Tarbiya nazariyasida tarbiya metodi - tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati yo‘li ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Bu tarbiya jarayonini tarbiyaning asosiy qonuniga mosligini, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqador faoliyati sifatida tushunishni ifodalaydi. O‘qituvchi, tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni faoliyatini tashkil etish orqali tarbiyalaydilar. Bundan ko‘rinadiki, tarbiyachilar tarbiyalanuvchilar faoliyatini tashkilotchisidir. Shuning uchun tarbiya metodi bolaga pedagogik ta’sir etish vositasi sifatida aniqlanadi. Masalan, I.F.Harlamovning yozishicha tarbiya metodlari — bu o‘quvchilar ongini va motiv ehtiyojlarni rivojlantirish uchun tarbiyaviy ta’sir etish usul va yo‘llari yig‘indisidir.
Pedagoglar tarbiyalanuvchilarning turli faoliyatlarini tashkil etib, ishontirish, namuna, mashq, talab, jazolash va rag‘batlantirish orqali ta’sir etadilar. Mutaxassislar tarbiya metodlarini va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodlarini bir-biridan farqlaydilar. Taniqli pedagog Yu.K.Babanskiy va bir qator olimlar ta’lim va tarbiyani yagona bir butun pedagogik jarayon sifatida ifodalab, tarbiyasiz ta’lim mavjud emas deb hisoblaydilar. Shuning uchun butun pedagogik jarayon uchun yagona metodlar tizimini taklif etadilar.