5-Mavzu: O’zbekistonda ta’lim tizimi
Xalq ta’lim tizimi haqida tushuncha.
O’zbekistonda ta’lim tizimi tarixi haqida ma’lumot.
Ta’lim tizimining tuzlishi va uning ish mazmuni.
Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
Tayanch so‘z va iboralar: Ta’lim-tarbiya, tizim, tarmoq, tuzilish, ichki va tashqi siyosat, ma’lum qoidalar asosida, muassasalar, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish, Konstitusiya, barcha fuqarolar, jinsi, millati, irqi, tili, e’tiqodidan qat’i nazar, Marko Polo, Nur sharqdan taraladi, Szyan, 5 yoshga to‘lgach, odat, maktab, madrasa, masjid, qorixona, diniy va dunyoviy bilimlar, davlat standarti, davlat va nodavlat, faoliyat ko‘rsatishi, ilmiy pedagogik muassasalar, boshqaruv organlari, korxona, uzluksiz, yagona, prinsiplar, dunyoviy xarakteri, majburiyligi, iste’dodni rag‘batlantirish va hakozo. Ta’lim turlari (xillari), uzluksiz ta’lim, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy, maktabdan tashqari, boshlang‘ich ta’lim, bilimlar hajmini beradi, kasbga yo‘naltirish, ixtiyoriy, majburiy, kasb-hunarga moyilligi, uch yillik. Ishlash huquqi, intellektual qobiliyatlari, fanni chuqur o‘rganish, mehnat faoliyatida ruyobga chiqarish. Ikki bosqich, bakalavriat, magistratura, tayanch, aspirantura, adyunktura, doktarantura, mustaqil tadqiqotchilik, diplom, mutaxassisliklar, mutaxassis, jamoat boshqaruvi, distansion ta’lim, texnologiya, ta’lim, fan va ishlab chiqarish, yangilash va chuqurlashtirish, davlat va nodavlat, yakka tartibda, o‘quvchilar bo‘sh vaqtini tashkil etish, davlat standartlari, akkredatasiya, moliyalash va hokazo.
Xalq ta’limi tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta’lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. Xalq ta’limi tizimi respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishining ustivor sohasi hisoblanadi. U O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq tashkil etildi va nazorat qilinadi. Konstutsiyaning 18, 41-moddalarida ta’kidlanganidek jumhuriyatimizda yashovchi barcha fuqorolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar bilim olish huquqiga ega.
Sharq xalqlari, xususan o‘zbek xalqi qadimdan ilmga, ma’rifatga chanqoq ekanligi ma’lum. Buni o‘zbek xalqining tarixi bilan qiziqqan tarixshunoslarning esdaliklari, ilmiy
mulohazalarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan: “Xitoy ta’rifchisi (Syuan, Szyan, 630 yil) ning ma’lumotiga ko‘ra o‘sha zamonda O’rta Osiyoda bola besh to‘lgach, uni o‘qish, yozishga va hisobga o‘rgatganlar. Eronda savodlilar kamdan-kam bo‘lgani holda, O’rta Osiyoda hamma
yoshlarni savodga o‘rgatish odat bo‘lgan” (40 bet. O’zbekiston xalq pedagogikasi. 1973 yil).
Umumiy ta’lim maktablari, o‘rta va oliy ta’limda o‘quvchilarga davlat tomonidan g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi.
Taniqli Venesiyalik sayyoh Marko Polo uzoq vaqt hozirgi O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va qo‘shni viloyatlar hududida yashagan xalqlarning an’analarini, urf-odatlarini o‘rganadi. U o‘z esdaliklarida yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llanilgan usul va vositalarga tayangan holda ―Nur Sharqdan taraladi‖ degan edi. Qadimgi Ovro‘pada keng tarqalgan mazkur xikmatda Sharq xalqlarining insoniyat madaniyat poydevorini yaratishdagi ulkan hissasi g‘arb xalqlari tomonidan tan olingani ifodasidir.
Ota-bobolarimizning ―O’tmishni unutganning kelajagi bo‘lmaydi‖ degan hikmatli gapi bor. Biz tariximizni qanchalik chuqur o‘rgansak, madaniy merosimizga, qadriyat va an’analarimizga qaratsak, kelajak avlodga shunchalik to‘g‘ri ta’lim bergan bo‘lamiz. Sharqda, xususan O’zbekistonda ta’lim-tarbiyaga juda katta e’tibor berilgan edi. Bolalarni kichik yoshidan ilmga qiziqtirish, axloqan pok, vijdonli, mehr-shafqatli qilib voyaga yetkazish, el- yurtga nafi tegadigan farzand qilib o‘stirish masalalariga ota-bobolarimiz jiddiy e’tibor qilishgan. Tarixiy manbalardan ma’lumki, Markaziy Osiyo hududidagi madrasa va masjidlarda, eski usuldagi maktablarda diniy ta’lim-tarbiya, yetakchi o‘rinni egallagan. Bu bejiz emas albatta. Inson, ayniqsa, yosh bola yuksak axloq va odob mezonini bilmay va uni puxta egallamay turib, boshqa ilmlarni egallashi qiyin. Bu asrlar davomida ota-bobolarimiz tomonidan qancha-qancha tajribalar asosida sinalgan haqiqatdir. Shu o‘rinda eski o‘quv yurtlarida tillar o‘rganishga bo‘lgan e’tiborni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Al-Xorazmiy, Al-Zamaxshariy, Al-Beruniy, Ibn Sino,
Ulug‘bek, A.Navoiy, Muhammad Solih, Ogohiy kabi ulug‘ zotlar arab, fors va boshqa tillarni qunt bilan o‘rganishgan va o‘sha tillarda erkin ijod qilishgan.
Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi ikki bosqichdan iborat bo‘lgani ko‘pgina manbalarda qayd etilgan. Chunonchi: ibtidoiy va o‘rta asrlar davri madrasalar ta’limi. Shu o‘rinda o‘z ustida tinmay ishlagan iqtidorli peshqadam mullavachchalar tengdoshlaridan o‘zib ketib, ilm cho‘qqilarini egallaganini va yuqori darajaga erishganliklarini ta’kidlash lozim.
O’tmishda maktabga qabul qilinadigan o‘quvchilarning yoshi aniq belgilanmas, ba’zi ota- onalar farzandlarini 5 yoshda, ayrimlari esa 6-8 yoshda, shaharlarda o‘g‘il bolalar 15-17 yoshgacha, qishloq joylarda esa 13-15 yoshgacha o‘qitilardi.
O’quv dasturlari va dars jadvali muntazam bo‘lmasdan, o‘quvchilar sinflarga ajratilmas, edi. O’quvchilar o‘qitilayotgan fanning xarakteri va sohasiga qarab guruhlanadi. Masalan:
―taxtaxonlar‖ domla tomonidan taxtachaga yozilgan harflarni yozishni o‘rganar edi va hokazo.
VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyoni arablar fath etgach, islom dini asosidagi sifat jihatidan yangi tizimga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya muassasalari vujudga keldi. Arab bo‘lmagan bolalarga islom dini asoslarini o‘rganish maqsadida Markaziy Osiyo maktablarida ―Haftiyak‖,
―Chor kitob‖ kabi darsliklar keng tarqaldi. XII asrdan boshlab islom dinini turkiy tillarda yozilgan asarlarda ham ommalashtirish boshlandi. Masalan, A.Yassaviyning ―Xikmat‖ asari.
Maktab, madrasa, masjidlar faqat ibodatxona emas, tarbiya o‘chog‘i vazifasini bajargan. U davrda savod chiqarish harf va so‘zlarni yozishni o‘rganishdan boshlanar edi. Maktab so‘zi arabcha ―yozuv o‘rgatadigan fan‖ deb nomlanishi ham ana shundandir.
Maktablarda bolalarga yozish va hisoblash o‘rgatilgan, yana o‘smirlarga savdo san’ati, arab tili, mantiq, nomaqlik, husni xat va arifmetikadan savod berilgan. Har bir maktabda talabalar soni 30-40 tadan oshmagan, bundan tashqari masjid qoshidagi maktablarda ham 15- 20 talaba o‘qigan.
Maktab, madrasalar bilan birga qorixonalar ham mavjud bo‘lib, ularda yozuv o‘rgatilmagan. ―Qur’on‖ ni yod olishgan xolos.
“Madrasa” so‘zi - arabcha “dars o‘qitiladigan joy”, “ma’ruza tinglanadigan joy” ma’nosini bildiradi. “Mudarris” - dars beruvchi o‘qituvchidir.
Madrasalar 15-20, 30-40 va xatto 100-150 talabani o‘qitgan bo‘lib, diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham berilgan. Qobiliyati, qiziqishi bo‘lmagan bolalar shogirdlikka tushish, dehqonchilik bilan shug‘ullanishini maslahat bergan.
1917 yilgacha har bir musulmon farzandini savodli qilishni savod deb bilgan.
Arxiv ma’lumotlariga qaraganda, 1885 yilda qo‘qon xonligida (o‘sha davrda taxminan 1 millionga yaqin aholi yashagan) madrasa, maktab, qorixonalar va ularda o‘qiydiganlar talabalar, shuningdek masjidlar soni quyidagicha bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |