5-mavzu. Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanish. Reja



Yüklə 200,27 Kb.
səhifə6/13
tarix19.10.2023
ölçüsü200,27 Kb.
#157214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5-Mavzu. Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanish

Kengaytmasi

Berilishi

Excel kitobi

XLSX

Office Excel 2007-2010 va undan yuqori versiyalari

Excel varag‘i (kod)

XLSM

Makroslarni qo‘llab-quvvatlovchi XML ga asoslangan Office Excel 2007versiyasi

Excel ikkilik kitobi

XLSB

Office Excel 2007 (BIFF12) ning ikkilik fayllari formati.

Shablon

XLTX

Excel uchun Office Excel 2007 ning standart formati

Shablon (kod)

XLTM

Makroslarni qo‘llab quvvatlovchi Office Excel 2007 ning fayl formati

Microsoft Excel 97 — 2003

XLS

Excel 97 — 2003 (BIFF8) faylining ikkilik formati

Excel 97 — 2003 shabloni

XLT

Excel shablonlarini saqlash uchun Excel 97 — 2003 (BIFF8) ning ikkilik formati fayli

Microsoft Excel 5.0/95 kitobi

XLS

Excel 5.0/95 (BIFF5) ikkilik fayl formati.

XML-jadval 2003

XML

XML- 2003 (XMLSS).jadvali uchun fayl formati

XML ma’lumotlar

XML

XML ma’lumotlar formati.

Microsoft Excel sozlash

XLAM

Office Excel 2007 fayllarni sozlash formati

Excel 97 — 2003 sozlash

XLA

Excel 97 — 2003 ni sozlash. VBA loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.



Boshqa formatdagi fayllarni o‘zgartirish va saqlash
YAngi kitobni uskunalar panelidagi YAratilsin (tuzilsin) tugmasi yordamida hammasidan ko‘ra tez yaratish mumkin. Agar siz kitobni boshqa kitob paytida tuzayotgan bo‘lsangiz, unda yangi kitob mavjud darchaning ustiga chiqariladi. Agar oldingi kitob 1-kitob deb atalgan bo‘lsa, yangi kitob 2-kitob deb nomlanadi va hokazo.
Agar tuzilsin tugmasining o‘rniga fayl menyusidan tuzilsin buyrug‘idan foydalanilsa, hujjatni tuzishda muloqot darchasi paydo bo‘ladi:



Kitoblarni bu darchada taqdim etilgan andozalari yangi kitoblarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilishlari mumkin. Umumiy ilovasi kitob nishonini o‘z ichiga olgan, uni tanlab siz standart kitobni yaratasiz. Qarorlar ilovasi “tipovoy”(“namunaviy”) vazifalarni bajarish yaxshi asos bo‘lishi uchun xizmat qilishi mumkin bo‘lgan kitoblarning bir nechta andozalar nishonlarini o‘z ichiga oladi.
Ish haqini hisoblash bo‘yicha kitob yaratishga ancha vaqt yo‘qotgach, sizda uni saqlab qo‘yish zarurati (istagi) paydo bo‘ladi. Faylni saqlab qolar ekansiz siz shu bilan birga darchaning konfiguratsiyasi, shriftlari va uslubini ham qo‘shgan holda shu kitob uchun yasalgan qurilmalarni saqlab qolasiz. Fayl menyusidan 6 ta buyruq bor. Bular:
1) .... sifatida saqlab qolinsin.
2) Saqlab qolinsin.
3) Ish sohasi saqlab qolinsin.
4) Web-sahifa sifatida saqlab qolinsin.
5) Yopilsin.
6) Chiqish.
1)Buyruq odatda hujjatni birinchi marta saqlab qolishda, yoki uni boshqa nomda, boshqa papkada yoki boshqa diskda saqlab qolishda ishlatiladi. 2)Buyruq mavjud hujjatga kirgizilgan o‘zgartirishlarni saqlab qolish uchun qo‘llaniladi. Chiqish va yopilsin buyruqlarini tanlashda EXCEL hamma vaqt muloqot darchasi orqali siz o‘zingiz kiritgan o‘zgarishlarni saqlab qolishni istaysizmi yoki yo‘qmi deb so‘raydi. Ish maydoni saqlab qolinsin buyrug‘i yordamida siz EXCELning joriy holatini saqlab qolishingiz mumkin. Masalan, ushbu ish seansi vaqtida ochilgan hamma kitoblar va bu kitoblarning turli xil tashqi belgilar (atributlar)i saqlab qolinadi. Va nihoyat, Web sahifasi sifatida saqlab qolinsin buyrug‘ini saqlab qolishni elektron hujjat shaklida amalga oshiradi.
Kitobni saqlab qolishga birinchi marta kiritish oldidan siz faylga nom qo‘yishingiz va u qaerda saqlanishi kerakligini ko‘rsatishingiz mumkin. Saqlab qolish buyrug‘i tanlab bo‘lingandan so‘ng ekranga saqlab qolish darchasi chiqariladi:

Bu darchada quydagi unsurlar bor:


 Saqlab qolish uchun (odatda u mening hujjatlarim panelidir) ko‘rsatiladigan papka maydoni. Agar boshqa papkaga o‘tish zarurati bo‘lsa, vertikal ustundagi papkalarning nomlarini ishlatish yoki hamma tizimiy papkalarning ro‘yxatini ochuvchi ro‘yxatni ochish tugmasidan foydalanish va tegishli papkani tanlab olish mumkin.
mening hujjatlarim papkasiga o‘tish, bir daraja tepaga o‘tish (papkalarning mavjud tuzulmasi bo‘yicha, bir papkadan ikkinchisiga o‘tish), papkani chiqarib tashlash, tuzish, taqdim etishlar (darchaning ish maydonida ob’ektlarni taqdim etishning shakllarini o‘zgartirish uchun).
Faylning nomi, maydoni, unda faylning nomini tanlash mumkin, Sukut saqlash bo‘yicha u erda tegishli tartib raqamli nom qitob turadi. Bu maydonda ro‘yxat tugmasi fayllar nomlarining qo‘shimcha ro‘yxatini taklif qiladi.
Faylning tipi maydoni – saqlab qolinadigan faylning tipini berish uchun xizmat qiladi. Sukut saqlash bo‘yicha xls qabul qilinadi, ammo bu maydonninng o‘zagidagi ro‘yxat tugmasi igshlatilsa, u o‘zgartirilishi mumkin.
Saqlab qolinsin tugmasi – saqlab qolish amalini yangilaydi.
Bekor qilinsin tugmasi – saqlab qolish amalini bekor qiladi.
 Servis tugmasi – agar masalan, parol bilan, zahira nusxasini yaratish va hokazolarni bajarish zarur bo‘lsa, saqlab qolishning qo‘shimcha parametrlarini beradi.
Avto to‘ldirish
Excelda ayrim ishlarni bajarish judayam ko‘p vaqtni olishi va qiyin bo‘lishi mumkin. Jadvallar bilan ishlashda majud buo‘lgan funksiyalardan oydalanish ishini sezilarli darajada osonlashtiradi.Ayrim ishlarni qayta qayta bajariga to‘g‘ri keladi. Bu esa ko‘p vaqtni atlab qiladi. Bunday ishlarni avtomatlashtrish uchun dastur yaratuvchiari qulay bo‘lgan funksiyani ishlab chiqishgan va u Excel kataklarini avtoto‘ldirish deyiladi.

Yüklə 200,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin