5-mavzu: Kredit va qarz munosabatlari Kredit mohiyati va turlari Kredit resurslarining asosiy manbalari



Yüklə 37,86 Kb.
səhifə5/5
tarix02.06.2023
ölçüsü37,86 Kb.
#123863
1   2   3   4   5
5-mavzu Kredit va qarzlar

Tayanch atamalar:
Depozit lotincha so‘zdan olingan bofiib, lug‘aviy m a’nosi-saqlash uchun topshirilgan buyumni bildiradi. Iqtisodiyotda esa mijozning o‘z mablag‘i vaqtincha

foydalanish uchun bankga topshirish natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatni tushuniladi.


Kredit bo‘yicha imtiyozli davr — kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddatini kechiktirilgan davri.
Iste’mol krediti — tijorat banklari iste’molchilarga tovar sotib olish uchun bergan qarzi.
Kredit axboroti alm ashinuvi — kredit byurosi, kredit axboroti subyekti, kredit axborotini yetkazib beruvchi va kredit axborotidan foydalanuvchining kredit tarixini shakllantirish hamda kredit hisobotini taqdim etish maqsadida kredit axborotini yig‘ish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish, saqlash, taqdim etish, undan foydalanish va kredit axborotini himoya qilish borasidagi hamkorlik.
Kredit axboroti subyekti — kredit bitimi bo‘yicha tegishincha qarz oluvchi (qarzdor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi, garovga qo‘yuvchi, shuningdek sug‘urtalovchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Kredit axborotidan foydalanuvchi — kredit bitimi bo‘yicha tegishincha kreditor, lizing beruvchi, garovga oluvchi, shuningdek sug‘urta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Kredit axborotini yetkazib beruvchi — kredit axborotini kredit byurosiga taqdim etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ipoteka krediti — sotib olinayotgan ko‘chmas mulkni garovga olish orqali uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun beriladigan kredit.
Kredit bitimi — kredit, qarz, lizing, faktoring, sug‘urta shartnomasi hamda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni qarzga berishni, shu jumladan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to’lovni bo‘nak (oldindan to’lash), kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash tarzida berishni nazarda tutuvchi boshqa shartnomalar.
Kredit ekspansiyasi — mamlakatning ssuda kapitallari bozorida foiz stavkalarining pasayishi natijasida kredit oluvchilarning ko‘payishi va buning oqibatida, kredit qo‘yilmalari hajmining keskin ko‘payishidir. 131

Kredit — o‘z egalari qo’lida vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag’larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga xaq to’lash sharti bilan olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatdir.


Ta’lim krediti — oliy o‘quv yurtiga bakalavriat va magistraturaga o‘qishga shartnoma asosida qabul qilingan talabalar uchun belgilangan muddatga beriladigan kredit.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
1. korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
2. mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
3. korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy ragʻbatlantirish fondlari;
4. korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
5. bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;
6. aholining boʻsh pul mablagʻlari.

Nazorat savollari:


1. Jamg‘arishning zarurati nimadan iborat?
2. Jamg‘arma depozitdan qanday farqlanadi?
3. Aholi omonatlari va korxona hisob raqamlari o‘rtasidagi farq nimadan iborat.
4. Aholi omonatlari qanday kafolatlanishi mumkin?
5. Kredit nima va uni qarzdan qanday farqi bor?
Yüklə 37,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin