11
Ijtimoiy-sherikchilik.
Mustaqillikning
dastlabki
yillaridan
boshlab,
mamlakatimizda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash maqsadida
ijtimoiy-sherikchilik munosabatlarini tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan
huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikni kafolatlovchi asosiy qonun hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 37-46-moddalarida ijtimoiy huquqlar bilan birga inson huquqlari
va erkinliklarini kafolatlangan. Ya’ni bu moddalarda har bir shaxsning mehnati va
salomatligi muhofazasi, ijtimoiy ta’minot olish huquqi oid masalalar ko‘rsatiladi.
Ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ijtimoiy muhit va xizmatlar
tizimi rivojlandi, davlat pensiyasi, nafaqalar va ijtimoiy himoya kafolatlari
belgilab qo‘yiladi. Ish beruvchilar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi mehnat
munosabatlari Prezident farmonlari bilan tartibga solib turildi.
Ijtimoiy-sherikchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlashda O‘zbekiston
Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan
«O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi» muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur kodeks 1996-yil 1-martdan e’tiboran amalga kiritildi.
2014-yil 25-sеntyabda O‘zbеkiston Rеspublikasining «Ijtimoiy shеriklik
to‘g‘risida»gi O‘RQ-376-sonli Qonuni ham qabul qilindi. Bu qonunning 3-
moddasida, «ijtimoiy sheriklik» tushunchasiga huquqiy ta’rif berilgan: «Ijtimoiy
sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari (FBJI) bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish dasturlarini, tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-
huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga
daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi
hamkorligidir. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik sub’ektlaridir».
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasida Mehnat
kodeksining yangi tahriri ko‘rib chiqilmoqda. Yangi tahrirdagi kodeks loyihasi 2
qism, 34 bob va 621 moddadan iborat. Yangi kodeksda bozor iqtisodiyoti
talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilari manfaatlarining
muvozanati ta’minlash, kichik biznes va yakka tadbirkorlik sohasiga mehnat
qonunchiligini tadbiq qilishni engillashtirish, egiluvchan ish rejimlaridan keng
foydalanish uchun ish beruvchilar tomonidan xodimlarni mehnat jarayoniga jalb
qilishning soddaroq shakllarini tanlashga zamin yaratish (masalan, mahsulot,
tovarlar va xizmatlarga ehtiyojning mavsumiy o‘zgarishida) va boshqa zamonaviy
mehnat talablarini aks ettirish ko‘zda tutilmoqda.
Dostları ilə paylaş: