Qadimgi va o‘rta asr Turkistonidagi xristianlik haqida dastlabki
ma’lumotlarni sharqshunos akademik V.V.Bartold tayyorladi. U O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘ida joylashgan hamma davlatlardan o‘rta asrda o‘tgan savdo yo‘llarini batafsil tahlil qiladi. Bu tasodifiy emas. Xalqlarning o‘zaro diniy va madaniy munosabatlari savdo-iqtisodiy munosabatlaridek qadimgi va muhim. Bundan tashqari, unisi ham, bunisi ham bir xil yo‘nalishdan borgan, chunki ular tinchlik, totuvlik maqsadalarida rivojlangan. Bartold savdo yo‘llarini batafsil tahlil qilishiga sabab ulardan diniy targ‘ibot maqsadlarida ham foydalanilganligidirki, buni yozma manbalar tasdiqlaydi.
Quruqlikdagi yo‘llarning shakllanishi xronologik an’anaga ko‘ra, Xanlar Xitoyi elchisi Chjan San (er.av. 138-126) diplomatik missiyasi bilan boshlanadi. Ushbu diplomatik missiyaning maqsadi G’arbda Xitoy chegaralarida turgan urushqoq ko‘chmanchi qo‘shinlar – Xun qabilalariga qarshi kurashish uchun ittifoqchilar qidirish edi. Harbiy nuqtai nazardan uning missiyasi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.
Xunlar qo‘lida 10 yildan ziyod asir bo‘lgan Chjan San keyinchalik ularning potensial kuchli raqiblari bo‘lgan Amudaryo sohillarida yashovchi Yuechjilar hududiga kelib qoladi. Bu yerda Chjan San gullab-yashnayotgan mamlakatlarni ko‘radi. Bu mamlakatlarning xalqlari azaldan qo‘shnilari Hindiston, hatto Xitoyning alohida shaharlari bilan savdo olib borishar va tinchlik tarafdori edilar.Bu yo‘llar fanda asosiy savdo predmetlaridan birining nomi bilan Buyuk Ipak Yo‘li deb ataldi.
Shunday qilib, Xan imperatori uchun qo‘qqisdan g‘arbiy davlatlar va ming yillik tarixga ega aloqa yo‘llar ochildi. Chjan Sanning diplomatik missiyasidan so‘ng Xanlar Xitoyi tomonidan g‘arbiy mamalakatlarga savdo-diplomatik yo‘llar rasman shakllanadi.
Bu voqealardan so‘ng eramizning I asrlarida qulay siyosiy tizim paydo bo‘ldi. Bu tizim Yevropaning deyarli hamma ilg‘or davlatlarini qamrab oldi. To‘rt imperiya – Rim, Parfiya, Kushon podshohligi va Xanlar Xitoyi kvarteti tashkil qilindi. Ular siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zaro munosabatga kirdilar. Savdo predmetlari bilan bir qatorda fan va texnikaning eng yaxshi yutuqlari hamda g‘oyalar ham almashilar edi. Karvonlar tarkibida savdogar va diplomatlar bilan birga hunarmand va olimlar, turli dinlarning missionerlari va muridlari borishar edi. Bularning hammasi iqtisod-texnika va fan-madaniyat sohasidagi yutuqlarni o‘zaro almashuvga sabab bo‘ldi. Savdo yo‘llaridagi punktlar turli din muridlari va missionerlarining uchrashuv joyi bo‘lib qoldi. Karvonlar to‘xtagan joylardagi mamlakat hukmdorlarining saroylarida ham qizg‘in falsafiy-diniy bahslar bo‘lar edi. Shunday ham bo‘lardiki, noma’lum missionerlar, diniy g‘oyalarning xabarchilari biron-bir hukmdorning yaqini bo‘lib qolar edi. Ularning tarafdorlari esa do‘stona mamlakatda joylashar edilar. Savdogarlar uchun ham ma’naviy targ‘ibotchilar muhim edi, chunki uzoq yo‘lda noma’lum davlatlarda suyanch bo‘lishar edi.
Bu yo‘lning quruqlikdagi trassalari Hindiston va Eron, O‘rta Osiyo davlatlari orqali Baktriya janubidan markaziy hududlarga – Farg‘ona, Sug‘dga, keyin esa - Choch orqali yanada shimolroqdagi hududlarga: Janubiy Qozog‘iston, Sibir va Yettisoyga o‘tgan. Trassalardagi missionerlar faoliyatining izlari O‘rta Osiyo qishloq va shaharlarining moddiy madaniyati va yozma manbalarda saqlanib qolgan.
Jahon dinlari orasida bu yerda xristianlik faol rol o‘ynaydi, uning missionerlari yirik shaharlar, ayrim qishloqlarda, hatto cho‘ldagi cho‘ponlar orasida targ‘ibit ishlarini olib borishgan. Ilk doimiy savdo yo‘llari Parfiya va Sosoniylar Eroni, O‘rta Osiyoning janubiy hududi orqali o‘tgan. Bunda ikki omil hal qiluvchi rol o‘ynagan – savdo yo‘llari yo‘nalishi va cherkov tomonidan taqiqlangan turli sekta va din tarafdorlarining o‘z yerlaridan haydalishi.
O‘rta Osiyo uchun birinchi navbatda unga chegaradosh hududlarda paydo bo‘lgan xristianlar jamoasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan deb taxmin qiladilar. Xristian jamoalari paydo bo‘lgan birinchi shaharlar deb Marv, Samarqand va, balki, Termiz hisoblanadi. Chunki ular hududidan ilk karvon yo‘llari o‘tgan. Marv ma’lumotlariga ko‘ra, II asrdan boshlab shaharning g‘arbiy devorlari ortida cherkov binolari paydo bo‘ladi. Marvda Yepiskop paydo bo‘lgandan so‘ng, ya’ni IV asrdan boshlab ibodatxona shaharga o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin. Chunki shahar atrofida xristian qabristoni joylashgan. Bu esa xristianlrannig soni ko‘pligidan dalolat beradi.
Erondagi Mazdakiylar harakati zardushtiylikning rasmiy din sifatidagi ahamiyatiga putur yetkazgan V-VI asrlarda Xristian jamoasining o‘sganligi kuzatiladi. Ushbu davrda Xurosonning shimoliy hududlarida xristianlikning muvaffaqiyatli targ‘iboti 420 yil atrofida Marvda mitropoliya ochilishi bilan yakunlanadi. Bu yerda monastirlik jamoasi paydo bo‘ladi. Cherkov buyumlarini tayyorlaydigan ustaxonalar ham vujudga keladi. Marv yirik Shimoliy Xuroson mitropoliyasi markazi bo‘lib qoladi. Undan g‘arbga ketadigan karvon yo‘lida Ko‘ktepa hududida ilk xristianlikka oid oltin buyumlar topilgan.
Marvga yaqin joyda Xorazm shimoliy savdo yo‘lida shahardan ikki farsax narida V-VI asrlarda Efes, Ktesifon, Sard tipidagi ilk Kichik Osiyo cherkovlari an’anasida qurilgan katta cherkovli xristian qishlog‘i paydo bo‘ladi. Uning cho‘ziq zali bir nechta gumbazli bo‘lib, ularning o‘rtasidagisi balandligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.
Xristian ta’sirining izlari Marvdan sharqqa olib boruvchi Amul yo‘lidagi qishloq va qal’alarda sezilib turadi.
Ko‘p sonli manbalar nufuzli obro‘ga ega bo‘lgan xristian forslar haqida ko‘plab ma’lumot beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, nasroniylik Eronda shunchalik kuchayganki, xatto u zardushtiylikning o‘rnini ham egallashi mumkin edi, ammo faqatgina arab istilosi bunga xalaqit berdi.
VII asrda xristian jamoalari O‘rta Osiyoning markaziy va sharqiy mintaqalarida patriarx Iyeshuyab II davrida (628-643) ko‘paydi. Samarqandda mitropoliya faoliyat ko‘rsatar edi.
Hozirgi Urgut shaxri o‘rnida bo‘lgan tog‘li hudud Shavdardagi Vazkerd xristian jamoasining gullab-yashnashi taxminan shu davrga to‘g‘ri keladi. Ibn Havqalning fikricha, Shavdar o‘zining ajoyib iqlimi, nonvoychilik va ovchilik bilan shug‘ullangan sog‘lom aholisi bilan mashhur bo‘lgan.
Turkmanistondan to Qirg‘iziston xududigacha olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, yuqoridagi davrlarda cherkovlar, ibodatxonalar ko‘payib borgan.
Ilk o‘rta asrlarda (IV-VIII asr) Sug‘d, Usrushona, Shosh, Xorazmda nestorian xochlari suratlari, Sug‘d yozuvi va muqaddas xayvonlar tasviri tushirilgan tangalar zarb etilgan.
Sug‘dga ko‘chib kelgan dindor va nasroniylar bilan birga ularning urf-odatlari ham kirib kelgan. Samarqandda muqadddas Mina buyumi keramikadan ishlangan bo‘lib, undagi avliyoning ikki yelkasida xoch, oyoqlari ostida yotgan ikkita tuya tasviri ifodalangan. Bu kabi buyumlar VI-VII asrlarda Misrdagi muqaddas Mina ibodatxonasida ham yasalgan.
Bunday tarixiy buyumlarning topilishi Samarqand va uning atroflari xristianlar uchun muqaddas joy bo‘lganligidan dalolat beradi. Samarqand va Urgutdagi topilmalarni o‘rganib chiqqan M.Ye. Masson ham bu joylarda nasroniylar yashagan degan xulosaga kelgan. Topilmalar orasida Muqaddas Mariya tasvirlangan devoriy suratlar ham bor.
Yozma manbalarga ko‘ra, Jizzax viloyatida (Usrushonaning bir qismi) Vinkerd nomli nasroniy aholi yashagan. Bu aholi xunarmandchilik bilan ham shug‘ullangan. Vazkerd xududidagi g‘or devorlaridan Ezgulik, Sara va Yelizavetaning uchrashuvi, Iso tug‘ilishi ifodalangan suratlar topilgan.
Arablarning O‘rta Osiyoni bosib olishi ko‘plab mafkuraviy o‘zgarishlarga olib keldi. Arablar o‘zlari bosib olgan xududlarda islomni majburan singdira boshladilar. Ko‘plab cherkov va ibodatxonalar masjidga aylantirildi. Masalan, Attoran yaqinidagi cherkov Bonu Xanzan va Kalon masjidlariga aylantirilgan.
Arab istilosi davrida islom Eron va O‘rta Osiy madaniyati bilan uyg‘unlashib ketdi.
Nasroniylar xalifat davlatlarida malakali tabiblar bo‘lib, yuqori lavozimlarda ishlashgan. Ular orasida faylasuf, diplomatlar ham bo‘lgan.
Arab istilosidan so‘ng Sharqdagi siyosiy-madaniy markazlardan biri Marv edi. IX asr boshlarida Horun ar-Rashid ukasi Ma’mun bilan urushgan davrda Marv xalifalik markazi edi. XII asrda Marv Saljuqiylar davlatining poytaxtiga aylandi.
Yuqoridagi voqealar fan va madaniyatning rivojlanishiga imkon berdi. Misol tariqasida mashhur nasroniy tabib Ali ibn Sahl Rabbaini keltirish mumkin. U 808 yilda tug‘ilgan. Uning otasi Marv hokimining kotibi edi. Arab geografi al-Kindining yozishicha, Rabbai faylasuf va matematik ham bo‘lib, Aflotunning “Almagest” asarini yunonchadan tarjima qilgan. So‘ng unga Rabbai -O‘qituvchi deb nom berishgan.
Beruniy marvlik nasroniy tabib Ibn Masadan ko‘p ta’limot o‘rgangan. Ibn Masa ko‘plab ilmiy asarlar yozib, dorivor o‘simliklar va qo‘ziqorinlarning o‘sadigan joylari va hosiyatlarini tasvirlagan.
Patriarx, Timofey davrida (780-819y.) O‘rta Osiyoga xristian missioneri Subxaleshu yo‘l oladi. Timofey xristianlikni qabul qilgan turk xoqoni va boshqa boshqaruvchilar bilan tez-tez yozishib turadi.
Somoniylar davrida (1X-X asr) xristianlikning ahvoli o‘zgaradi. Islom davlat dini bo‘lgani uchun mafkurada asosiy o‘rinni egallab, g‘ayridinlarni siqib chiqaradi. Yuqorida qayd etilganidek, Narshaxiy Buxoroda xristian cherkovi o‘rnida musulmon masjidi qad rostlamoqda, degan ekan.
Shunaka vaziyat, masalan, davlatning sharqiy hududlarida ham kuzatiladi: Taraza zabt etilgandan keyin, xristian ibodatxonasi o‘rnida masjid quriladi, Marvda sobor cherkovi o‘rnida masjid qayd rostlaydi. Shu vaqtning o‘zida xristian jamoalari O‘rta Osiyo viloyatlarida ham, uning sharqiy koloniyalarida ham faoliyatini yurgazaveradi. Bu xaqda yuqorida qayd etilganidek, Samarkand yaqinidagi Shavdarada joylashgan xristianlar qishlog‘ining rivojlanganligi va X asrda uning jamoasi o‘z ibodatxonasiga ega bo‘lganligi guvohlik beradi. Sirdaryo qirg‘og‘idagi Vazkerd xristianlar qishlog‘i ham tasvirlanadiki, bu Samarkand va Marv mitropoliyalari faoliyati to‘xtab qolmaganligini bildiradi.
Somoniylar davlatining inqirozi va Qorahoniylarning davlat tepasiga kelishi har xil dinlarning, shu jumladan xristianlikning rivojlanishiga olib keldi.
841-847 yillarda Markaziy Osiyoda uyg‘urlar manixey davlati xalok bo‘ladi, lekin shundan so‘ng aholining ko‘p qismi xristianlik dinini qabul qiladi. 1009 yilda nestorian ruxoniylari Markaziy Osiyo xalqlarining mo‘g‘ul tilida so‘zlashuvchi eng yirik va eng madaniy bo‘lgan karaitiylarni cho‘qintirganlar. Cho‘lda adashib qolgan Karait xoniga, go‘yo, iloxiy Sergiy paydo bo‘lib unga yo‘l ko‘rsatkan ekan. Xon hamma xalki bilan birga cho‘qinib, Marguz(Mark) nomini olgan. Taxminan shu paytda ongutlar xalqi -jangari turklarning avlodlari (xunlarning so‘nggi qoldiqlari) xristianlikni kabul kilishadi. Shu davrda Movaraunnahrni zabt etib X-X1 asrlarda Qorahaniylar imperiyasini tuzgan qabilalar tarkibiga kiruvchi guzalar va kisman chigilalar ham cho‘qintirilgan edi. Nestorianlik XII asr boshiga kelib ham rivojlandi.
XI-XP asrlarda Samarkandda nestorianlar mitropoliyasi davom etmoqda edi. Shu vaktda nestorianlik turk xalklari o‘rtasida keng tarkalgan edi, Koraxoniylar turk sulolasi davlat tepasiga kelishi bilan ularning Sug‘dga kelishi kuchaydi.
Yettisoyda o‘sha davrga oid siriya yozuvlari bitilgan ko‘plab qabr toshlari saklanib kolgan bo‘lib, bular V.V. Bartoldning fikriga kura, Kangla turk qabilalariga tegishlidir.
XIII asr boshlarida O‘rta Osiyo mo‘g‘ullar tomonidan zab etilgan edi, bu oqibatda ko‘p shaharlar vayrona bo‘lishiga olib keldi. Shu bilan birga ularning O‘rta Osiyoga kelishi bilan yana nestorianlar kelishi kuzatiladi. Marko Polo ham XIII asrning ikkinchi choragida Samarkanda qurilgan Avliyo Ioann Krestitel cherkovini tilga olib o‘tgan.