5-mavzu. Markaziy osiyo xalqlari dinlari



Yüklə 33,95 Kb.
səhifə2/9
tarix19.10.2023
ölçüsü33,95 Kb.
#157360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
rpWZRVuAJ5z9PfSFzupl7exOpdYjcMgl3xdGOKfM

Buddizm ta’limoti. Buddizm - bu hayot charxpalagi, uzluksiz qayta tug‘ilishlar sikli xaqidagi ta’limotdir. Insonning yaxshi va yomon xatti-harakatlarining yig‘indisi uning qanday shaklda qayta tug‘ilishini belgilab beradi. Inson qanchalik sahovatli hayot kechirib, savob ishlarni ko‘p qilib o‘tgan bo‘lsa, uning keyingi taqdiri shunchalik baxtliroq bo‘ladi, Buddaning holati nirvanaga1 qisqaroq yo‘l bilan erishadi. Buyuk Budda (Shakyamuni) bilan bir qatorda qayta tug‘ilishlar zanjirining boshida turuvchi buddalar buddasi bo‘lgan Adibudda mistik shaxsidan boshlab ko‘plab boshqa buddalar ham paydo bo‘ldi. Bu buddalar ko‘p sonli bodxisatvalar qatori shaxslashtirilgan, o‘z nomi, qiyofasi, tarjimai holi, xizmat va vazifasiga ega bo‘lib, ulug‘lash va sig‘inish ob’ektiga aylanib qolgan.
Bodxisatvalar o‘zlarida ko‘pgina yaxshiliklarni — sevgi, mehr-muruvvat, donolikni ifoda etganlar. Budda diniga ko‘ra, har qanday inson Bodxisatva bo‘lishi mumkin. Muayyan talablarga rioya etgan kishi natijada Budda bo‘lishi mumkin.
Buddizm sharqdagi eng yirik din hisoblanadi. Budda dinining muvaffaqiyatga erishishiga sabab undagi insonlarning tengligi g‘oyasi, monarxning adolat bilan boshqarishi, sabrlilik, axloqning muqaddaslashtirilishi bo‘ldi.
Diniy tashkilot va diniy kult. Buddizmda monastirlar uning markazlari, tarqalish o‘choqlari, o‘ziga xos universitetlari va kutubxonalari bo‘lib xizmat qildi. Monastirlarda ustaxonalar bo‘lib, ularda turli mahsulotlar tayyorlanardi.Monastirlar yaxshi himoyalangan, kerakli yarog‘lar va suv bilan ta’minlangan bo‘lib, uzoq muddatli qamalga dosh bera olardi. Ilk buddizmning afsonaviy vakillari sharafiga ular dafn etilgan joylarda buddizmga e’tiqod qiluvchilar tomonidan maqbaralar, stupa haykallari (usti mustahkam berkitilgan gumbazsimon qurilmalar) qurilgan.
Ilk buddizm Buddaning tasvirlari va uning atrof-muhitini bilmagan. Buddizm haykaltaroshligi yangi era bo‘sag‘asida, tosh haykallar va suratlarga sig‘inish tajribasi bilan birga paydo bo‘ldi. Buddizm ikonografiyasi badiiy mukammalligi bilan ajralib turgan va o‘zida yunon ta’sirini mujassam qilgan. Bu yunon-buddizm yoki Qandaxor san’ati deb nom oldi2.

Yüklə 33,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin