5-mavzu: markaziy osiyo xalqlarining V-VIII asrlardagi ijtimoiy, madaniy hayoti. Uyg‘onish davri falsafasida dunyoviy madaniyat. Reja



Yüklə 26,22 Kb.
səhifə1/2
tarix30.03.2023
ölçüsü26,22 Kb.
#91473
  1   2
5-mavzu


5-mavzu: MARKAZIY OSIYO XALQLARINING V-VIII ASRLARDAGI IJTIMOIY, MADANIY HAYOTI. UYG‘ONISH DAVRI FALSAFASIDA DUNYOVIY MADANIYAT.
Reja:
1.Qadimgi O‘rta Osiyoning ijtimoiy va madaniy tarixini o‘rganishda asosiy mabalar.
2.Uyg‘onish davri tushunchasi va uni davrlashtirish masalasi.
3.Uyg‘onish davri madaniyatining namoyandalari.
3. IX-XII asrlarda adabiyot va san’atning gullab yashnashi.

Qadimgi O‘rta Osiyoning ijtimoiy va madaniy tarixini o‘rganishda asosiy mabalar quyidagilardir:


1.O‘rxun – Enasoy yodgorliklari:
2.Yunon muarrixlarining asarlari.
3.Qadimgi Xitoy yilnomalari.
Madaniy hayot, birinchi navbatda, ijtimoiy–siyosiy hayot ravnaqi belgisi va ayni paytda uzoq asrlar davomida shakllanadigan jarayon bo‘lgani uchun Markaziy Osiyoning ijtimoiy - siyosiy tarixiga qisqacha to‘xtalamiz va yuqoridagi manbalarga tayanamiz. Ammo har bir manbaning ma’lum davrdagi madaniyat tarixini o‘rganishda o‘z ahamiyati va mavqei bor.
Markaziy Osiyo tarixi miloddan oldingi davrlarda Xitoy yilnomalariga tayangan bo‘lsa, Ko‘k turk xoqonligi davrida o‘z manbalariga ega bo‘ldi. Markaziy Osiyo xalqlarining Ko‘k turk xoqonligi davridagi tarixi ko‘proq To‘ba–xun xoqonligi davridan boshlanadi. To‘ba-xun davlatida IV asrda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat Markaziy Osiyo madaniyati tarixida ham yangi sahifani boshlab berdi. Bu siyosiy vaziyat asosan Xitoy imperiyasining tanazzuli va qayta tiklanishi bilan bog‘liq.
Yevropadagi to‘kilay deb turgan Rimni bo‘ysundirgan xalqlarning buyuk ko‘chishi Sharqiy Osiyoda 100 yil oldin yuz berdi. Xitoy tarixida “Besh vahshiy qabilalar davri” (304–399 yillar) deb nom olgan davrda Xitoyni xunlar va syanbiylar bosib olgani va oraliq davlatlarga asos solgani aytiladi. Bu oraliq davlatlar gotlar, burgundlar va vandallar asos solgan qirolliklarga o‘xshab ketardi. Yevropada Bolqon yarim orolida Sharqiy Rim imperiyasida nisbatan madaniyat yuksalgan edi. Xitoyda esa Yanszi daryosi qirg‘oqlarida barpo bo‘lgan Xan imperiyasining merosxo‘ri Xitoy imperiyasi hamon mavqeni qo‘ldan bermasdi. Zaif, noshud Xan imperatorlari Xuanxe vodiysidagi o‘z xalqlarini “vahshiy qabilalar“ga o‘lja qilib qoldirib ketdi. Ammo shuncha kulfatlarga, tashqi hujumlarga, ichki urushlarga qaramay, Xitoy xalqi miqdor jihatdan ko‘payib boraverdi. V1 asrga kelib Xitoyning tiklanishi uchun sharoit yuzaga keldi.
Biz Xitoy tarixiga shunchaki murojaat etganimiz yo‘q, aslida Markaziy Osiyo turkiy qavmlarining tarixi shu davrdagi Xitoy tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Xitoy bilan Markaziy Osiyo sharqidagi turkiy qavmlarning ijtimoiy–tarixiy munosabatlari xuddi shu davrdan aniqroq yuzaga chiqdi. Miloddan avvalga V asrda - Chin-xun davridagi tarixiy munosabatlar alohida tarixiy davrni tashkil qiladi. Xan sulolasi bilan Xun tangriqutligidagi tarixiy, madaniy munosabatlar alohida tarixiy davrni tashkil qiladi va bu alohida mavzu bo‘lgani, buning ustiga, bu davrdagi tarixning ma’lum qorong‘u sahifalari hali borligi uchun bu haqda fikr yuritish uchun ko‘plab dalillarga murojaaat etishga to‘g‘ri keladi.
V-VII asrlardan boshlab Markaziy Osiyoda ijtimoiy - siyosiy voqealar yangicha tus oldi. Xususan, V asr boshlarida tashkil topgan To‘ba - xun davlati Markaziy Osiyodagi madaniy muhitga kuchli ta’sir etdi. Bu davlat garchi Xitoydan ko‘ra baland mavqe egallagan bo‘lsa ham, To‘ba aholisi Xitoy madaniyatiga mute bo‘lib qoldi. Ular o‘z tillaridan voz kechib, faqat xitoycha gapiradigan bo‘ldilar, eski an’analaridan voz kechib, sochlarini qirqdilar. Xullas, Xitoy madaniyati oldida sajda qildilar. 
Bu davlatning kelib chiqishi tarixi bor. Milodiy III asrdan boshlab uzoq bir tarixiy davrda xunlar bilan boshqa qabilalarning o‘zaro chatishib ketishidan “To‘ba-xun” deb nom olgan qavm kelib chiqdi. Tarixda: “Otasi xun, onasi syanbiy”lardan bo‘lganlarni shimoldagilar to‘ba - xunlar degan nom bilan yuritganlar.
To‘ba - xunlarning shahzodalaridan biri Giron Bur bur milodiy 407 yili To‘ba - xun davlatini qurdi. Bu davlat Xitoy tarixida Shiyo davlati deb ataladi. Giron Bur bur g‘oyat shafqatsiz edi. U Xan sulolasi podshohi kuchiga tayanib, doim dushmanlari ustidan g‘alaba qilib keldi. Milodiy 410 yili To‘ba-xun davlati qudratli davlatga aylandi. 
Giron Bur bur vafot etgandan keyin (425 yili) uning o‘rniga o‘g‘illari Giron Jon (425–427), Giron Tin (427–431)lar podshoh bo‘ldi. Ularning hukmronligi davrida To‘ba - xun davlati bilan Shimoliy Vey imperiyasi (386 - 543) orasida uzluksiz urushlar bo‘ldi.
Xullas, IV asr o‘rtalariga kelganda, To‘ba - xun aholisi Xitoy madaniyatiga sajda qilishi oqibatida avvalgi shon - shuhratini va doimo ularni g‘alabaga olib kelgan yakdilligini ham yo‘qotdilar.
Milodiy V va VI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy va madaniy hayot uchun yunon muarrixlarining asarlaridan ko‘ra, Xitoy yilnomalaridagi ma’lumotlar ahamiyatliroq ekani to‘g‘risida XIX asrdayoq Yevropa olimlari o‘z fikrlarini aytganlar. 
Lekin miloddan avvalgi asrlardagi O‘rta Osiyo tarixi uchun yunon manbalarining ahamiyatini ham ta’kidlash kerak. Ammo urushlarning oqibatlari, qabilalar va xalqlarning bir - biri bilan qorishuvi, davrning ijtimoiy va siyosiy holati, qolaversa, boshqa bir qator sabablar qadimgi davlatlarni parchaladi, asta - sekin qabilalar va tillarning, odatlar va qonunlarning birligini ham parchalab tashladi, natijada hozir bizga yetib kelgan ma’lumotlarning mohiyati ham o‘zgarishga uchradi. Bularning hammasi tabiiy jarayon edi. Bu jarayonlarning mahsuli sifatida O‘rta Osiyoda boshqaruvning udel sistemasi takomillashdi, ya’ni davlat mayda yer egaliklariga bo‘lindi. Ayni zamonda o‘sha mayda davlatlar goh birlashib, goh parchalanib, qaytadan yangi - yangi davlatlar tashkil topardi.
Miloddan avvalgi davrda O‘rta Osiyoda irqlar. Mayda davlatlarning goh birlashuvi, goh bo‘linuvi qabilalarning qorishuviga ham ta’sir ko‘rsatdi. Markaziy Osiyoning asosiy aholisi bo‘lgan turkiy qavmlarning qaysi irqqa mansubligi ko‘p munozaralarga sabab bo‘lgan. 
Markaziy Osiyo Ko‘k turk xoqonligi davrida ham til jihatidan, ham tarixiy nuqtai nazardan turkiy qavmlar uchun muhim ahamiyatga molikligi hech qanday munozaraga sabab bo‘lmaydi. Bu o‘lkani o‘rta, Sharqiy va G‘arbiy qismlarga bo‘lgan holda o‘rganish mumkin. O‘rta qism turkiy xalqlar tarixi nuqtai nazaridan eng diqqatga sazovor hududdir. Ko‘k turk xoqonligi davrida o‘rta qismda asosan turkiy qavmlarning katta bo‘lagi qirg‘izlar (xakaslar) yashagan. Bu o‘lka tosh davrida Sharqiy va G‘arbiy Sibir hamda shimoldagi Tundra madaniyati bilan yaqin munosabatlar o‘rnatgan. Antropologlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bu hududdagi xalqlar Yevropa va mo‘g‘ul irqlarining bir qismidan paydo bo‘lgan ekan. Ayni paytda janubdagi Oltoy madaniyatidan bu yerlarga ba’zi ta’sirlarning ham bo‘lgani mumkindir.
Qadimgi turk davrida Gobi sahrosi, bugungi Mo‘g‘uliston muhim hudud bo‘lgani ma’lum. Neolit davridagi insonlar sersuv joylarda yashagani ma’lum bo‘ldi. O‘lkaning neolit davri madaniyati O‘rxun daryosi va Baykal ko‘li bo‘ylaridagi madaniyat bilan o‘xshashligi arxeologik topilmalar asosida aniqlandi. Umuman olganda, Markaziy Osiyoning sharqiy hududi madaniyatida o‘zaro ta’sir aniqroq ko‘zga tashlanadi. Shunday bir madaniyatga turkiylar tarixining so‘nggi davrida ham duch kelamiz. Bu holat O‘rta Osiyo turkiy qavmlari tarixiga hamohang ravishda bordi. 
Irqlar to‘g‘risida so‘z ketar ekan, miloddan oldingi uchinchi ming yillikda Oltoy tog‘larida o‘g‘uz tipidagi qavmning yashagani to‘g‘risida ma’lumot bor. Bu qavm janubdagi mamlakatlar bilan, masalan, Orol dengizi sohillaridagi madaniyat bilan, hatto Xitoy bilan aloqada bo‘lganini ko‘rsatadi. Sibirda ham shu singari irqlar qadimda yashaganini arxeologlar kuzatganlar1 . Bu davr madaniyati turkiy xalqlar tarixida Oltoy madaniyati deb nom olgan. Miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda va ikkinchi ming yillik boshlarida hozirgi O‘zbekiston va Pomir hududlarida Oqdengiz irqiga o‘xshash dolixotsefal irqqa mansub odamlar qoldiqlari topilgan. Farg‘onaning tosh davriga oid madaniyatida va Toshkent yaqinidagi Qovunchi madaniyatida ham bu irq kuzatilgan. Mazkur irq turi yana Anov madaniyatida, Quyi Volga bo‘ylarida, Astraxan atroflarida, O‘rta Volga bo‘ylarida Proxorov qo‘rg‘onidan ham topilgan. Bu haqda arxeologlar G.Sergi, V. Ginzburg, L. Oshanin, G.A.Trofimova, S. Rudenko kabi ingliz va rus olimlari XX asrda jiddiy kuzatuvlari natijalarini e’lon qilganlar. O‘rta Osiyoning brakitsefal2 irqi yuqorida aytib o‘tilgan o‘lkalarga ko‘p ta’sir etmagan. Faqat bronza davrida O‘rta Osiyo braxitsefallari Amudaryo bo‘ylariga va Farg‘onaning ichki hududlariga qadar ta’sir etgani aniqlangan. 
Haqiqatan, Amudaryo bilan Sirdaryo orasidagi xalqlar irq jihatdan Amudaryo janubidagi turkman dashtlarida, Pomir va Afg‘onistonda yashagan irqlardan keskin farqlanib chiqqan edi. Bu “turoniy” (V.V. Ginzburg) yoki “ikki daryo orasi” (I. Svidetskiy) irqi degan nom olgan bo‘lib, braxitsefal kallalarga mansub edi. Shu olimlarning olib borgan kuzatuvlariga ko‘ra, Oltoydagi braxitsefal irqlarga yaqin bo‘lgan bu suyaklar keyingi davrlardagi so‘g‘dlarning ham ota–bobolari bo‘lgani tahmin qilinadi. 
Miloddan avvalgi 1700 yillardan e’tiboran O‘rta Osiyoda ko‘chmanchi va jangovar bir qavm madaniyatining asta–sekin hukmron bo‘lgani ko‘rinadi. Bu irq “Andronovo odami” deb nom olib, Oltoy va Tangri tog‘lariga yoyilgan. Mazkur irq Xun davrida ham, Ko‘k turk xoqonligi davrida ham davom etgan. 
Ammo Ko‘kturk xoqonligi davrida O‘rta Osiyoda mo‘g‘ul irqi ko‘rina boshladi. Bir tomondan o‘g‘uz qiyofasiga mansub bo‘lgan turkiylar azaliy irqni davom ettirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, chinakam va aslo aralashmagan mo‘g‘ul unsurlari ham g‘arbga siljiy boshladi. Ko‘k turk davri boshlang‘ichida Oltoy o‘lkasining janubi-g‘arb va shimoli-sharq hududlarida yashagan o‘g‘uz qiyofali turkiy qavmlar hamon hukmron edi. Bu davrga oid Tangri - tog‘dan topilgan skeletlarda yirik ko‘zli odamlar kuzatiladi. Bu haqda rus olimi V. Ginzburg o‘tgan asrning 50–yillarida o‘z fikrlarini bayon qilgan edi. Ko‘k turk davlati barpo bo‘lmasdan bir oz oldin va davlat barpo bo‘lgandan keyingi davrlarga oid mo‘g‘ul qiyofali odamlar skeleti topilgan. Ayni paytda Tangri tog‘dagi qo‘rg‘onlarda o‘g‘uz qiyofasidagi odamlar skeleti ham topilgani ma’lum.
Milodiy VI–VIII asrlarga oid O‘rta Osiyoning ayrim hududlaridagi irqlar miloddan oldingi brexitsefal odamlarning davomi ekanini ko‘rsatadi. Umuman, O‘rta Osiyo irqlari alohida irqqa – Turoniy irqqa mansub edi, degan ma’lumotlar o‘zini oqlaydi.
Topilmalar.Umuman, turk xoqonligi davrigacha Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy, ayniqsa etnik tarixi madaniy hayot uchun zamin hozirladi. Bizgacha yetib kelgan tarixiy manbalar - yunon, Rim tarixiy asarlari, Xitoy yilnomalarida Markaziy Osiyoning madaniyatiga oid dalillar shuni ko‘rsatadiki, Turk xoqonligi davridagi madaniy hayot uchun uzluksiz zamin hozirlangan edi. Ayniqsa, Farg‘ona vodiysi miloddan oldingi O‘rta Osiyo madaniyati tarixida muhim rol o‘ynagan edi. Miloddan avvalgi 3–2 asrlarga oid Farg‘ona topilmalari madaniy jarayonning uzluksizligini, ayni paytda shu davrdagi Xitoy bilan tarixiy munosabatlarni ko‘rsatadigan dalillardir. Xitoy manbalari Farg‘onaning zotdor, o‘sha davrda “samoviy” deb nom olgan otlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ana shu tarixiy ma’lumotlarni Farg‘ona atroflarida toshlarga chizilgan ot suratlari tasdiqlaydi. 
Miloddan oldingi davrlarga oid madaniy yodgorliklar yer ostidan topilgan bo‘lsa, Ko‘kturk xoqonligi davriga oid manbalarning ko‘pi yer ustida saqlanib qolgan. Bular - yirik toshlarga yoki qattiq jismlarga o‘yilgan yozuv yodgorliklari, haykallar, qurbongohlardir. 
Ko‘kturk xoqonligidan qolgan yodgorliklarning eng diqqatga sazovori bitigtoshlardir. Yirik hajmdagi yodgorliklar - Kul tigin va Bilga xoqon yodgorliklari asli qabr toshlaridir. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, ko‘kturklar qabrlar ustiga inshoot qurganlar, inshoot devorlariga marhumlarning suratlarini chizganlar. Ko‘kturk xoqonligiga Chin xoqonining saroyidagi rassomlar keltirilgani va ular marhum Kul tigin va Bilga xoqon uchun bir inshoot (baraq) qurganlari, uyning ich–toshini suratlar bilan bezaganlari to‘g‘risida Kul tigin bitigtoshida ma’lumot berilgan. Ammo hozirga kelib o‘sha inshootlar, ya’ni baraqlar butun qolmagan, faqat balballar qolgan, xolos. Ba’zi Yevropa olimlarining fikricha, xoqonlarning qabri boshqa yerda, bitigtoshlar boshqa yerda bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu fikrlar asosli. Kul tigin bitigtoshi topilgan joydan bir yarim kilometr shimolga tomon balballar o‘rnatilgan. Balballar tugagan joyda Kul tiginning qabri o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. 
Ko‘kturklarda yig‘i, ya’ni aza marosimi bo‘lgan diqqatga sazovor. Kul tigin bitigtoshida bir qancha xalqlardan dafn marosimiga vakillar kelgani aytiladi. Aza xalqning madaniy saviyasi bilan mutanosibdir. Bu haqda yunon manbalar yaxshi ma’lumot bera oladi. II asrda yunon faylasufi Lukian Samosat iskif qavmiga mansub To‘qsar bilan yunoniy Muisip degan odamlar o‘rtasidagi quyidagi suhbatni keltiradi:
Muisip: - Siz, iskiflar, Orest bilan Piladning jasadlariga qurbonlik qilasizlar va ularni tangri deb hisoblaysizlar. To‘qsar, sen bunga nima deysan?
To‘qsar: - Ha, qurbonlik qilamiz, Muisip, qurbonlik qilamiz. Ammo ularni tangri deb emas, yaxshi insonlar deb hisoblaymiz.
Muisip: - Demak, yaxshi insonlar vafot etgandan keyin, sizlar, tangrilarga qilingani kabi, qurbonlik qilasizlar. 
To‘qsar: - Faqat shugina emas, biz ularning sharafiga bayramlar va katta yig‘inlar ham qilamiz. 
Muisip: - Sizlar marhumlardan nima istaysizlar? Ular marhumlardir. Shunisi haqiqatki, ularga hurmat va iltifot ko‘rsatish uchun qurbonlik qilasizlarmi?
To‘qsar: — Marhumlarning bizga hurmat–e’tibori ko‘rinib turganda edi, ular hech qachon o‘lmagan bo‘lardilar. Faqat biz yaxshi insonlar xotirasi uchun foydali deb o‘ylaymiz. Shu sababdan marhumlarni hurmat qilamiz. Biz shunday tushunamiz: marhumlarni yodga olsak, ko‘plarimiz ular singari o‘lmak uchun harakat qilamiz3. 
Qadimdagi ikki xalq vakilining suhbatidan ko‘rinib turibdiki, Markaziy Osiyoda marhumlarga atab o‘tkaziladigan udumlar va urf–odatlar faqat shu hududga xos bo‘lgani uchun ham yunoniylar bu udumlarga izoh talab qilganlar. Mana shu kichik lavhaning o‘ziyoq ko‘k turklar davridagi udumlar va inonch–e’tiqodlar milodiy II asrda Osiyoning ko‘p yerlariga ma’lum bo‘lganini va yoyilganini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo madaniyatining o‘ziga xosligi. Markaziy Osiyoning g‘arbiy o‘lkalaridagi turkiy qavmlarning madaniy hayoti sharqiy hududdagi o‘lkalar hayot tarzidan ba’zi o‘zgachaliklarga ega edi. O‘rta Osiyodagi etnik jarayonlarning murakkabligi madaniy jarayonga ham ta’sir etmay qolmadi. Shuning uchun bu hududdagi madaniy jarayonda boshqa etnik guruhlarning madaniy jarayoni izlarini ham ko‘ramiz. Farg‘ona vodiysi bu jihatdan alohida o‘lka hisoblanadi.
M.av. III–II asrlarda Tangri tog‘idan Farg‘onaga ko‘chish bo‘ldi. Ko‘chib kelgan qavmlarning katta qismi yuechjilar va usunlar edi. Yuechjilar ikki qismga bo‘lingan: katta yuechjilar va kichik yuechjilar. Botir tangriqut (O‘g‘uzxon) tor–mor qilgan va Dovonga kelib, daxlarning yerlarini bosib olgan qavmlar katta yuechji deb yuritilgan. Zaiflashib, kichik to‘p–to‘p bo‘lib ketgan, janubiy tog‘larda o‘rnashgan qavmlarni tangutlar kichik yuechji deb ataganlar4 .
Usun davlati to‘g‘risida Xitoy yilnomalaridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Sharqda ularning yerlari xunlarning yerlariga tutash bo‘lgan, shimoli–g‘arbda Qangli davlati bilan, g‘arbda Dovon davlati bilan chegaralangan.
Shuningdek, boshqa qabilalar O‘rta Osiyoga ko‘chishi natijasida turli qavmlar madaniyatining bir–biriga qorishganini ko‘ramiz. Farg‘ona vodiysidagi Isfara, Shirinchoy, Toshkent yaqinidagi Qovunchi madaniyati shundan dalolat beradi. Tangri tog‘larida ilgaridan mavjud bo‘lgan madaniyat Farg‘onada yangi madaniyatning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi, jumladan, ordamlarning yashash tarzida, dehqonchilik madaniyatida, ishlab chiqarishda va h. larda o‘ziga xosliklar kuzatiladi. Odamlarning turmush tarzi, yashash sharoiti, yasagan buyumlari shundan dalolat beradi.
Ko‘k turk davlati tashkil topishi arafasida Farg‘ona atroflarida ko‘plab otliq ko‘chmanchilar yashardi. Bu ko‘chmanchilar asta–sekin o‘troqlashib, dehqonchilik qila boshladilar. Chig‘irchiq, G‘uljadan topilgan ashyolar dehqonchilik madaniyati to‘g‘risida tasavvur uyg‘otadi (surat.)
Ko‘k turk xoqonligi davridan bugungacha yetib kelgan eng eng noyob madaniy yodgorlik yozuv madaniyatidir Isfara, Andijon, Pop, Buxoro, Quva va boshqa qator hududlardan topilgan yozuv yodgorliklari qadim O‘zbekiston xalqining azaldan salohiyatli bo‘lganini ko‘rsatadigan alomatlardir5 . 

Yüklə 26,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin