Jizzax vohasidagi qoyatosh suratlari



Yüklə 41,59 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü41,59 Kb.
#130863

Jizzax vohasidagi qoyatosh suratlari
F.E. Toshboev, Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti
Sh.Jonuzokov, JDPU, tarix fakulteti talabasi
E mail: furqat7312@ mail.ru Tel: 93-303-46-33
Annotatsiya: Ushbu maqolada Jizzax vohasi qoyatosh rasmlarining o'rganilishi, o'rganish bo'yicha arxeologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar,qoyatosh rasmlarining vujudga kelishi hamda bunga sabab bo'lgan omillar haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Jizzax vohasi,qoyatosh rasmlari,arxeologik qazilmalar,ilmiy izlanish natijalari,tadqiqotlar.
Uzoq yillardan buyon Jizzax arxeologiyasi va tarixi bilan shug’ullanib kelayotgan A. Berdimurodov, M. Pardayev va A. Pardayevlarning ma’lumotlariga qaraganda, qadim va o’rta asrlarda Jizzax shahrining o’rni vohaning Sharqiy qismida joylashgan, xalq orasida hozirgacha “eski Jizzax” nomi bilan atalib kelinayotgan Qaliya qal’asi o’rnida bo’lganligi isbot qilindi. Qaliya qal’asing Shaxristoni va arkida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida XVI—XVII asrlarga oid tepaping tarixi, ijtimoiy hayotiga oid qimmatli ashyoviy dalillar topilgan Jizzax vohanining eng qadimgi va ulkan yodgorligi hisoblangan Qaliya qal’asi o’rta asr Ustrushonasining bosh shahri deb talqin qilingan. Qaliya qal’aning umumiy maydoni 30 gektar, shahristoni va arkining yer maydoni qariyb 5 gektar atrofida bo’lganligi hisobga olinsa, bu shahar maydoni o’rta asrlardayoq, muhim harbiy-strategik ahamiyatga ega bo’lganligini isbotlaydi. Qaliya qal’aning Sharqi atrofidagi qush karvonsaroy va inshootlar 600-800 metr masofada joylashgan bo’lib, o’ziga xos mudofaa “zanjiri”ni hosil qilgan.
Qaliya qal’ada 1985-1991 yillarda o’tkazilgan stragrafik qirqimlar natijasida Shahriston xarobalaridai topilgan tarixiy topilmalar miloddan avvalgi II—I asrlarga taalluqli ekanligini ko’rsatadi. Umuman, Qaliya qal’ada hayot ba’zi to’xtalishlarini hisobga olmaganda, XVI asr oxiriga qadar davom qilgan.
Arxeologik qazilmalar Qaliya qal’asi qurilishida asosan xom g’isht, paxsa, juda kam hollarda yog’och va tosh materiallari ishlatilganini ko’rsatdi. Qal’aning atrofi baland devorlar bilan o’rab olingan. VII—IX asrlarda — arablar bosqini paytida yuzaga kelgan yong’inlar paytida qal’aga katta zarar yetkazilgan. O’sha paytda Qaliya qal’asi butunlay vayronaga aylantirilganini arxeologik qazilma paytidagi topilmalar ham tasdiqlaydi.
Qadimgi Qaliya qal’asining aholisi masalasiga kelsak, “Qaliyamulkanlik”, “Chulmulkanlik” mahallalari aholisi aslida Toshkent shahridagi “Arpapoya” ko’chasida istiqomat qilishgan bo’lib, so’ngra Sirdaryoning Mulkent qishlog’iga (hozirgi Niyozboshi) ko’chiriladi. Shayboniyxon Samarqandni Bobur Mirzodan (1501) tortib olganidan so’ng, Toshkentda unga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonni bostirish uchun Sirdaryodan o’tib, Shoxruxiyani va Mulkentni vayron qiladi, omon qolgan aholi boshqa joylarga ko’chib ketishga majbur qilinadi. Jizzaxni bosqinchi kuchlardan himoya qilish va mustahkamlash maqsadida Mulkent qishlog’ida istiqomat qilgan aholining bir qismi Jizzaxga ko’chirma qilinadi. Ana shu ko’chib kelgan aholi avlodlari bugungi kunda ham “Qaliyamulkanlik”, “Chulmulkanlik” mahallalarida istiqomat qilishmoqda. Bu mahallalar ahli hanuzgacha Toshkent va Yangiyul shahri aholisi bilan bordi-keldi qilishmoqda. Jizzaxning O’rda nomli qal’asi ham vohaning eng ulkan va qadimiy yodgorligi bo’lib, Qaliyatepadan 6 kilometr uzoqdikdagi shimoli-g’arbda, Sangzor daryosining o’ng qirg’og’ida, shaharning “eski shahar” deb atalgan mavzesidan o’rin olgan. Jizzax o’rdasi VII—IX asrlarda muhim harbiy istehkom bo’lib xizmat qilgan. Qal’aning joylashgan hududida o’zining tekisligi va kengligi, yerining unumdorligi va Sangzor daryosiga nisbatan Nishab tomonda joylashganligi, Jizzax o’rdasi Nurota— Forish—O’tror karvon yo’lidagi bekatlardan biri bo’lganligi bilan diqqatni o’ziga tortadi.
Akademik Ya. G’ulomov o’zining “Jizzax tarixiga oid” va “Qadimgi Jizzax” maqolalarida Jizzax shahri deyarli 2000 yildan ko’proq tarixga ega ekanligini va O’rda qal’asi esa muhim strategik ahamiyatga ega bo’lganligini bayon qiladi. O’rda qal’asi atrofi 9— 10 metr devor bilan o’rab olingan.
O’rda ichkarisi Ark va Shahriston, ular atrofidagi mahallalardan tashkil topgan qal’a qo’rg’on bo’lgan. Tashqi dushmandan himoyalanish uchun O’rda qal’asi devori tashqarisida zovur kovlanib, suv bilan to’ldirilgan. O’rda qal’asi 1866 yilda vayron qilingan va yoqbayta tiklanmagan.
O’rda qal’asi o’rnida (hozirgi Jizzax ip-yigiruv fabrikasi hovlisida) o’tkazilgan rejali qazuvlar natijasida XVIII — X1X asrlarga oid yerosti yo’lagi (maxfiy laxm) qoldiqlari topilgan. Arxeolog M. Pardayevning yozishicha, bu maxfiy yo’lak O’rda qal’asi arkidan boshlanib, shimoli-Sharqiy tomon yo’nalgan bo’lib, pishgan g’ishtlardan (o’lchami 32x32x60 sm, 30x30x6 sm, 28x28x5 sm, 26x26x5sm) ishlangan, uning eni 1,8 metr, balandligi 2,2 metr, ustki qismi arksimon shaklda yopilgani ma’lum bo’ldi. Yerosti yo’lagining ikki yon devoridan 6-8 metrli masofada yuqorida qayd etilgan o’lchamli g’ishtlardan maxsus tokchalar ishlangan va ularga yoritshsh uchun mash’allar o’rnatilgan. Ushbu yerosti yo’lagi harbiy harakatlar davrida O’rda qal’asi hokimi va uning yaqinlari muhofazasi uchun xizmat qilgan. Maxfiy yerosti yo’lagining o’lchami dalolat beradiki, undan faqat odamlargina emas, otliq suvoriylar ham otini etaklagan holda qal’adan chiqib ketish imkoniyatiga ega bo’lgan.
1865 yilgacha Rossiya imperiyasi harbiy xufiyachilari tomonidan harbiy maqsadlar uchun tuzilgan O’rda topografik xaritasining topilishi (M. Yuldoshev, I. Muzaffarov) qal’a haqida qimmatli ma’lumotlarni qo’lga kiritish imkonini berdi. O’rda harbiy xufiyachi topograflar tomonidan izchil o’rganilib xaritaga tushirilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, qal’ani o’rab olgan devorning balandligi 9-10 metr, eni 4-5 metrni tashkil qilib, O’rdani qo’riqlovchi mudofaa devorining uzunligi 4 km ekanligi aniqlandi. Mudofaa devorlari ustida ot qo’shilgan Qo’qon aravada yurish mumkin bo’lgan. Mazkur xarita O’rda devorlari atrofidan xandaqlar qazilib, ular dushmandan himoyalanishni kuchaytirish maqsadida suv bilan to’ldirib qo’yilganligini aniq isbotladi.
Huddi tatarniki singari O’rda qal’asining to’rtta darvozasi mavjud bo’lib, ular Nurjonlik, Oqqo’rg’onlik, Jizzaxlik, cho’l tomondagisi esa cho’lki (cho’l tomonidan kiradigan darvoza) deb nomlangan. Qal’a ichiga Nurjonlik arig’i orqali suv kiritilgan, qal’aga kiriladigan ko’priklar tun paytida ko’tarib qo’yilgan. Qal’a darvozalari tunukun askarlar tomonidan qo’riqlangan. O’rda qal’asining umumiy maydoni qariyb 100 gektar, Ark maydoni esa 6 gektarga to’g’ri kelgan.
1866 yili 13— 11 oktyabr kunlarida bo’lib o’tgan Rossiya imperiyasi bosqin davrida O’rda va o’rta asr mahallalari hisoblaigan kulollik, Xo’jalar, Zargarlik, Jizzaxlik, O’ratepalik, Qalandarxona va boshqa mahallalar xarobaga aylantiriladi.
1960-1973 yillarda arxeologik yodgorliklarni o’rganish va hisobga olish bo’yicha izlanishlar olib borgan M. Isokov, N. Nemsevalarning ma’lumotiga qaraganda, Jizzaxdagi O’rda o’rta asrlarga oid yirik tarixiy yodgorliklardan biri bo’lgan. 1974-1975 yillarda O’rdada ikkinchi jahon urushining 30 yilligiga bag’ishlangan “Xotira” yodgorlik majmuasi qurilishi munosabati bilan O’rda qal’asi xarobalari qoldiqlariga jiddiy zarar yetkazilib, mudofaa devorlari, handaklar o’rni, g’isht terilgan hovuz, masjid va ko’chalar, shahar istehkomidagi boshqa joylar tekislab yuboriladi.
Jizzax shahrining obod bo’lishida va uning kengayishida miloddan avvalgi II asrda o’z faoliyatini boshlagan, Shark va G’arb mamlakatlarini o’zaro bog’lagan Qitalararo karvon yo’li — Buyuk ipak yo’li muhim rol o’ynaydi. “Buyuk ipak yo’li dastavval Xitoyni O’rta Osiyo mamlakatlari orqali Eron va Arab mamlakatlari bilan bog’lagan bo’lsa, o’rta asrlardan boshlab Evropa mamlakatlari bilan bog’lab, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni mustahkamlashda alohida o’rin egallaydi. Buyuk ipak yo’li 1500-1600 yillik tarixiy faoliyati mobaynida ikki Azim Daryo — Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan xalqlar hayotida ham muhim rol o’ynaydi.
XIV—XV asrlarda Amir Temur va Temuriylar tomonidan Buyuk ipak yo’lida savdo karvonlarining behatar qatnovi yo’lga qo’yildi. Amir Temurning karvon yillarida savdo-sotiqning rivojlanishiga, karvonlarning xavfsizligini ta’minlashdagi juda katta xizmatlarini alohida ta’kidlash joiz. Sohibqironning bevosita farmonlariga muvofiq karvonsaroylar, bozorlar tashkil etilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Karvonlarni muhofazalash maqsadida soqchilik postlari tashkil qilinib, ularning behato qatnovi yo’lga qo’yiladi. Hatto biron-bir viloyatda karvonlar talon-taroj qilinsa, keltirilgan zararni viloyat hokimlarining shaxsiy jamg’armasidan undirilishi belgilab qo’yiladi.
Buyuk ipak yo’lining O’rta Osiyo yo’nalishi tarmog’i Jizzax shahri bekatidan o’tgan. Buyuk ipak yo’lida joylashgani bois Jizzax shahrida savdo sotiq, hunarmandchilik yanada rivojlanadi. X asrlarda Buyuk ipak yo’li orqali sayohat qilgan Arab geograflari Ibn Xavqal, Al-Istaxriy, Al-Muqaddasiylarning ta’kidlashicha, IX—X asrlarda Jizzax orqali o’tadigan Bag’dod—Tabriz—Koshon—Marv—Chorjuy—Buxoro—Samarqand—Xarakana (G’allaorol)—Dizak (Jizzax) bo’ylab o’tgan karvon yo’li Arab mamlakatlarini Movarounnahr va Xitoy bilan bog’lagan. Qadimgi zamonlardayoq, Buyuk ipak yo’li viloyat hududidagi mahalliy bozorlarni bir-biri bilan bog’lashga xizmat qilgan, bir necha tarmoqlari o’tgan eng serqatnov yo’l — Bulung’ur yaqinidagi Barkent shaharchasidan Katvin cho’li orqali Xushufagi qo’rg’oniga (hozirgi Ravot qishlog’i) o’tgan. Bu yo’l Xushufagi qo’rg’onidan uch tarmoqqa bo’linib, biri Qoraqishloq (hozirgi Baxmal tumani markazi) yonidan, Molguzarning g’arbi orqali Ko’rpasoy— Ravot — Pishog’or— Zomin yo’nalishlarida harakat qilingan bo’lsa, ikkinchisi zargar—Xuroson—Jizzax— Yettiquduq orqali Toshkentga yo’nalgan. Yettiquduq yo’lidan karvonlar, asosan, bahor va kuz oylarida qatnagan. Xushufagi bilan Zomin o’rtasidagi eng qisqa uchinchi yo’l Xushufagi—Sadr Vaqqos avliyo—Tuyabuyin—Og’ajon—Ardoxshon— Ravot—Pishog’or—Zomin bo’ylab yurilgan. Yana bir savdo yo’li viloyatning shimol qismida Barket —Ali —Ahmad Raboti— Katvin— Forish— Novoyli— O’tror bo’ylab amalga oshirilgan. Barkent — O’smat—Novqa—Nushkent— Berka karvon yo’llaridan yengil yukli savdo karvonlariga yurish qulay bo’lgan. Samarkand—Jizzax— Chinoz— Toshkent, Jizzax— Ravot—Zomin— O’ratepa— Farg’ona kabi karvon yo’llari Jizzax shahrining “Ilono’tti” darasi orqali o’tishi bu vohada savdo-sotiqning rivojlanishiga olib keldi. Tarixiy manbalarga qaraganda, Xarakana (G’allaorol) mavzesidan o’sha davrda ham karvon yo’lining ikkita shoxobchasi mavjud bo’lib, birinchisi “Ilono’tti” darasi orqali Jizzaxga kelgan bo’lsa, ikkinchi yo’nalishi hozirgi Sadr Vaqqos avliyo qishlog’i orqali Molguzardai oshib, Zomin tomon yuradigan karvonlarning harakatiga xizmat qilgan.
Sangzor vohasi va shahar atrofida kishi diqqatini o’ziga tortadigan tarixiy yodgorliklar juda ko’p. Qadimgi Ustrushonadagi diqqatga sazovor arxeologik kashfiyotlardan biri G’allaorol tumanidagi Moltob qishlog’i atrofidagi hududda o’rin olgan Shahidtepa yodgorliklari kompleksi hisoblanadi. Arxeologik qazilmalar, ilmiy-tadqiqotlar natijasida Shahidtepa yodgorlik majmui asosiy qo’rg’ondan tashqari, diametri 11-12 metr, balandligi 1 metrgacha bo’lgan 120 ta mozor-qo’rg’onlardan tashkil topganligi aniqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligining San’atshunoslik instituti olimlari L.I.Rempel va Ye.V. Rtveladze rahbarligidagi maxsus ilmiy guruh Shahidtepada va yana ikkita tepalikda qazuv ishlarini olib borib, yer satxidan 5 metr chuqurlikdagi mozorqo’rg’ondan chalqancha yotgan odam suyaklari, uning yonidan esa shamshir topishgan. Tarixchi-arxeolog Ye.V. Rtveladzening fikriga qaraganda, bu topilma milodiy I asrga oidligi bayon qilingan. San’atshunos professor M. Bulatovning fikriga qaraganda, Shohqo’rg’on, Shaxidtepa o’troq so’g’diylar va saklar birga sig’inadigan va ilmiy nujum sirlarini o’rganadigan, ko’chmanchi qabilalar o’rtasida zardushtiylik dinini tarqatish uchun sajdagox — rasadxona, mafkuraviy maskan hisoblangan. Shaxidtepa kompleksida tashkil topgan 365 tepa esa yil hisobi, fasllar almashinuvini belgilashda taqvim kalendar vazifasini o’taganligi ma’lum bo’ldi.
Akademik Ya. G’ulomov, tarix fanlari nomzodi S. Anorboyevning asarlarida bayon qilinishicha, Zarafshon daryosining o’ng qirg’og’ida, Samarqand shahridan 45 km chamasi uzoqlikda qurilgan Ravotxo’ja Turoni juda qadim zamonlarda qurilgan shox inshootlari hisoblanadi. Ravotxo’ja tug’onining chap qirg’og’idan boshlanadigan, Tuyatortar deb nom olgan kanal qaziladi. Tuyatortar kanali orqali Bulung’ur, G’allaorol, Jizzax vohasi yerlariga obihayot keltirilgan.
97 km uzunlikdagi Tuyatortar kanali Zarafshon daryosi suvi bilan Jizzax vohasi dalalarini sug’orishga xizmat qilgan. Kanalning qaysi davrda barpo etilganligi to’g’risida turli xil fikrlar mavjud. Abdullaxon II davrida qayta qurilgan. Ya. G’ulomov rahbarligidagi Mohandaryo ekspeditsiyasi arxeologi S. Anorboev tomonidan olib borilgan arxeologik qidiruv ishlari Tuyatortar kanalining yoshi 2000 yillik tarixga ega ekanligidan dalolat beradi.
S. Anorboyevning yozishicha, kanalning bosh qismida Farmontepa degan qal’a bo’lgan. Bu qal’a Tuyatortar kanali qurilganidan keyin barpo etilgan. Bir vaqtlar kanal suvi tufayli qal’a va uning atrofida hayot gullab-yashnagan bo’lsa, VI—VIII asrlarga kelib, o’zaro feodal urushlar natijasida kanal vayron qilinib, dehqonchilik izdan chiqqan. Arxeologik qazilmalarda kanal yunalishidagi Do’smat deb atalgan vohada Tog’aysufi deb atalgan mozordan va boshqa tepalardan ilk kushonlar davriga oid materiallar: sopol buyumlar, tosh, yorg’ichoq (qo’l tegirmon) va boshqa uy-ruzg’or buyumlari topiladi. Bu ashyolar Tuyatortar kanali Do’smat vohasigacha bo’lgan yerlarni suv bilan ta’minlaganidan darak beradi. Kanal IX—X asrlarda qaytadan tiklangan bo’lsa-da, keyin yana vayronaga aylanadi. Nihoyat, Amir Temur va Temuriylar davrida kanal qayta tiklanib, Do’smat vohasi atroflari va uning quyi qismlari obod qilinadi. Mirzo Ulug’bek vafotidan so’ng taxt uchun kurashlar boshlanib, ko’pgina sug’orish inshootlari qatori Tuyatortar kanali ham vayronaga aylanib, sug’orish izdan chiqadi.
XVI asrning II yarmida Buxoro xoni Abdullaxon II katta kuch to’plab juda katta strategik ahamiyatga ega bo’lgan Jizzax vohasi sug’orishini qayta tiklashda Tuyatortar kanalining o’rta va quyi qismini yangidan qazitib Zarafshon suvini Tuyatortar kanali orqali Jizzax vohasiga keltirishga boshqosh bo’ladi.
Tuyatortar kanalini qazishda ibtidoiy ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarish kuchlariga ega bo’lgan boy va amaldorlar o’zlarining qo’l ostidagi kishilarni shafqatsiz ishlatganlar. Kanal qazish ishlari nihoyatda og’ir mehnat va zulm ostida olib borilganligi haqida rivoyatlar, hikoyatlar bizgacha yetib kelgan.
Buxoro xoni Abdullaxon II vafotidan so’ng kanal yana vayron bo’lib, 30 yil davomida tiklanmay qolib ketadi. O’rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin, XII asrning II yarmida paxta yetishtirishni amalga oshirish maqsadida kanalni qaytadan tiklashga kirishiladi. Sobiq Ittifoq davrida kanal qaytadan qaziladi.
Tuyatortar kanali suvidan Jizzax vohasining 40 dan ortiq ariqlari suv olgan. Bu ariqlarning eng qadimgilari — Toqchilik, Tomchi, Qorasoy, Taytoqsoy, Sharilloq, Qorayantoq Olmachi, Suloqli, Qaliya, Qangli, Ravotlik, Nayman, Xayrobod, Saroylik, Gandumtosh ariqlari orqali Jizzax shahri va uning atrofidagi yerlarga obihayot keltirilib, dehqonchilik ishlari amalga oshirilgan.
Shahar aholisi ichimlik suvni, asosan, hovuzlardan olishgan. Shahar Sangzor daryosi suvi bilan ta’minlanib, Hayrobod, Beshquvur suv ayirg’ichi orqali 12 ta daha nomi bilan ataluvchi ariqlar orqali taqsimlangan. Shaharning Ko’tarma, Ravalliq, Toqchilik, Qaliya, Qangli, Hayrobod, Eroni shoh ariqlariga suv Sangzorning Hayrobod suv ayirg’ichidan olinib, Jizzaxning Janubiy-Sharqiy qismidagi yerlar sug’orilgan. Jizzaxlik, Mulkanlik, Nayman, Saroylik, Toshkentlik ariqlariga esa Beshquvur suv ayirgichidan suv olinib, shaharning Markaziy, shimoli-g’arbiy hududlariga oqqan.
Toshkent shahrida Navro’z Ahmadxonning o’g’illari aka-uka Darveshxon, Bobosultonlar avlodi yashagan bo’lib, Buxoro xoni Abdullaxon II hokimiyatini egallash uchun doim harakat qilgan. Abdullaxonga qarshi kurashda qozoqlar va mo’g’ul hukmdorlari urug’lari yordamiga suyanishgan. Darveshxon Toshkent, Andijon, Xo’jand, Turkistonda 100 mingdan ortiq kishilik qo’shin to’plab, Abdullaxonga qarshi kurashda birodari Bobosultonga yordamlashish uchun Samarqand tomon kelayotgan edi. Abdullaxon yuz ming suvoriysi bo’lgan dushmanga qarshi Ilono’tti darasida Navro’z Ahmadxon avlodlari bir-birlari bilan qo’shilmay turib, Darveshxon qo’shiniga qarshi jangga kirishadi va g’alaba qozonadi. Bobosulton had-hisobsiz lashkar bilan o’z birodari Darveshxonga yordam uchun yetib keladi. Biroq u ham jangda yengilib, orqaga chekinadi. Abdullaxon Samarqandni egallaydi. U jangda Darveshxon va Bobosultonni yengib, Toshkentning e’tiborli amirlaridan Qodirberdi Qushchi, Tangirisbiy Durmon va boshqalarni asir olib, intiqom tig’idan o’tkazadi. Shu g’alaba munosabati bilan Abdullaxon Ilono’tti darasidagi qoyatoshga quyidagilarni o’yib yozdiradi: “964 hijriy (1557) yilning Javzo (aprel) oyida xonlarning ulug’, Ollohning yerdagi soyasi, Iskandarxon o’g’li Abdullaxonning halifalik kuchlari, 30 ming jangovar to’dasi bilan Darveshxon va Bobosultonlar to’dasi o’rtasida jang bo’lib o’tdi. Mazkur tudada hammasi bo’lib sultonlar avlodidan 50 mingga yaqin kishi hamda Turkiston, Toshkent, Farg’ona va Dashti Qipchoqdan kelgan 40 mingga yaqin xizmatkor kishi bor edi. Bu jangda baxt yulduzi hamroh bo’lgan to’da g’alaba qozondi. Butun sultonlarni yengib, ularning qo’shinlariga shunchalik qattiq zarba berdikim, jangda o’ldirilgan va asir olinganlarning qoni Sangzor daryosi suvida oqdi”. Buxoro xoni Abdullaxonning Bobosultonga qarshi 1557 yil may oyidagi Achchi qo’rg’onida va Uchtepada olib borgan janglari ham uning g’alabasi bilan tugaydi.
Ilono’tti darasida Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulugbek (1409-1449) tomonidan qoyatoshga yozib qoldirilgan yana bir bitik ham Jizzax tarixining qonli sahifalari haqida hikoya qiladi. Mirzo Ulug’bek Shermuhammadxonga qarshi bo’lgan jangda g’alaba qozongach, qoyatoshga quyidagilarni o’yib yozdirgan: “Alloh taoloning yordami bilan xonlar va xalqlarni bo’ysundirgan Ulugbek Kuragoniy (Xudo uning umrini ziyoda qilsin!) jetlar va Murullar yurtiga yurish qildi va u yerdan hijriy 828 yilda eson-omon qaytib keldi.
Ilono’tti darasidagi qoyatoshga bitilgan yozuvlarni o’rganish maqsadida 1867 yili 7 sentyabrda Sankt-Peterburg shahridan harbiy, tarixchi-olim Aleksandr Kasheyev kuzatuvida areontolog Jizzax shahriga keladi. Bu yosh tarixchi olim qator tillarni bilardi. U 1858-1859 yillarda bir necha bor O’rta Osiyo tarixini o’rganishga qiziqib, polkovnik Ignatyev boshchiligida elchilik missiyasi bilan Xiva va Buxoro xonligiga tashrif buyurgan va o’shanda bir qancha qimmatbaho qo’lyozma va tangalarni Rossiyaga jo’natgan edi. Manbalarda bayon qilinishicha, bular orasida juda ko’p Sharq qo’lyozmalari, qimmatbaho nodir ashyolar ham bo’lgan. U 1871 yili Rossiya podshosining topshirig’iga muvofiq yuzga yaqin adabiy qo’lyozma va yodgorliklarni Turkiston general-gubernatori fon Kaufman yordamida sharqshunos A. A. Kun to’plagan qimmatbaho osori-atiqalarni Sankt-Peterburgdagi kutubxonaga olib borib topshirib, podsho tashakkurini olishga muvaffaq bo’lgan edi.
Ilono’tti darasidagi kuzatuv ishlari sharqshunos P. I. Lerxni nihoyatda qiziqtiradi. U maxsus narvon yordamida qoyaga chiqib olib, ikkala yozuvni ham tasvirga tushiradi va Sankt-Peterburgga olib qaytadi.
Har ikkala yozuv arabchadan ruschaga o’girilib, uning imzosi bilan “Arxeologicheskie poezdki v Turkestanskiy kray” degan ilmiy maqolasida e’lon qilinadi. Maqolada Ilono’tti darasidagi qoyatoshga XIX asrning 70-yillarida bitilgan, “Jizzaxga 1895 yili temiryo’l keladi” degan yozuvlarni ham bayon qilgan.
Mazkur qoyatosh bitiklari haqida sharqshunos rus olimlari akademik V.V. Bartold, M.Ya. Masalskiy, V.Ye. Masson va boshqa tarixchi olimlar ham o’zlarining ilmiy ishlarida bir necha bor fikrlarini bayon qilishgan.
Sohibqiron Amir Temurning Dashti Qipchoq, Mo’g’uliston va Xitoyga yurishlari, aynan Jizzax orqali bo’lib, u shaharda bir necha kun tunab hordiq olib o’tganligi ham ma’lum. Sohibqiron Jizzax harbiy qal’alarini mustahkamlashga qaratilgan bir qator tadbirlarni ham amalga oshirgani aniq Jizzax xalqi orasida Amir Temurning Nurota, Molguzar tizma tog’lari etaklarida o’z askarlari mashqlarini o’tkazganligi to’g’risida xalq orasida haligacha ko’plab afsona va rivoyatlar saqlanib qolgan.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Пардаев М.Х. К вопросу об эволюции планировки замков- рабатов в Северо-Западной Уструшане // Тез, докл.науч.конф. посвящ.80-летию акад. Я.Г.Гулямова,-Т.: 1988. -С.72.[1]

  2. Древние наскальные изображения Каратау // Археологические открытия, 1970. - М., 1971. – С. 580; Ўша муаллиф. Наскальные изображения Сармишсая // ИМКУ, вып. №9. - Ташкент, 1972. - С. 50-55.

  3. Kabirov J. Sarmishsoyning qoyatoshlaridagi rasmlar. - Toshkent, 1976; Хужаназаров М.М. Наскальные изображения Ходжакента и Каракиясая. - Самарканд, 1995; Stuka naskalna Uzbekistanu. – Poznan, 1997; Alicja

  4. LasotaMoskalewska., Muhiddin Hudjanazarov. Petroglyphs of mammals in the Sarmissaj Gorge, Uzbek Republik. – Warsawа, 2000; Xo‘janazarov M. Sarmishsoy (qoyatosh rasmlari, ilmiy tadqiqotlar). -Toshkent, 2018.

  5. Хужаназаров М. Памятники Узбекистана // Памятники наскального искусства Центральной Азии. Общественное участие, менеджмент, консервация, документация. - Алматы. 2004. - С. 10-116.Хужаназаров М. Отчет петроглифического отряда об изучении наскальных рисунков в Самаркандской области в 1987-1990 гг. // Институт археологии АН РУз им. Я.Г. Гулямова. Научный архив. Ф.4. Оп.1. Д.215. - Самарканд, 1990. – С. 2-3; ўша муаллиф. Navoiy petroglif otryadining 1991-yil Samarqand viloyati qoyatosh rasmlarining o‘rganilishi bo‘yicha hisoboti // O‘zR FA Arxeologiya instituti ilmiy arxivi. F.4. Op.1. D.204. - Samarqand, 1991. – S. 2-6; ўша муаллиф. Наскальные рисунки Узбекистана // Отчет о научно-исследовательской работе: Окружающая среда и истоки древнего каменного века Узбекистана. - Самарканд, 2002. - С. 111-112.

Yüklə 41,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin