5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja


O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi



Yüklə 418,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix17.04.2023
ölçüsü418,54 Kb.
#99176
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
5-mavzu

2. O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi — 1995-yil 18-
fevralda Toshkentda bo‘lgan I ta’sis qurultoyida tuzildi, uning Dasturi va Nizomi 
qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995-yil 18-fevralda «Adolat» SDPni ro‘yxatga 
olgan. 
Partiyaning «Adolat» nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr 
etilmoqda. Veb manzili: 
https://www.adolat.uz

3. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘zMTDP) — 
1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi va 
partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. 1995-yil 9-iyunda O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi partiyani ro‘yxatga olgan. Partiyaning «Milliy 
tiklanish» haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Veb manzili: 
https://mt.uz/
4. O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi (O‘zLiDep) — 2003-yil 
15-noyabrda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi. Unda partiya Nizomi va 
Dasturi ham tasdiqlandi. 
Partiyaning asosiy maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini 
himoya qilishdan iborat. O‘zLiDepning «XXI asr» haftalik gazetasi nashr 
etilmoqda. Veb manzili: 
https://uzlidep.uz/
5. O‘zbekiston Ekologik partiyasi — 2019-yilning 8-yanvarda bo‘lib 
o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2019-yil 22-yanvar kuni 864-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Veb 
manzili:
https://ecouz.uz/
 
Mustaqillik yillarida yuqoridagi siyosiy partiyalardan tashqari «Vatan 
taraqqiyoti» partiyasi (1992-yil 24-mayda tuzilgan; bu partiya 2000-yil 14-
aprelda Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi bilan birlashgan) va O‘zbekiston 
«Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasi (1998-yil 28-dekabrda tuzilgan; 2008-
yil 20-iyunda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi bilan birlashgan) ham 
faoliyat ko‘rsatdi. 
Ushbu siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi 
Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz Ustavi asosida amalga 
oshiradi. 

Yüklə 418,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin