-O’zgaruvchan mashq metodlari; umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash uchun qo’llaniladi. Bunda maksimal tomir urish bir daqiqada 180 bo’lganda o’zgaruvchan shiddat bilan uzluksiz mashq bilan harakterlanadi.
Mashg’ulotlar jarayonida vaqti vaqti bilan tezlikni o’zgartirgan holda yugurish sport o’yinlarida keng qo’llaniladi.
Takrorlash mashq metodi; Bir hil mashqlar ish faoliyatini tiklash uchun dam olish oralig’i bilan takrorlash orqali kechadi.
Sportchilarda chaqqonlikni tarbiyalash. CHaqqonlikni birinchidan, yangi harkatlarni tezda o’zlashtirib olish qobiliyati;
Ikkinchidan; harakat faoliyatini to’satdan o’zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez qayta ko’rish qobiliyati deb qarash mumkin.
O’zgaruvchan sharoitda harakatni to’g’ri bajarish uchun sportchiga umumiy va mahsus tayyorgarlik zarur.
Bundan tashqari sportchi vaqtining ma’lum qismida harakat qilishiga to’g’ri keladi.
Demak uning reaktsiya vaqti va harakatiga to’g’ri tayyorgarligi bilan bog’liq.
SHuning uchun ham chaqqonlik sportchining yuksak trenirovka qilgan holatda yaxshi namayon bo’ladi. Bundan chaqqonlik yetarlicha ma’nafiy - g’oyaviy tayyorgarlik darajasida (dadillik, qa’tiylik kabi hislatlar), shuningdek ko’tarinki ruhiy holatda (umumiy his-hayajon ko’tarinkiligida o’zini yaxshi his qilish va boshqalarda) namoyon bo’ladi.
CHaqqon ish bajaradigan sportchining asosiy ustunligi –yangi murakkab harakat uyg’unligini tezroq o’zlashtirish qobiliyatiga bog’liqdir.
Sportchi qanchalik yoshlikdan jismoniy mashqlar bilan mashg’ulotni boshlasa, mashg’ulotlar doirasi qanchalik mazmunli bo’lsa, u shunchalik chaqqonlik talab qiladigan harakatni ko’proq rivojlantirish mumkin.
Sportchilarda chaqqonlikni rivojlantirish uchun sportchini mushak taranligini va bo’shashtirishni boshqarish, boshqacha qilib aytganda ishlayotgan mushaklarni tarang tutish va bo’shashtirish, almashtirish katta ahamiyatga ega. CHaqqonlikni rivojlantirish maqsadida jismoniy tayyorgarlik manbaalaridan foydalanishda yuklamalarning ta’sirida malakali sportchilarning individual hususiyatlarini hisobga olishni taklif qiladi.
Morfofunktsional va ruhiy fiziologik taasiflarning indivuyudal dinamikasini hisobga olish, muaalliflarning fikricha, mashg’ulot yuklamasining sportchi organizmiga bir hilda ta’sir ko’rsatishini oshiradi hamda mavsumdagi hal etuvchi startlar uchun sportchi mustahkam emotsional irodaviy muhitni shakillantiradi.
Klusov A.P ta’kidlashicha; sportchining jumladan, sport o’yini sportning kelajagi energiya ta’minotining anaerob mexanizmlarini shakillantirishga qaratilgandir.
Ko’p qismli mashg’ulotlar uslubiyotning ko’pgina variantlari yetakchi o’rin egallashi ehtimoldan holi emas. Bunda yuklamaning ayrim tarkiblari, davom etishi, shiddat oralig’i, dam olish hususiyati va boshqa qismlar ichidagi takrorlashlar soni o’zgarib turadi.
Pavlov SH.K, Abduraxmonov F.A, Akramov J.A, musobaqa faoliyatini tahlil qilish asosida yillik tsiklda tayyorgarlikni strategik rejalashtirishni elementlarini ishlab chiqishni tavsiya etadilar.
Insoniyat taraqqiyotining XX asri o’tib, XXI asriga qadam qo’ydik. O’tgan asrda yuz bergan ijobiy o’zgarish ilm-fan taraqqiyotining yuqori bosqichlarga ko’targanligi, yangi texnika va texnologiyalarni paydo bo’lganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, fan-texnikaning rivojlanishi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlarini qayta taqsimlashga olib keladi. Yangi texnologiya bilan ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yaxshilanadi, jahon bozoridagi raqobatni vujudga keltiradi va ilm-fan darajasi past bo’lgan davlatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni jahon bozorida sotish imkoniyati yo’qoladi.
SHuning uchun ham davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri – ta’lim va ishlab chiqarish tizimini isloh qilish, investitsiya kiritish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishdir.
Prezident I.A. Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqarilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning amaldagi ifodasi sifatida bugungi kunda ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda birinchi bosqich to’liqsiz o’rta ma’lumot, to’qqiz yillik maktablarda amalga oshiriladi, ikkinchi bosqich kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda bajariladi va keyingi bosqichda universitet va institutlarda bakalavrlar tayyorlash yo’lga qo’yiladi, nihoyat oxirgi bosqich magistrlar, ya’ni yo’nalish bo’yicha yetuk mutaxassislar tayyorlash bilan natijalanadi.
Bu ishlarni amalga oshirishda ikkita katta muammo paydo bo’ladi. Bulardan birinchisi bu tayyorlov bosqichlarini amalga oshirish kerak bo’lgan mutaxassis kadrlar masalasi va ikkinchisi o’quv-uslubiy ko’rsatmalar va darsliklar masalasidir.
Xozirgi vaqtda bu masalalarni hal qilishga bir muncha ahamiyat berilayotgan bo’lsa ham, o’zbek tilida darsliklar bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori emas. Ammo bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning samarasi ko’zga ko’rinarli darajada yuqori. Oliy o’quv yurtlarida va kasb-hunar kollejlarning o’qitish tizimida ham yangidan-yangi o’zgarishlar yuz bermoqda. Xuddi shunday o’zgarishlardan biri - oliy o’quv yurtlarida yangi fan - “Hayot faoliyati xavfsizligi”ning o’quv dasturiga kiritilganligidir.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani boshqa fanlar singari texnika fanlari sirasiga kiradigan fan xisoblanadi. Ushbu fanni o’rganishda hali o’zbek tilida unchalik yetarli darslik va o’quv qo’llanmalar ishlab chiqilmagan. Ammo boshqa tillarda yozilgan darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalangan holda ushbu fanni keng o’rganish mumkin.
Fanning negizini uchta mustaqil fan tashkil qiladi. Bular: mehnatni muhofaza qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqaro mudofaasi fanlari bo’lib, avvallari bu fanlar mustaqil o’qitilganligi sababli, har biri o’z uslubiy qo’llanmalari, darsliklari va tajriba o’tkazish hamda amaliyotda masala va misollar to’plamlariga ega.
Bu fan inson faoliyatining ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyati bilan chegaralanmasdan, uning yashash muhiti, har xil bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy va tasodifiy ofatlardan saqlanish, tabiyat va odamzod uyg’unligini yaxshi tushunish, tabiatga mulohaza bilan uning muvozanat zanjirini uzilib ketishidan ehtiyot qilgan xolda yondashish masalalarini inson ongiga singdirish vazifasini bajaradi.
Insonni hayot faoliyati uni urab turgan atrof-muhitda mavjud bo’lib, u har xil omillar ta’sirida kechadi. Bu omillar kelib chiqish mohiyatidan ko’ra insonga ko’rsatadigan ta’siri, xarakteriga ko’ra nihoyatda turlicha bo’lib, ularning ba’zilari inson hayot faoliyati davomida o’ta ta’sir etadi. Bu omillarga mehnat predmetlari, mehnat vositalari, energiya, mehnat mahsullari, texnologiya, flora (o’simlik), fauna (hayvonot), tabiiy ofatlar, urush-mojarolar, ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlar va xokazolar kiradi Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan va bog’liq bulmagan faoliyatda uning atrof-muhitga antropologik ta’sirini xisobga olgan xolda xavfsizligini ta’minlovchi bilimlar tizimini tushunamiz. Hayot faoliyati xavfsizligi har qanday yo’nalish buyicha o’zini izlanish ob’ektiga maksad va vazifasiga hamda metodologik yo’liga bog’liq. Xavfsizlik deganda biz inson hayot faoliyati davomida mavjud bo’lgan salbiy omillarni ta’sir extimolini ma’lum darajada yoki butkul bartaraf qilinganini tushunamiz.
Tashqi muhitni muhofaza qilish muammosi bugungi kunning muammosi emas. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bu muammolar har turli qirralari bilan ko’rinish berib kelgan. Masalan, o’rta asr boshlarida jahonning katta shaharlarida isinish uchun va boshqa maqsadalar uchun tosh ko’mirdan foydalanish boshlangan kezlarda bu shaharlar tutunning ko’payib ketishi natijasida odamlar tutunga qarshi ko’rash e’lon qilgani haqida ma’lumot bor.
Asrimizning 50-yillaridan boshlab avtomobilsozlikning rivojlanishi tufayli avtomobil dvigatellarida yonishdan hosil bo’lgan gaz dunyo miqiyosida eng xavfli ekologik muvozanning buzilishiga olib keladigan omilga aylandi. Dunyo axborot agentliklari ma’lumotlariga qaraganda sayyoramiz hududidagi katta shaharlarning deyarli hammasida avtomobillar chiqargan gazlar muammosi ko’ndalang turibdi.