Ta’lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo‘lib, u o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta’lim jarayoni besh elementdan iborat:
Ta’limning maksadi - nima uchun o‘qitish kerak?
Ta’limning mazmuni - nimaga o‘qitish kerak?
Ta’limniig metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari.
Ta’lim beruvchi.
O‘quvchi.
Ta’lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o‘zlashtirilishi:
maqsadga muvofik keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri
tanlash va foydalanishga bog‘liq.
Ta’lim jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘quv faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Motivatsiya, ya’ni o‘qituvchi yaxshiroq o‘qitishga, o‘quvchi esa yaxshiroq o‘qishga harakat qilishi kerak.
Ta’limning rivojlangan va egiluvchan tuzilishga egaligi.
3. Turli shakllarda amalga oshirilishi. O‘qituvchiga o‘z ijodiy pedagogik imkoniyatlarini to‘liq amalga oshiradigan, o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish uchun o‘z individual imkoniyatlaridan foydalanish uchun turli shakllarda amalga oshiriladi.
4.Ta’limning zamonaviy texnik vositalar yordamida bajarilishi. YUqorida keltirilgan ta’lim va o‘qishga quyilgan talablarni alohida o‘quv faoliyatining o‘zaro bog‘liq ikki jihatidan ko‘rib chiqamiz.
Ta’lim motivatsiyasi o‘quvchilarning o‘quv materialini yaxshiroq o‘zlashtirishiga shaxsiy qiziqishini anglatadi.O‘qituvchining faqat moddiy qiziqishlarini qondirish, yoki ishsiz qolmaslik, qisqarishga tushmaslik uchungina ta’lim berishi, muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda pedagogik faoliyatda yaxshi natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim mahsuldorligini oshirishdagi dastlabki vazifa uni chuqur va ko‘p motivatsiyali jarayonga aylantirishdir.O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida o‘z hayotining asosiy mazmuni va maqsadini ko‘ra boshlaganida ta’lim samarali bo‘ladi.
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri:
1. Aqliy xatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.YA.Galperin).