O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi kafedrasi.
B. MADAMINOVNING “JISMONIY TARBIYA NAZARIYASIDA UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIK” mavzusidagi
Namangan-2017
Mavzu: Jismoniy tarbiya nazariyasida umumiy jismoniy tayyorgarlik
Reja
K i r i sh……………………………………………………………………….2 1. Sportchilarda umumiy jismoniy tayyorgarlik………….………………..4 2. Sportchilarda mahsus tayyorgarlik……………………………..……….8 3. Sportchilarda tezkorlik sifatlarini tarbiyalash........................................11 Xulosa..............................................................................................................26 Adabiyotlar.....................................................................................................27 K i r i sh Yurtboshimiz to’g’ri ta’kidlab o’tganlaridek, bugungi kunda yoshlar jamiyatda hal qiluvchi kuchni tashkil qilganligi sababli mamlakatimizda ularga bo’lgan e’tibor yanada kuchaymoqda. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ham ma’nan ham jismonan baquvvat qilib tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biriga aylanmoqda. Bu esa bolalar va yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishning ishonchli va adolati bo’lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish va bu borada «Ta’lim to’g’risida» gi hamda «Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur» qabul qilinishi katta ahamiyatga ega.
Yosh avlodni har tamonlama: aqliy va ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardanbirini egallaydi.
SHuning uchun O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» gi qonunida «Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, talabalarga katta e’tibor qaratish qayd etilgan. Eng avvalo bolalik davridan boshlab sport yuklamalarini yaxshi taqsimlash zarur. Bunda umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim. Inson jismonan barkamollikka erishish uchun organizmdagi turli tizimlarning yaxshi rivojlanishiga erishish kerak .
Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va ustuvor yo’nalishlarini belgilab olar ekanmiz, biz ichki ehtiyojning o’sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo’ladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ana shunday yondashuv asosida ish tutganimiz o’tgan yillarda o’zini to’la oqladi. Taьkidlash kerakki, bugungi kunda Osiyodagi ko’plab mamlakatlar aynan shunday pozitsiyaga amal qilib kelmoqda.
SHundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – istemol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga xaq to’lashni yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir.
Umumiy jismoniy mashqlarni bajarish, harakat ishini boshqaradigan, mexanizm takomillashishiga yordam beradi. Harakat markazi uzoq muddat davomida bir hildagi impulьslarni yuborish va qabul qilishga moslashadi. Uzoq muddatli mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanish natijasida mushaklarda yuzaga keladigan o’zgarishlar morfologik va biokimyoviy hususiyatlar bilan belgilanadi.
Ulardagi moddalar almashinuvi jarayoni, bajarilayotgan ish darajasiga moslashadi. Bunday mashg’ulotlarni bajarishda vegetativ organlarda yuzaga keladigan o’zgarishlar ayniqsa yurak —qon tomirlari va nafas organlari termoreguliyatsiyasi takomillashishi kuzatiladi. Bu holat asosan nerv gumoralregulyatsiyasi orqali boshqariladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalashda sport mashg’ulotlarini uslublari: standart o’zgaruvchan, konbinatsiyalashgan, aylanma mashg’ulot, musobaqa va mahsus umumiy jismoniy tayyorgarlik, sport turlari talabiga qarab bajariladi va o’yin uslublaridan foydalaniladi.
12—14 yoshdagi o’quvchilar mashg’ulotida turli shiddatlarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish: Mashg’ulot jarayonini 60% ni umumiy jismoniy tayyorgarlik tashkil etadi.
Sport o’yinida umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish o’yin tehnikasi va taktikasini tarbiyalashga olib keladi. Tehnikani mukammal bajarishga fundament yaratib beradi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish:
Birinchidan: yurak — qon tomir tizimini kuchaytirishni;
Ikkinchidan: funktsional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo’ladigan quvvatni tejab tergab sarflashni.
Uchinchidan: funktsional imkoniyatlardan iloji boricha to’la foydalanishni ko’zda tutadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni talab qiladigan, sport sport o’yinidagi natijalarni yaxshilaydi jismoniy sifatlarni rivojlantiradi.
Shu sababli yuqoridagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda bolalarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.