5-mavzu: Kredit va qarz munosabatlari Kredit mohiyati va turlari Kredit resurslarining asosiy manbalari



Yüklə 37,86 Kb.
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü37,86 Kb.
#123863
1   2   3   4   5
5-mavzu Kredit va qarzlar

Kredit oluvchi — kredit munosabatlarida qarz oluvchi sifatida ishtirok etadi. Kredit oluvchi subyektlar sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar maydonga chiqadi.
Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida tegishli ijtimoiy-iqtisodiy qonunlar va tamoyillar asosida amal qiladi. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi har ikkala tomonning iqtisodiy manfaatlari mavjud bo’lib, ushbu manfaatlar o‘zaro mujassamlashganda kredit munosabatlari ro‘y beradi. Kreditor berilgan kredit uchun iqtisodiy manfaatdorlik (foyda) ni foiz ko‘rinishida undirsa, kredit oluvchi kredit yordamida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kredit munosabatlarida kreditor uchun kredit oluvchi shaxsning qanday shaxs ekanligi, qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi judayam muhim emas, asosiysi berilgan kredit o‘z vaqtida va tegishli foiz to’lovi bilan to’liq qaytishi muhim hisoblanadi.
Pul izidan quvish orqali kredit atamasining kashf qilinishi kishilik jamiyatining dohiyona ixtirolaridan biri sanaladi. Kreditdan minnatdor bo‘lishimiz kerakki, u vaqt sarflanishining keskin qisqarishiga yordam beradi. Qarz oluvchi (korxona) qo‘shimcha qiymat hisobidan o‘zining resursini ko‘paytirish, xo‘jalik faoliyatini tobara kengaytirish, ishlab chiqarishda tezlashuvga erishish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Bunda kreditdan foydalanuvchi shaxs ikkita qulay sharoitga: birinchidan, shaxs o‘zining faoliyatini kengaytirish orqali erishilgan qo‘shimcha resurs hisobidan imkoniyatga ega bo‘lishi; ikkinchidan, qo‘yilgan maqsadga erishishni tezlashtirish, xoxishiga ko‘ra muayyan narsa, predmet yoki qimmatliklarga va o‘z navbatida, kelgusida muayyan vositalarga ega bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyot asosida kredit munosabatlari paydo bo‘ladi va rivojlanadi, bunda kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Har kuni korxonalarda qiymat shaklidagi vositalar va mehnat predmetlari pul yoki ishlab chiqarish yoki tovar shaklida harakat qiladi, ulardan turli maqsadlarda foydalaniladi.
Kapitalning doiraviy aylanishining birinchi bosqichida pul ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltiriladi, bunda ishlab chiqarish vositalari pul mablag‘lari hisobidan sotib olinadi. Uning ikkinchi bosqichida (ishlab chiqarish jarayonida) tayyor mahsulot (tovar) yaratiladi, bu holatda ishlab chiqarish shakli tovar shakliga o‘tadi, ya’ni ishlab chiqarish vositalarining qiymatiga yangidan yaratilgan qiymat qo‘shiladi. Uchinchi bosqichda esa yaratilgan tayyor mahsulot sotiladi. Tovar shakli o‘zininig dastlabki pul shakliga qaytadi, bunda pul shaklining miqdori sof daromad ko‘rinishda miqdor jihatdan ko‘payadi.
Pul mablag‘larining bir shakldan boshqa shaklga o‘tgandagi harakati so‘ngra ularning harakatini to‘xtatmaydi, bunda pul mablag‘lari nafaqat doiraviy aylanadi, balki aylanadi ham. Mahsulot sotishdan tushgan tushumlar yana qaytadan ishlab chiqarishga sarf qilinadi, bunda ishlab chiqarish sohasiga yangi vositalar sotib olinadi, mehnat haqlari to‘lanadi, pulning doiraviy aylanishi yana yangidan takrorlanadi, ya’ni mablag‘lar yana uzluksiz doiraviy aylanadi.
Pul mablag‘larining bir shakldan boshqa shaklga ketma-ket o‘tishi yoki kapitalning uzluksiz doiraviy aylanishi va aylanishi hamma joyda ham bir xil tarzda bo‘lmaydi, ular ishlab chiqarish yoki mahsulotdan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Mablag‘larning doiraviy aylanishi va aylanishi u yoki bu korxonaning ishlab chiqarish faoliyati xususiyati bilan ifodalanadi. Har bir doiraviy aylanish boshqa doiraviy aylanishi bilan chambarchas bog‘liq.
Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishi bir-biridan keskin farq qilgan holda ularning doiraviy aylanishi va aylanishida yuzaga keladigan tebranishlar bir-birini inkor etmaydi. Ularning harakatida mablag‘larning ko‘payishi yoki kamayishi yohud resurslarga bo‘lgan talabni ta’minlash manbaining tebranishi paydo bo‘ladi. Resurslarni korxonaning asosiy va aylanma kapitalining harakatida bir-biri bilan aloqador ko‘rinishda kuzatish mumkin.
Asosiy kapitalning harakatida resurslarning bo‘sh turib qolish holatini ham kuzatish mumkin. Ma’lumki, mehnat vositalaridan uzoq muddatli ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi, bunda ularning qiymati tayyor mahsulotning qiymatiga qisman-qisman o‘tkazib boriladi. Asosiy kapital qiymatining asta-sekin tiklab borilishi korxonaning hisobvarag‘idagi bo‘sh turgan pul mablag‘larining kamayib borishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda korxona ulardan foydalanishi yoki eski vositalarini almashtirishi uchun yangi mehnat vositalarini sotib olishda etarlicha mablag‘ni jalb qilib borishi taqozo etiladi.
Iste’mol krediti bozor iqtisodiyotining qonunlariga mos ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda bu qonunlarning talabiga ko‘ra, aholining turmush farovonligini oshirish darajasi batafsil ta’minlangan bo‘lishi kerak. Iste’mol krediti jamiyat a’zolarining shaxsiy talablarini kengaytirish uchun mablag‘larni jag‘arib borish imkonini beradi. Iste’mol krediti deganda jamiyat a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini ta’minlash uchun beriladigan tovarlar, pul mablag‘lari va qarz majburiyatlari tushuniladi.
Davlat kredit yordamida davlatning qo‘lida pul mablag‘lari jamg‘arib boriladi. Bu kreditning mavjudligi harakatsiz pul mablag‘lariga nisbatan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun daromadlarni shakllantirish va ularni sarflashga vaqtinchalik muvofiq kelmasligi sabab bo‘ladi. Kredit tizimida davlat krediti yordamida aholi qo‘lida, xo‘jalik bo‘g‘inlari va ijtimoiy tashkilotlarda pul zahiralarining jamg‘armasi shakllanadi, banklarda esa pul resurslari va bank operatsiyalarining turlari amalga oshiriladi.
Davlat krediti birinchidan, jamiyatda vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini safarbar qilish, ikkinchidan, banklar pul mablag‘laridan kredit tizimining resurslari sifatida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini ta’minlash uchun foydalanish maqsadida beriladi.
Bank krediti pul mablag‘larining doiraviy aylanish qonuniyatiga asoslanadi va takror ishlab chiqarishda pul mablag‘larining aylanishini taqozo etadi. Takror ishlab chiqarishning asosiy sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish sohasi bo‘lib, bunda ishchi kuchi bevosita ishlab chiqarish vositalari bilan birgalikda birlashadi.
Bank kreditiga bo‘lgan talab sotilgan mahsulotdan tushgan tushum bilan amalga oshiriladigan to‘lovlar o‘rtasidagi nomutanosiblikning yuzga kelishi oqibatida paydo bo‘ladi. Amalga oshirilgan to‘lovlar bilan sotilgan mahsulotdan tushgan tushum o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovut qator sabablarni keltirib chiqaradi. Birinchi sabab - asbob-uskunlarni yangilash va yangi materiallarni yaratish maqsadida aylanma mablag‘larni pul resurslari bilan to‘ldirib borishdan iborat. Resurslarni belgilangan miqdorda shakllantirish faqat xo‘jalik faoliyatini yuritish davrining oxirida yuz beradi. Ikkinchi sabab - qishloq xo‘jaligi xom ashyolari bilan faoliyat ko‘rsatuvchi sanoat korxonalari mavsumda mahsulotlarni yoppasiga tayyorlash jarayonida xom ashyo zahiralarini jamg‘arishda pul mablag‘larining etmasligi holati bo‘lishi mumkin. - korxonalar minimal talab asosida topshiriqlarni amalga oshirish uchun o‘zining pul mablag‘lari manbaini taqsimlaganligi sababli qarz mablag‘lariga nisbatan doimiy zaruriyat va ehtiyoj sezadi

Yüklə 37,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin