Xalqaro kredit jahon xo‘jalik tizimida ijtimoiy mehnat taqsimoti va mehnat faoliyati mahsulini ayirboshlash bilan o‘zaro bog‘liq. Xalqaro kredit - bu tovar yoki valyuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz to‘lash shartlari asosida ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ssuda ko‘rinishidagi kapitalning harakatidir.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy roli - takror ishlab chiqarish rivojlanishini ta’minlash va kengaytirish orqali namoyon bo‘ladi, u tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi, ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va ayirboshlashuviga, jahon bozorining tashkil topishi va rivojlanishiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro kreditning salbiy roli - bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda yuz beradigan qarama-qarshiliklarni kuchaytirishda namoyon bo‘ladi, natijada iqtisodiyotda nomutanosiblik yuzaga keladi, kreditga tovarlarni ayirboshlash tezlashadi, mamlakatlar o‘rtasida ssuda kapitallari qayta taqsimlanadi, iqtisodiy ko‘tarilish va davriy pasayish davrida ishlab chiqarish o‘ta tezlashadi.
Kredit munosabatlarining mohiyatini ularning tashqi ko‘rinishini yoritib berishga urinib ko‘radi. Kreditning izohlanishi 1) pul munosabatlari; 2) mablag‘larning farmoyish shakllari; 3) vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jamg‘arish va qayta taqsimlash kabilardir.
Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida mustaqil o‘zining mohiyatiga ega, u qaysidir shaklda namoyon bo‘ladi. Kreditni tovar shaklida berish uning pul shaklida bo‘lishi bilan izohlanmaydi. Kreditning izohi mablag‘larning farmoyish shakli sifatida iqtisodiy kategoriyaning mazmuniy xususiyatlariga ta’sir qiluvchi o‘ziga xos element sifatida ifodalanadi.
Resurslar farmoyishi nafaqat kredit munosabatlariga xos bo‘lgan farmoyish, balki korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari manbai, moliyasi bo‘lishi mumkin, ushbu sifat kreditni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlay olmaydi, balki uning qiyofasini ochib beradi.
Demak, kredit – iqtisodiy kategoriya bo‘lib, vaqtinchalik o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqalar tomonidan muayyan muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan moliyaviy munosabatlardir.
2022-yil fevral oyida O’zbekistondagi ikkilamchi ipoteka krediti taqdim etuvchi tijorat banklari o’rganib chiqdi va eng qulay tariflarni tanladi.
“O‘zmilliybank” AJ ning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipotеka krеditi 25% boshlang’ich badal to’laganda yillik — 24%, 30% boshlang’ich badal to’laganda yillik — 23%, 40% boshlang’ich badal to’laganda yillik — 21% ni tashkil etadi.
O’rtacha yillik stavka 17% ni tashkil etadi. Agar kredit bank mablag’lari hisobidan ajratilsa foiz miqdori o’zgaradi.
Banklarning aksariyatida kredit olish uchun ariza, pasport nusxasi, daromadlari toʼgʼrisida maʼlumotnoma va Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan daslabki shartnoma talab etiladi.
Mamlakatda mavjud 33 ta bankdan 16 tasi maksimal 20 yilgacha muddatga ikkilamchi bozordagi ipoteka kreditlarini taklif etadi.