5-Mavzu: Operativ xotirani o’rganish



Yüklə 33,51 Kb.
səhifə2/2
tarix18.04.2023
ölçüsü33,51 Kb.
#100279
1   2
5-Operativ xotirani o’rganish

X
?
otirani tajriba yo`li bilan o`rganish qanday amaliy ahamiyatga ega?

Inson xotirasining tiplari sof holda juda kam uchraydi. Ko`p hollarda ular bir-biri bilan qo`shilib ketgan bo`lib, ulardan biri boshqasiga nisbatan etakchilik qilish mumkin.
Ana shu etakchi xotira tipini aniqlash uchun qatorning ushlab qolingan a`zolari metodidan foydalaniladi. Bu metodning mohiyatiga ko`ra tekshiriluvchiga qator so`zlar o`qib beriladi, so`zlardan esda qoldirilganlarini qayta esga tushirib aytib berishi kerak. Xotirada qoldirilgan so`zlar soni (m) ni hisoblab, qayta esga tushirish koeffitsientini (Kv) topish mumkin.

Etakchi xotira tipini aniqlash uchun qo`zg`atuvchi material turli usulda ko`rsatilishii mumkin. (ko`rish, eshitish, yoki aralash). Eksperimentator materialni ko`rsatishi, o`qib berishi, yoki tekshiriluvchiga materialni o`qib berilayotganda pichirlab takrorlab turishi, havoda qo`li bilan yozib turishiga ham ruxsat berilishi mumkin. Har bir sinovdan so`ng tekshiriluvchi eslab qolgan so`zlarini tartibidan qat`iy nazar varaqqa yozib chiqadi.
Tajriba natijalarini tahlil qilishda qayta esga tushirish koeffitsienti taqqoslanib, xotiraning etakchi tipi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Idrok qilingan narsa va hodisalarni yoki inson tajribasida bor bo’lgan, narsalarni esda qoldirish, mustahkamlash hamda zarur vaqtda esga tushirishdan iborat bo’lgan psixik processga xotira deb aytiladi. Xotiraning namoyon bo’lish shakllari ham boshqa psixik processlar singari
har hil bo’ladi. Masalan, psixik aktivlik faoliyatiga ko’ra: harakat, obrazli, histuygular, so’z mantiq; faoliyat maqsadiga ko’ra; ihtiyorsiz, ihtiyoriy; davomiyligiga ko’ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira degan turlarga ega.
Xotiraning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlari qobig’ida muvaqqat nerv bog’lanishlarining hosil bo’lishi,mustahkamlanishi va keyinchalik aktivlashuvi(jonlanishi) dir.
Harakat xotirasi " har turli harakatlarni esda qoldirish, mustahkamlash va zarur paytlarda qaytadan esga tushirishdan iborat.
Obrazli xotira "yaqqol mazmunli, ya`ni narsa va hodisalarning konkret obrazlarini, ularning konkret hususiyat va boglanishlarini esda qoldirish,mustahkamlash hamda esga tushirishdan iborat xotira turidir. Obrazli xotira analizatorlarning nomiga ko’ruv, eshituv, teri-tuyush kabi turlarga bo’linadi.
Obrazli xotiraning alohida bir turi eydetizm (narsa va hodisalarning obrazini aniq, yorqin esga tushirishdir).
His-tuygular xotirasi "voqelikdagi narsa va hodisalardan, o’z-o’zimizga bo’lgan munosabatimizdan kelib chiqadigan yorimli hamda yorimsiz kechinmalarni esda qoldirish va esga tushirishdan iborag bo’lgan xotira turi.
Xotiraning asosiy processlari: esda qoldirish "idrok qilingan narsa va hodisalarni ongimizda qoldirishimiz; esga tushirish "avval idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlarini keyinchalik ongimizda qayta tiklashimiz; esda saqlash " bosh miya yarim sharlari qobigining plastiklik hususiyatiga ko’ra, idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining, izsiz yo’qolib ketmay, ongimizda saqlanib qolishi; unutish" avval idrok qilingan yoki esda qoldirilgan narsa va hodisalarni zarur paytda esga tushira olmaslik; tanib olish"avval esda qoldirilgan narsa va hodisalarni takror idrok qilish orqali esga tushirish kabilardan iboratdir.
Xotira inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida ishtirok etadi. Shuning uchun ham uning ahamiyati juda katta.
Xotira mavzusida o’tkaziladigan tadqiqotlar. Ihtiyorsiz esda qoldirish.
Tadqiqotning maqsadi: emocional va betaraf tusdagi so’zlarni ihtiyorsiz esda qoldirishni tekshirish.
Tadqiqot uchun zarur jihozlar: bir qator so’zlar: zulmat, kuy, gam, faryod, o’yin, ogriq, qo’rqinch, ijod, ritm, hayajon, gazab, jo’shqin, janjal, qulf, tun, tugma, prichoska, tekislik, oyna, palto, qayin, qirgoq, rum, sharf, dog.
Tadqiqotning borishi.Tekshiriluvchi bir varar toza qogozni ko’ndalangiga buklab 2 qismga bo’ladi.Tekshiruvchi yuqoridagi so’zlarni o’qib beradi.Sinaluvchi o’qilgan so’zlarni tinglab bo’lgach, ularni quyidagicha tartibda yozadi; qogozning chap tomoniga emosional tusdagi, o’ng tomoniga esa emocional tusga ega bo’lmagan, betaraf so’zlarni yozib chiqadi. So’zlar yozilgan qogozni buklab bir chetga olib ro’yadi.
So’ngra tekshiriluvchi yana bir varaq toza qogoz olib ikkiga buklaydi.Keyin oldingi so’zlarni birin-ketin esga tushirib, ularning emocional tusga ega bo’lganlarini qogozning chap qismiga, emocional tusga ega bo’lmagan betaraf so’zlarni esa qogozning o’ng tomoniga takror yozadi.
Tadqiqot natijalarini tahlil qilish. Birinchi va ikkinchi qogozdagi so’zlarning soni(emocional,noemocional so’zlar alohida)hisoblab chiqiladi.So’ngra har qaysi gruppadagi so’zlarning to’gri esga tushirilganlarining nisbati hisoblab chiqiladi. Odatda esga tushirilgan emocional tusdagi so’zlar miqdori noemocional so’zlarga nisbatan ko’p bo’lib chiqishi kerak.Chunki kishi hissiyotiga ta`sir ko’rsatuvchi so’zlar tez va ko’p esda qoladi.
Bevosita esga tushirish
Tadqiqotning maqsadi.Ayrim so’zlar va bir-biriga aloqadoq so’z birikmalarining bevosita esga tushiqilishini tekshirish.
Tadqiqot uchun zarur jihozlar: so’z va so’z birikmalari;bola , dargazab o’qituvchi, og’ir ish, rivojlanish, hato, bayram, uy, ari, shahar, ko’r muzikachi, fan, balandlik, harakat, ko’cha, tinchlik.
Tadqiqotning borishi.Tekshiruvchi tekshiriluvchiga bir nechta so’z va so’z birikmalarini diqqat bilan eshitib, yodda tutishni taklif qiladi, so’ngra so’z va so’z birikmalarini sekin o’rib beradi.Tekshiriluvchi o’rganilayotgan so’z va so’z birikmalarini tinglash bilan birga ularni chizma tasvir orqali ifodalab ham berishi kerak.Hamma so’z va so’z birikmalari aytilib bo’lgandan so’ng tekshiriluvchi o’zi chizgan piktogramma (suratli, tasviriy yozuv) larning tagiga birinchisidan boshlab, o’zi esda olib qolishi lozim bo’lgan so’zlarni yozib chiqishi kerak.
Yüklə 33,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin