5-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ishlashi
Reja:
1.
Krivoship-shatun mexanizmi (KSHM) vazifasi, turlari va ularning kinematik
sxemalari.
2.
Qatorli dvigatellarining KSHM konstruksiyasi, o`zaro bog`lanishi va ularni
taxlili.
3.
Silindr-porshen guruxi detallarining ishlash sharoitlari.
4.
Silindr, porshen, porshen barmog`ining konstruktiv qiyosiy taxlili.
5.
Silindrlar bloki, gilzalar, blok kallagi, xalqalar, tirsakli val, maxovik, shatun,
vkladishlar, tirsakli val posongilari, ularda qo`llaniladigan materiallar,
komplektlashdagi texnik sharoitlar xaqida ma`lumotlar.
6.
KSHMning asosiy kamchiliklari va uning texnik holatini dvigatelning
ko`rsatkichlariga ta`siri.
7.
KSHM detallarining taraqqiyotidagi asosiy yo`nalishlar.
Krivoship-shatun mexanizmi (KSHM) vazifasi, turlari va ularning kinematik
sxemalari.
Krivoship-shatun mexanizmi silindrlarda hosil bo’lgan gaz bosimini qabul
qilib, porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga
aylantirib beradi.
Avtomobil dvigatellarida keng tarqalgan krivoship - shatun mexanizmining
joylashuv tasviriy chizmasi 10-rasmda keltirilgan.
10-Rasm. Krivoship - shatun mexanizmining joylashish chizmalari.
Ko’p avtomobillarda bir qatorli dvigatеllarning silindrlari tik joylashgan.
Ba'zi bir dvigatеllarda silindrlar tik holatdan 20-45
0
burchak ostida, masalan yoki
yotiq joylashishi mumkin. Silindrlarni bu holda joylashtirish natijasida dvigatеlning
balandlik o’lchami qisqartiriladi. Silindrlari ikki qator joylashgan dvigatеllarnig
silindrlari ma'lum burchak ostida yoki yotiq holatda o’rnatiladi. Agar silindrlari ikki
qator joylashgan dvigatеllarda ularning silindrlari orasidagi burchak 180
0
dan kam
bo’lsa bu holda ular V-simon dvigatеllar dеyiladi. Agar 180
0
ga tеng bo’lsa, ikki
qatorli yotiq dvigatеllar dеyiladi. Ko’p V-simonli dvigatеllarning silindrlari 90
0
burchak ostida joylashadi. Bunda dvigatеllarning uzunligi va vazni bir qatorli
dvigatеllarnikiga nisbatan ancha kichik bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |