Mavzu: Jismoniy tarbiya nazariyasida umumiy jismoniy tayyorgarlik


Sportchilarda harakat reaktsiyasi



Yüklə 130,55 Kb.
səhifə5/10
tarix01.12.2023
ölçüsü130,55 Kb.
#170449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Jismoniy tarbiya nazariyasida umumiy jismoniy tayyorgarlik

Sportchilarda harakat reaktsiyasi
Faol xujumkorlik yoki qarshi xujum harakatida qulay vaziyat yuzaga kelganligini o’z vaqtida payqash ma’lum darajada qiyin bo’lib uni bilish sportchining amaliy tajribasi bilan bevosita bog’liq.
Sportda reaktsiyaning uchta asosiy turi uchraydi;
oddiy reaktsiya, tanlash reaktsiyasi, kuzatish reaktsiyasi.
Oddiy reaktsiya;
Sportda usul qo’llanishini boholaganligini sezganda, shuningdek, himoya yoki qarshi xujum harakatining boshlanishida yuzaga keladi.
Oddiy reaktsiya juda muhim ahamiyatga ega bo’lib ,bu orqali sportchi raqibi to’g’risida dastlabki ma’lumotga ega bo’ladi. O’rta malakadagi sportchilar uchun oddiy reaktsiya vaqti 220-240 metr-sekundga teng.
-Oddiy reaktsiyani tarbiyalash uchun avval belgilangan signal bo’yicha harakatni bajarish foydalidir. Bunda sportchi signal berilishi paytini ko’ra bilishi shart emas.
Tanlash reaktsiyasi;
Sportda o’yinchilarning ikki va undan ortiq signal variantlaridan qaysi biri tayyorlangan harakatiga mos kelishini belgilashda yuzaga keladi.
Tanlash reaktsiyasi vaqti sportda o’quv o’yinlari paytida yaxshi rivojlangan. Bunda sportchi raqibiga ikki hil usul bilan taqiq solishi mumkin, hamda ikki tomonlama usul qo’llash va shu kabi topshiriqlar beriladi.
Sportda esa eng hafli harakatni tanlab uni qaytarish lozim.
Kuzatish reaktsiyasi;
Harakatidagi raqibning ma’lum holatga erishgandan so’ng sportchi o’z harakatining boshlanishida ko’rinadi. Agar sportchi zarur daqiqada o’z harakatini boshlasada kuzatish reaktsiyasining vaqti ijobiy bo’lishi mumkin.
Demak u nolь bo’lishi ham mumkin. Sportda zarur bo’lgan kuzatish reaktsiyasini tarbiyalash sherik bilan juft bo’lib mashq qilishda yaxshi natija beradi.
SHuningdek muskullar yetarlicha egiluvchan va bug’imlar harakatchan bo’lishi kerak. Sportchining o’z vaqtida muskullarni bo’shashtira olishi juda ham muhim.
Tezlikni tarbiyalash maqsadida sharoitni murakkablashtirish musobaqa sharoiti yoki yanada qiyinroq sharoitga maksimal ravishda yaqinlashtirish maquldir; (misol uchun ancha yuqori malakadagi sportchi yoki boshqa og’ir vazndagi sportchi bilan mashq qilish qo’llaniladi.
SHu maqsadda zarur mushak guruhlarini rivojlantirish uchun zarur harakatning aniq tezligini ifodalovchi ma’lum tezlik bilan bajaruvchi mashqlarni murakkablashtirish qo’llaniladi.
Murakkablashtirish bilan birga sharoitni yengillashtirish ham qo’llaniladi (futbol, basketbol).
Tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish umumrivojlantiruvchi va mahsus mashqlardan foydalanish. Tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun umumrivojlantiruvchi mashqlarga e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
-qisqa masofaga yugurish (vaqtga qarab).
-uzunlikka sakrash va balandlikka sakrash mashqlari kiradi.
O’tkazilgan har bir mashqga musobaqa elementlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Har hil sport o’yinlari tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantarish quyidagi mahsus mashqlardan foydalaniladi.
1.Turgan holda yoki ko’lni yerga tirab turgan holatda mustaqil va mashg’ulot mashqi bilan bajariladigan usullar uchun yondoshtiruvchi mashqlar.
-sherik bilan bajariladigan mashqlar.
–kim o’zish mashqlari.
–texnikaning ayrim elementlarini tez bajarish mashqlari.
-qarama qarshi va tezkor xujumlar bilan bajariladigan mashg’ulotlar.

Yüklə 130,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin