursorni kerakli joyga olib kelinib о‘chiriladi va yangi
ma’lumot yoziladi.
Yacheykani tozalash uchun yacheykani tanlab kursorni olib borib Del
tugmachasi bosiladi yoki menyuning Pravka bо‘limiga kirib, ochistit buyrug‘i
beriladi, natijada hosil bо‘lgan menyuda Soderjimoye qatorida «Sichqoncha»
tugmachasi bosiladi.
Ustun va qator kengligini ajratish uchun menyuning Fayl bо‘limi buyruqlari
tо‘plamidan Parametri stranitsi buyrug‘i tanlanadi.
Muloqot darchasi yordamida
Polya buyrug‘i tanlanib «Sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Ustun va qator kengligini
yuqoridan, quyidan, chap va о‘ngdan kerakli miqdorda miqdorini berish va «ok»
tugmachasini bosish kerak.
Kiritilgan ma’lumotni xotiraga saqlash uchun menyuning Fayl bо‘limidagi
Soxranit buyrug‘i beriladi. Muloqot oynasida paydo bо‘lgan Imya fayla sо‘roviga
faylga nom kiritib, «Soxranit» tugmachasi bosiladi.
Ishni yakunlash uchun menyuning Fayl bо‘limidagi Zakrit yoki Vixod buyrug‘i
beriladi, bundan tashqari ishchi oynaning yuqori о‘ng burchagida dasturdan chiqish
uchun (x) tugmacha joylashgan, uni «Sichqoncha» kо‘rsatkichi bilan kо‘rsatib chap
tugmasi bosiladi.
MS Excel dasturi menyusi quyidagi bо‘limlardan tashkil topgan:
Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Danniye, Okno, ?
Bu keltirilgan bо‘limlarning shakli Microsoft Office dasturlarini-kiga aksariyat
hollarda о‘xshash bо‘lsada, mazmunan Excel ning maqsad va vazifalaridan kelib
chiqib yaratilgan. Bundan tashqari ba’zi bо‘limlar faqat
mazkur dasturga tegishli
vazifalarni bajaradi. Menyuning buyruqlar tavsifi quyidagi jadvallarda berilgan:
Dostları ilə paylaş: