5-mavzu: maqsadni aniqlashtirish metodikasi. Reja



Yüklə 40,06 Kb.
tarix18.12.2023
ölçüsü40,06 Kb.
#184075
maktab menejmenti asoslari


5-MAVZU: MAQSADNI ANIQLASHTIRISH METODIKASI. 

Reja: 5.1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 


5.2.Tarbiya metodlari tasnifi. 
5.3. Ijtimoiy ongini shakllantiruvchi metodlar. 

5.1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 


Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining 
Mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o‘ziga xos ahamiyatga 
Ega bo‘lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir. 
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; 
Tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. 
Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, 
Irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi 
Metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni 

Ma’ruza mashg’ulotlari 26 


Takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga 


Ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda 
O‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. 
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori 
Darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning 
Samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. 
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq. 
Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to‘g‘ri 
Tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga 
Muvofiq bo‘lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi 
Ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil 
Fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman 
Mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir. 
5.2.Tarbiya metodlari tasnifi.
Metodlarni bilish ularni biror asos, belgi bo‘yicha guruhlarga ajratishga olib keladi. 
Pedagogikada biron bir asos bo‘yicha metodlarni qat’iy klassifikatsiyasi ishlab 
Chiqilmagan. Mutaxassislar metodlarni ko‘p qo‘llanishiga qarab ishontirish, mashq, 
Namuna, taqdirlash, jazolash metodlarini o‘rganganlar. Albatta pedagogik amaliyotda 
Ushbu metodlarni ko‘p uchratamiz. Pedagog o‘quvchilar bilan birgalikda axloqiy 
Normalarni muhokama qilib, tushuntirib, ularni faoliyatga jalb etib, ularga namuna 
Bo‘lib tarbiyalaydi. Va nihoyat u o‘quvchilarni xatti-harakatlarini muhokama qilib, 
Ularni stimullashtiradi hamda xulq-atvorini tuzatib, rivojlantiradi.
Ilmiy tavsiflash obyektlarni bir-biridan farqlash uchun qat’iy asos va belgiga ko‘ra 
Ajratishni talab etadi. Shuning uchun metodlar klassifikatsiyasi ularni bilishni, 
Ikkinchidan ularni ongli, samarali qo‘llashni ifodalaydi.
Tahlillar shuni ko‘satadiki, klassifikatsiyalar asosini shaxsning u yoki bu sohasiga 
(ongiga, xulqiga, hissiyotiga) ta’sir etish yo‘naltirilishi bilan xarakterlanadi. 
Boshqacha aytganda shaxsni bilimini, qarashlarini, idrokini shakllantirishga 
Yo‘naltirilgan metodlar bor. Ular ongni shakllantiruvchi metodlar deyiladi. Bundan 
Tashqari, shaxsni xulq-atvoriga va faoliyatiga yo‘naltirilgan metodlar mavjud. Bularni 
Xulqni shakllantiruvchi va faoliyatni tashkil etuvchi metodlar deyiladi. Yana xulqni 
Stimullashtirishga va tuzatishga yo‘naltirilga metodlar mavjud bo‘lib, ular xulqni 
Stimullashtiruvchi metodlar deyiladi.
Yu.K.Babanskiy tomonidan tavsiya etilgan ta’lim va tarbiya metodlari 
Klassifikatsiyasining asosini faoliyat konsepsiyasi tashkil etadi. Unga ko‘ra har 
Qanday faoliyat komponentlarini anglash, tashkil etish, stimullashtirish va nazorat 
Tashkil etadi.
Faoliyat tarbiya jarayoni tuzilishida muhim o‘rin egallab, butun pedagogik jarayonni 

Ma’ruza mashg’ulotlari 27 


Umumiy metodlarini to‘rt guruhga ajratishning asosi hisoblanadi.


Shunday qilib, an’anaviy pedagogika fanida tarbiya metodlarini to‘rt guruhga 
Ajratilganligini ko‘plab mutaxassislar tomonidan guvohi bo‘lamiz: 
a) ongni shakllantirish metodlari: hikoya, suhbat, ma’ruza, munozara, muhokama;
b) faoliyatni tashkil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o‘rgatish, 
topshiriq, talab va tarbiyaviy vaziyatlarni yaratish;
d) xulqni stimullashtiruvchi metodlar: musobaqa, o‘yin, taqdirlash va jazolash;
e) nazorat, o‘z-o‘zini nazorat va baholash metodlari: kuzatish, so‘rov, faoliyat 
natijalarini tahlil qilish.
Metodlarni guruhlar bo‘yicha ajratish mumkin, lekin shaxs qismlar bo‘yicha emas, 
Balki bir butun holda shakllanadi, nimagaki ong, munosabatlar, xulq, atvor har 
Qanday holatda mo‘ljalli va tasodifiy harakatlar ta’sirida butunlikda shakllanadi. 
Psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipi mavjud, ya’ni ong faoliyatda 
Shakllanadi. Birinchi guruh metodlarining asosiy vazifasi tarbiyalanuvchilarda 
Munosabatlarni, yo‘nalganlikni, ishonch va qarashlarni shakllantirish hisoblanadi. 
Bular asosida xulq-atvor normalari, ijtimoiy qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlar yotadi. 
Birinchi navbatda insonni ishonchi uning xatti-harakatlarida ifodalanadi.
Ikkinchi guruh metodlari tarbiyani faoliyatda amalga oshishi prinsipiga amal qilishni 
Talab etadi. Shaxsda u yoki bu sifatlarni sharoit yaratmasdan shakllantirib bo‘lmaydi. 
Pedagoglarni vazifasi ana shunday sharoitlarni hosil qilish hisoblanadi. Uchinchi 
Guruh metodlari yordamida pedagoglar va tarbiyalanuvchilarni o‘zlari o‘z xatti-
Harakatlarini nazorat qilib, tarbiyalanuvchilarni faoliyat motivlariga ta’sir etadilar.
Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari tarbiya natijalarini baholashga va tahlil 
Etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni shakllanashiga ta’sir etadi. Agar 
Tarbiya natijalari tarbiyalanuvchilar bilan birga tahlil etilsa, samaradorlilikka 
Erishiladi hamda ularni o‘z-o‘zini tarbiyalashi stimullashadi. 
5.3. Ijtimoiy ongini shakllantiruvchi metodlar. 
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, 
E’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va 
Irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi. 
Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda 
Ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar 
Dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga 
Ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi. 
O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro 
Siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. 
Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir.
Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga 

Ma’ruza mashg’ulotlari 28 


Ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. 


Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan 
Huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda 
Davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya 
Berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda 
Konstitusiyasining mohiyati tushuntirialdi. 
Suhbat. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan 

Shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat 


Uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o‘quvchilari uchun dolzarbligi, 
O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy ishonch uyg‘otishning suhbat mazmuniga bo‘lgan 
Munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat 
Quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin: 

  1. etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o‘rin 

  2. tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o‘zini tutish qoidalari va boshqalar); 

b) estetik mavzular (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go‘zalligi); 
v) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro 
munosabatlar va boshqalar); 
g) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, 
elektronika va boshqalar). 
Suhbatlarning, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etish, huquqiy, 
Ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda ham tashkil etilishi o‘zining ijobiy 
Natijalarini beradi. 
Suhbat davomida o‘quvchilarga ularning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari hamda 
Mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish juda muhimdir. 
Bu borada bahs-munozaralarning ahamiyati katta. 
Hikoya. O‘quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan 
Boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq 
O‘tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va 
San’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, 
Ommaviy axborot vositalari – radio, televideniya, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon 
Qilingan ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, 
Hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar 
Vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya 
Mavzusining o‘quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini 
Ta’minlaydi, buning natijasida o‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq 
Qaramaydilar. 
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni 
Ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.

Ma’ruza mashg’ulotlari 29 


O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir 


Ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi 
Kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib 
Yuradilar. 
O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, xulq-atvorlar 
Bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga 
Ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham 
O‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar borligini 
His etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turishi va xatti-harakatlarida 
Tafovut bo‘lmasligi kerak. 
Ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma’lumotlar, adabiy asar, kinofilm 
Va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning 
Ongiga kuchli ta’sir qiladi. 
Maktablarda ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. O‘quvchilar 
O‘z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar, ularga 
Taqlid qilishga intiladilar. 
Namunada xalq pedagogikasi g‘oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o‘z 
Farzandlarini hamisha katta hayotiy tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng 
Kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «qush uyasida ko‘rganini 
Qiladi». Juda oddiy xulosa. Shu oddiy xulosa ostida qancha fikrlar jamlanib 
Yotganligini hamisha ham fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq «uyingda tartibli 
Bo‘l, aks holda bolang ko‘chada tartibsiz bo‘ladi», «bola oldida birovlarning 
G‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi bo‘ladi». 
Izohlash – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli. Izohlashning hikoya va 
Tushuntirishdan farqlanadigan muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida shaxsga 
Yo‘naltirilganligidir. Ushbu metodni qo‘llash sinfning o‘quvchilarining umumiy yoki 
Jamoa a’zolarining shaxsiy xususiyatlarini bilishga asoslanadi. Boshlang‘ich sinf 
O‘quvchilari bilan ish olib borishda izohlashning elementar usul va vositalari 
Qo‘llaniladi: «Shunday harakat qilish kerak», «Hamma shunday qiladi». O‘smirlar 
Bilan ishlaganda ma’naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma’nosini 
Izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi: 
Yangi ma’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq ko‘nikmalarini tarkib toptirish va 
Mustahkamlash; 
Tarbiyalanuvchilarning sodir etilgan muayyan hodisa (masalan, sinf o‘quvchilari 
Ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga to‘g‘ri, ongli munosabatni hosil qilish. 
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o‘quvchi 
Ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda 
O‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum 

Ma’ruza mashg’ulotlari 30 


Ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan 


Boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi. 
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda 
Ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli 
Bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzular («Did haqida bahs», 
«Mashhur bo‘lish yo‘llari», «Biz madaniyatli kishilarmizmi?» va hokazolar)da 
O‘tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda 
Ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi. 
Munozara asosida turli qarashlar yotadi. Bahs ijobiy natija berishi uchun puxta 
Tayyorgarlik ko‘rish maqsadga muvofiq. Munozara uchun mustaqil mulohaza va 
Qarashni yuzaga keltiruvchi 5-6 ta savol tayyorlanadi. Ushbu savollar bilan munozara 
Ishtirokchilari oldindan tanishtiriladilar. Ba’zan tarbiyachi munozara ishtirokchilarini 
O‘zi tayinlashi ham mumkin. Chiqishlar jonli, erkin va qisqa bo‘lishi zarur. Matnni 
Yozish kerak emas, agar shunday holat yuz bersa munozara zerikarli tus oladi. 
Pedagog munozara ishtirokchilariga fikrlarini ixcham, asosli va dalillar asosida bayon 
Etishga yordam beradi. 
Yüklə 40,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin