5 Mavzu: O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar



Yüklə 112,9 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.12.2023
ölçüsü112,9 Kb.
#170840
6tarix



5 Mavzu:O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga 
oshirilgan siyosiy islohotlar. 
REJA: 
1.Totalitar tuzumdan huquqiy davlatga o’tish. 
2.O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi. 
3.Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat 
1.Totalitar tuzumdan huquqiy davlatga o’tish. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab 
huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik 
rivojlanishining minglab yillik an’analari chorizm mustamlakasi davrida batamom inkor etilgan 
edi. Mustaqil O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, 
o’lkaning milliy-tarixiy rivojlanishiga hamda o’lkaning o’ziga xos tomonlariga tayangan holda 
jamiyatni tubdan isloh qilish yo’llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita vazifa: 
1. Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish; 
2. Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va 
mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari hal qilindi. 
O’zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurilishining kafolati O’zbekiston Konstitutsiyasidir. 
Davlat hokimiyati tashkil etishning muhim demokratik tamoyillari Konstitutsiyada qayd qilingan 
bo’lib, unda hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlaridan iborat deb ko’rsatilgan. 
Bu organlar faoliyati erkin, bir-biridan mustaqil bo’lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas 
bog’liqdir. 1994 yil 24 dekabrda ko’p partiyaviylik va muqobillik asosida saylangan Respublika 
Oliy Majlisi qonun chiqaruvchi hokimiyat vazifasini bajaradi. Oliy Majlisga saylovlar demokratik 
rivojlanishning yangi bosqichga o’tganligidan dalolat berdi. Oliy Majlisga 250 deputat saylanib, 
ularning 120 nafari viloyatlar deputatlari kengashidan saylangan bo’lib, qolganlari har xil 
partiyalardan vakillar edi. Davlatni boshqarishning prezidentlik shakli mamlakat boshqaruv 
tizimini isloh qilishning boshlanishi bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat 
hokimiyatining boshlig’i bo’lib, bir vaqtning o’zida Vazirlar Mahkamasining Raisi vazifasini ham 
bajaradi. Prezident fuqarolar erkinligi va huquqlarini himoya qilish, Konstitutsiya va O’zbekiston 
qonunlariga rioya qilinishini kafolatlaydi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat organi 
bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jabhalardagi vazifalarning bajarilishini, qonunlar, Oliy 
Majlis qarorlari, mamlakat Prezidenti farmonlarining ijro etilishini ta’minlaydi. 
Ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi ilgarigi hokimiyatdan tubdan farq qilib, bu tizim jamiyat 
hayotida muvofiqlashtiruvchilik vazifasini bajaradi. O’zbekiston Respublikasida avval 28 ta 
ittifoq va 17 ta respublika vazirliklari va komitetlari ish ko’rgan bo’lsa, endilikda ular o’rniga 
bozor iqtisodi tizimiga mos keladigan vazirliklar va qo’mitalar tashkil etilgan. 
Respublikada hokimlar boshqaruvining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, hokimlikka 
tajribali va malakali shaxslar Prezident tomonidan tayinlanadi va xalq deputatlari kengashlari 
tomonidan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, ular 
davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vazifalarini hal etadi. Mahalliy o’z-o’zini 
boshqarish organlarining asosini mahallalar tashkil etadi. Aholini huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy 
qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy jamg’armalar tashkil etish, turli xayriya tadbirlari o’tkazishda 
mahallaning o’rni benihoya kattadir. Undan tashqari, mahalla yoshlarini vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash, mehr-oqibatli qilib voyaga yekazishda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Fuqarolar 
yiQini, Oqsoqollar Kengashiga 1998 yil noyabr-dekabr oylarida o’tgan saylovlarda mahalliy 
organlarga ko’pchiligi oliy ma’lumotli, ko’p tajribaga ega kadrlar ishga tortildi. Bular davlat 
organlari vazifalarini jamoat tashkilotlariga o’tkazish jarayonining faol qatnashchiliridir.
Yangi davlat apparatining shaklanishi va faoliyatini davr talabiga mos keladigan kadrlar 
siyosatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan O’zbekistonda ishni Yuqori darajada olib 
borishga qodir bo’lgan ma’naviy yetuk kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashga qaratilgan qator 
chora-tadbirlar o’tkazilmoqda. Xususan, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqiy organlar uchun 
Yuqori malakali kadrlar tayyorlab beradigan bir qancha oliy o’quv yurtlari tashkil etildi. 


2.O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi. Fuqarolik jamiyati, bu insonning 
rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning huquq va erkinliklarini to’la darajada ta’minlaydigan 
qonun ustuvor bo’lgan ijtimoiy jamiyatdir. Bunday jamiyat qurish davlat qonunlari va inson 
huquqlarini poymol etmaslikni, insondan qonunlarga qat’iyan rioya qilishni talab etadi. Har bir 
fuqaroning davlat boshqaruviga keng jalb etilishi, inson huquqlarini himoya qilishda faol 
qatnashishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarur. Huquqiy davlatda sud hokimiyati 
O’zbekiston Respublikasida odil sudlov va tarbiyalash vazifalarini bajarish bilan alohida ahamiyat 
kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimiga besh yil muddatga saylanadigan 
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo’jalik sudi, Harbiy sudlar tizimi, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi oliy sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyat, rayon va shahar 
sudlari kiradi. Sud hokimiyatining faoliyati to’g’risidagi qonun-qoidalar O’zbekiston 
Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrida qabul qilingan «Sudlar to’g’risida»gi qonunda bayon 
etilgan. Jamiyat tizimini qayta tashkil etar ekan, respublika rahbariyati sud hokimiyati doirasida 
islohotlar o’tkazib, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, ularning erkinligi va majburiyatlarini 
kafolatlovchi huquqiy mexanizmni shakllantirdilar. Bu jarayonda, respublikamizda demokratik 
jamiyat talablariga mos tushadigan saylov tizimining tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga 
egadir. Bu o’zgarishlarning barchasi shaxsning davlat va jamiyat bilan munosabatlarini 
belgilashga qaratilgan. Davlat va shaxs o’tasidagi munosabat fuqarolikni namoyon etadi va 
ularning o’zaro huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining 1999 yil (dekabr) sessiyasi sud-huquqiy ishlaridagi islohotlarni chuqurlashtirish 
yo’lida advokatura tizimini kuchaytirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash 
vazifalarini qo’ydi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 
dekabrdagi, 1995 yil 5 maydagi Qonunlari negizida demokratik saylov tizimi asoslab berilgan. 
«Saylov tizimi» to’g’risidagi Qonunga asoslanib 1994 yilning 25 dekabrida vakillik organlariga 
birinchi marta hududiy bir mandatli saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil 
muddatga deputatlar saylandi. I. A. Karimov davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish yuzasidan 
muhim vazifani belgilab: «..hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni 
o’z-o’zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borish, ularning haq-huquqlari va 
erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat» degan g’oyani ilgari surdi. Oliy Majlisning 
XIV sessiyasi «kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyat sari» degan siyosiy qurilish dasturini 
belgiladi. 
3.Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat. Partiyalar va harakatlar demokratik jamiyat qurishning 
zaruriy sharti bo’lib, 80-yillarning oxirlaridan boshlab O’zbekistonda bir qator ijtimoiy harakatlar 
paydo bo’ldi. «Birlik» xalq harakati, «Erk» demokratik partiyasi, O’zbekiston erkin yoshlar 
uyushmasi kabi norasmiy tashkilotlar faoliyat ko’rsatib, jamiyatdagi muhim muammolarni ilgari 
sursa ham sovet rejimi ularni rasmiy tan olmadi. Faqat mustaqillik sharofati bilan 1991 noyabr 
oyida «Birlik» va «Erk» tashkilotlari O’zbekiston Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olindi. 
Biroq bu harakat rahbarlarining so’l qarashlari va boshqa sabablar oqibatida oradan ko’p o’tmay 
ularning faoliyati to’xtatildi. Mustaqillik yillari mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya tashkil topdi. 
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991 yil noyabrdan faoliyat ko’rsatib, o’z safida 420 
mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan. Oliy Majlisning 69 ta deputati uning a’zolaridir. «Vatan 
taraqqiyoti» partiyasi 1992 yil may oyida tuzilgan bo’lib, uning saflarida 35 mingdan ortiq a’zo 
bor. Uning 14 a’zosi Oliy Majlis deputati. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi 1995 yil fevralda 
tashkil topgan bo’lib, 30 mingdan ortiq a’zosi bor. Oliy Majlisda 47 deputatdan tashkil topgan o’z 
fraksiyasiga ega. «O’zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi» 1995 yil iyunida tashkil 
topgan. Saflarida 6 mingga yaqin a’zosi bor. 1998 yil «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasi 
tashkil topdi. 2000 yilda maqsad va vazifalari mamlakatni har tomonlama rivojlantirishdan iborat 
bo’lgan «Vatan taraqqiyoti» va «Fidokorlar» yagona partiyasiga birlashdilar. Shuningdek, 
Respublikada 1995 yil iyun oyida ta’sis etilgan «Xalq birligi» harakati ham mavjud. Bu partiya va 
harakatlarning har biri jamiyat ma’lum qatlamlarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy 
qarashlarini ifodalaydi. Ular parlament shaklidagi partiyalar bo’lib, qonun chiqaruvchi va vakillik 


organlari saylovlarida ishtirok etadilar va qonun doirasida faoliyat ko’rsatadilar. Shuningdek, bu 
partiyalar saylangan deputatlari orqali qonun chiqarish jarayonida ishtirok etadilar. 
Mamlakatimizda partiya va harakatlardan tashqari 200 ga yaqin kasaba, tadbirkorlar, yoshlar, 
faxriylar kabi ijtimoiy uyushmalar ham mavjud. Bular orasida eng ommaviysi kasaba uyushmalari 
bo’lib, tarkibida 7,5 mln. a’zo bor. 
O’zbekiston hayotida yoshlarning o’rni beqiyosdir. 1991 yil oxirida O’zbekiston yoshlar ittifoqi 
tuzilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 7 yanvar farmoni bilan iqtidorli 
yoshlarni xorijdagi ilg’or taraqqiy etgan oliygohlarda bilim olishlarini tayyorlash, tashkil etish 
uchun «Umid» jamg’armasi tuzildi. Hozirgi kunda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat 
tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Prezident I. A. Karimov, «bu tashkilotlar faqat xayriya va 
muruvvat muassasalariga aylanib qolmasdan, demokratik qadriyatlarni, kishilarning qonuniy haq-
huquqlarini va erkinliklarini himoya qilishlari kerak», degan vazifa qo’yadi. 
O’zbekiston Respublikasi 120 dan ortiq millatlar va elatlarni birlashtirgan ko’pmillatli davlat. 
Bugungi kunda respublikada yashovchi har bir fuqaro millati, kelib chiqishi, dini va irqidan qat’iy 
nazar teng huquq va imkoniyatlarga ega. Aynan mana shu tamoyil milliy siyosatimizning asosini 
tashkil etadi. Respublikadagi barcha millatlarning rivojlanishiga katta e’tibor qaratilib, ularning 
tili va dinini hurmat qilish, milliy va xalq an’analarini saqlash, erkin va har tomonlama 
taraqqiyotini ta’minlash maqsadida 80 ta milliy madaniyat markazlari tashkil etilgan. Bularning 
faoliyatini 1993 yil yanvarida tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniy markazi boshqarib 
boradi. Respublikamizda millatlararo munosabatlarda barqarorlikka erishilgan, bu O’zbekistonda 
demokratik jamiyat qurishning garovidir. Millat va elatlarning o’zaro hurmatda bo’lishi jamiyat 
ma’naviy barkamolligining belgisidir. Bu holat davlatdagi milliy barqarorlikdan tashqari, uni 
yanada mustahkamlanishi uchun zamin yaratadi.
Hozirgi bosqichda jamiyatning demokratlashuvida «to’rtinchi hokimiyat» — matbuotning 
ahamiyati kattadir. 1997 yil Respublikamizda 8 tilda 495 ta gazeta, 1844,2 ming nusxada, 113 ta 
jurnal 820 ming nusxada nashr etilgan. Ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va 
qo’llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy-siyosiy jamg’arma tashkil etilgan. Respublikamizda 
jurnalist kadrlarni, ayniqsa, xalqaro jurnalistlarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada 
1999 yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining O’zbekistonda jurnalist kadrlarni tayyorlashni 
yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti va 
Jahon tillar universiteti xalqaro jurnalistika fakultetlari ishlarining markazlashtirilishi katta 
ahamiyat kasb etadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 112,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin