Umumiy pedagogika fanidan


Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi



Yüklə 236,77 Kb.
səhifə2/6
tarix08.03.2023
ölçüsü236,77 Kb.
#87009
1   2   3   4   5   6
Jumayeva Gulandom

Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi

Metodlarni bilish ularni biror asos, belgi bo‘yicha guruhlarga ajratishga olib keladi. Pedagogikada biron bir asos bo‘yicha metodlarni qat’iy klassifikatsiyasi ishlab chiqilmagan. Mutaxassislar metodlarni ko‘p qo‘llanishiga qarab ishontirish, mashq, namuna, taqdirlash, jazolash metodlarini o‘rganganlar. Albatta pedagogik amaliyotda ushbu metodlarni ko‘p uchratamiz. Pedagog o‘quvchilar bilan birgalikda axloqiy normalarni muhokama qilib, tushuntirib, ularni faoliyatga j alb etib, ularga namuna bo‘lib tarbiyalaydi. Va nihoyat u o‘quvchilarni xatti- harakatlarini muhokama qilib, ularni stimullashtiradi hamda xulq-atvorini tuzatib, rivojlantiradi.


Ilmiy tavsiflash obyektlarni bir-biridan farqlash uchun qat’iy asos va belgiga ko‘ra ajratishni talab etadi. Shuning uchun metodlar klassifikatsiyasi ularni bilishni, ikkinchidan ularni ongli, samarali qo‘llashni ifodalaydi.Tahlillar shuni ko‘satadiki, klassifikatsiyalar asosini shaxsning u yoki bu sohasiga (ongiga, xulqiga, hissiyotiga) ta’sir etish yo‘naltirilishi bilan harakterlanadi.
Boshqacha aytganda shaxsni bilimini, qarashlarini, idrokini shakllantirishga yo‘naltirilgan metodlar bor. Ular ongni shakllantiruvchi metodlar deyiladi. Bundan tashqari, shaxsni xulq-atvoriga va faoliyatiga yo‘naltirilgan metodlar mavjud. Bularni xulqni shakllantiruvchi va faoliyatni tashkil etuvchi metodlar deyiladi. Yana xulqni stimullashtirishga va tuzatishga yo‘naltirilga metodlar mavjud bo‘lib, ular xulqni stimullashtiruvchi metodlar deyiladi.

Tarbiya metodlari tasnifi

Ongni shakllantiruvchi metodlar. Ushbu metodlar nomlanishiga va mohiyatiga ko‘ra ta’limning og‘zaki metodlari bilan mos kelib, ularning asosiy vazifasi ijtimoiy-axloqiy munosabatlar, me’yor, odamlarni xulq qoidalari, qarash va qadriyatlarni shakllantirish sohalariga oid bilimlarni shakllantirish hisoblanadi. Bu metodlar birinchi navbatda shaxsning ongiga, uning aqliy, intellektual, hissiy sohalariga murojaat qiladi. Ishontirishning asosiy manbai, instrumenti bu - so‘z, xabar, ma’lumot va ma’lumot muhokamasi. So‘z orqali ta’sir etish obro‘li o‘qituvchining o‘quvchilarning aql va hissiyotiga ta’sir etadigan eng kuchli metod hisoblanib, tarbiyachidan yuqori darajadagi madaniyatni va kasbiy mahoratni talab etadi. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod, dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his- tuyg‘usi, irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi. Mazkur metodlar yoshlar tomonidan hayot mazmunining tushunib olinishini ta’minlaydi.


Ma’ruza, hikoya, tushuntirish — bu og‘zaki metodlar, ma’lumotni tahlil qilish va xabar berish bo‘lib, tarbiyaviy mazmun va mohiyat kasb etadi. Pedagogik amaliyotdan shu ma’lumki, mashg‘ulot, uchrashuvlarda o‘quvchilar bilan ijtimoiy- axloqiy mavzularda suhbatlar tashkil etilishini uchratishimiz mumkin. Ma’ruza muammoni sistemali tarzda bayon qilinishi bilan yuqori sinf o‘quvchilariga mosdir.
Hikoya va tushuntirish kichik va o‘rta yoshli o‘quvchilar uchun qo‘llaniladi. Ularning har biri moslikni, emotsionallikni, ishonchlilikni, axborotlilikni talab etadi. Mavzular har xil: ijtimoiy hayot, axloqiy, estetik muammolar, muomala, o‘z- o‘zini tarbiyalash, nizolarga oid bo‘lishi mumkin. Hikoya o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa, voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishini ifodalovchi metod sanaladi. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda ko‘p ishlatiladigan usul bo‘lib, u orqali ta’lim oluvchilarni jamiyatda kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar, shaxslararo munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlar, ularga amal qilish, shaxs tomonidan o‘zligini anglash hamda jamiyatda, jamoada muayyan o‘rinni egallashga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishga xizmat qiladi.

Yüklə 236,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin