5 mavzu: Qishloq xo’jaligida yer-suv, moddiy texnika resurslari va ulardan samarali foydalanishni boshqarish Reja



Yüklə 378,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix17.05.2020
ölçüsü378,74 Kb.
#31176
1   2   3
Lecture-5

qishloq xo‟jalik ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan barcha ish jarayonlarini avtomatlashtirish, 

elektrlashtirish, kimyolashtirish hamda mexanizasiyalashtirishni ta‟minlaydigan vositalarni yaratish, 

mavjudlarini takomillashtirish; 

qishloq xo‟jaligi servisini tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning zarur miqdorini qayta ishlab, 

sifatli  saqlab,  iste‟molchilarga  vaqtida,  yaxshi  holatda  yetkazib  berish  qobiliyatiga  ega  bo‟lgan 

tadbirkorlik sub‟yektlarini shakllantirish; 


12 

 

qishloq xo‟jaligi  iktisodiyotining  erkinlashtirilishini ta‟minlovchi iqtisodiy  mexanizmlarni  yaratish 



va ularni hayotga izchillik bilan joriy etish; 

fan-texnika  taraqqiyoti  natijalarini  qishloq  xo‟jaligi  ishlab  chiqarishining  barcha  sohalariga  o‟z 

vaqtida  joriy  etish  qobiliyatiga  ega  bo‟lgan  mutaxassis  kadrlarni  tayyorlash,  faoliyat 

ko‟rsatayotganlari  rag‟batlantirilishini  takomillashtirish  imkoniyatiga  ega  bo‟lgan  mexanizmlarni 

yaratish va boshqalar. 

Fan-texnika  taraqqiyotining  shu  yo‟nalishlari  bo‟yicha  tadbirlarni  amalga  oshirilishi 

natijasida  qishloq  xo‟jaligi  uchun  zarur  bo‟lgan  moddiy-texnika  resurslarini  yaratish,  mavjudlarini 

esa takomillashtirish ta‟minlanadi. 

Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yaratiladigan moddiy-texnika resurslari qishloq xo‟jaligida 

yangi,  samarali  texnologiya  vujudga  kelishi,  bu  jarayon  rivojlantirilishini  ta‟minlaydi.  Bu 

texnologiyalar  ish  jarayonlarining  belgilangan  muddatda,  sifatli  bajarilishiga,  mehnat  unumdorligi 

oshishiga  va  xarajatlar  kamayishiga  olib  keladi.  Hozirgi  vaqtda  paxtachilikda  «Andijon 

texnologiyasi»  yaratilib,  respublikada  keng  ko‟lamda  joriy  etilmoqda.  Bu  usulda  chigit  avvaldan 

olib  qo‟yilgan  pushtalarga  respublikada  ishlab  chiqarilayotgan  (dastlabki  yillarda  u  Xitoy 

respublikasidan valyutaga olib kelinar yedi) plyonka ostiga yekilmoqda. 

Natijada  tuproq  namligi  va  harorat  saqlanib,  chigitning  tez  unib  chiqishiga  erishilmoqda. 

Plyonkalardan foydalanish pushtada begona o‟tlar paydo bo‟lishini kechiktiradi. Bu hol birinchidan, 

yaganani,  o‟tlarni  yo‟qotish  ishlarini  kamaytirish,  ikkinchidan,  suv  sarfini  qisqartirish  imkonini 

bermoqda. 

Bu o‟rinda ta‟kidlash kerakki, yangi texnologiyani qo‟llash uchun shart-sharoit yaratish, uni 

amalga  oshirish  jarayonida  ayrim  kamchiliklarga  yo‟l  qo‟yilmoqda.  Masalan,  chigit  yekish 

seyalkalari  texnologiya  talablari  darajasida  takomillashtirilmagan.  Pushtaga  yopilgan  plyonka 

vaqtida,  to‟liq  yig‟ishtirib  olinmay,  dalalarda  qolib  ketayotgani  tufayli  tuproqning  holatiga  hamda 

ayrim bajariladigan ishlarga salbiy ta‟sir ko‟rsatmoqda. Hozirgi davrda ularni bartaraf etish borasida 

ilmiy  va  amaliy  ishlar  olib  borilmoqda  va  bu  kabi  kamchiliklar  chigit  plyonka  ostiga  yekiladigan 

dalalarni  yekishga  tayyorlash,  yekish  va  undan  keyingi  amallarni  bajarish  jarayonida  ham 

kuzatilmoqda.  G‟o‟zalarni  sug‟orishda  «Isroil  texnologiyasi»  ham  joriy  etilmoqda.  Bu 

texnologiyaning asosiy  maqsadi suvni tejashga qaratilgan. Shu usuldan foydalanish natijasida 1 ga 

paxta  maydoniga  4-5  marta  kam  suv  berish  ta‟minlanadi.  Gollandiyada  etishtirilgan  kartoshka 

urug‟i  ularning  texnikalari  bilan  yekilib,  o‟simliklarga  ham  golland  texnikalarida  ishlov  berilib, 

ularning hosili ham shu texnologiyalar bilan yig‟ishtirib olindi. Bu jarayonda mahalliy tajribalardan 

ham  keng  foydalanildi.  Natijada  respublikada  kartoshkachilik  rivojlandi.  Hozirgi  davrda  aholi 

iste‟moli  uchun  chetdan  kartoshka  sotib  olishga  barham  berilgan.  Chorvachilik  tarmoqlarida  ham 

ilg‟or texnologiyalar joriy etilmoqda. Ular vaqtni, mehnatni, mablag‟ni tejash imkoniyatini beradi. 

Natijada  mahsulot  hajmi,  mehnat  unumdorligi  oshishi  va  nihoyat,  sof  foyda  summasi  ko‟payishi 

ta‟minlamoqda.  Shuning  uchun  samarali  texnologiyalarni  yaratishga,  ularni  hayotga  tatbiq  etishga 

doimo katta e‟tibor berish lozim. 

Qishloq  xo‟jaligini  rivojlantirish  uchun  uning  moddiy-texnika  bazasini  talab  darajasida 

shakllantirish lozim. Bu masalaga bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxonaning o‟zi katta e‟tibor 

berishi kerak. Chunki korxonalar mustaqil faoliyat yuritadilar. 

Demak,  barcha  korxonalar  o‟zlariga  kerak  bo‟lgan  moddiy-texnika  resurslarini  sotib  olishlari, 

ta‟mirlab,  butlashlari,  yig‟ishlari  hamda  qurishlari  mumkin.  Masalan,  bino-inshootlarni  o‟zlari 

qurishlari  yoki  pudratchilarga  berishlari,  mashina,  traktor,  kombaynlarni  o‟zlarida  yoki 

ixtisoslashgan korxonalarda yig‟ib, ta‟mirlab olishlari mumkin. Yangi qishloq xo‟jalik texnikalarini 

kimyoviy vositalarni, yoqilg‟ilarni, ozuqalarni esa ularni ishlab chiqaruvchi korxonalardan bevosita 

o‟zlari hamda birjalar, auksionlar yordamida zavodlardan sotib olishlari mumkin (9.2-chizma). 

 


13 

 

 



 

Xo‟jaliklar  moddiy-texnika  resurslari  bazasini  mustahkamlashda  samarali  yo‟llardan, 

usullardan foydalanishlari, kamroq xarajat qilib, ko‟proq foyda olishga intilishlari kerak. 

Lekin bozor iqtisodiyotiga o‟tish davrida xo‟jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda 

ayrim salbiy holatlar sodir bo‟lmoqda. Ma‟lumki, markazdan ma‟muriy usulda rejali boshqarilgan 

iqtisodiyot  sharoitida  barcha  moddiy-texnika  resurslari  sovxozlarga,  kolxozlarga  asosan 

markazlashtirilgan  holda  bepul  berilgan.  Ularning  qiymatlari  qishloq  xo‟jalik  mahsulotlarining 

baholari:  soliqlar,  subsidiya,  dotasiya  va  boshqa  mexanizmlar  yordamida  undirib  olingan.  Bozor 

iqtisodiyoti sharoitida esa bu masala asosan xo‟jaliklarning hamda chetdan jalb etilgan mablag‟lari 

yevaziga  amalga  oshirilmoqda.  Lekin  xo‟jaliklarning  mablag‟lari  esa  etmaydi.  Sababi  -  bir 

tomondan, sanoat mahsulotlarining bahosi qishloq xo‟jalik mahsulotlarining baholaridan juda katta 

farq  qilmoqda,  ya‟ni  ular  o‟rtasidagi  ekvivalentlikka  rioya  etilayotgani  yo‟q,  ikkinchi  tomondan, 

qishloq  xo‟jalik  korxonalari  sotayotgan  mahsulotlarining  haqini  o‟z  vaqtida  ololmayotirlar, 

uchinchidan  esa  tarmoqqa  yetarli  miqdorda  investisiya  sarflanayotgani  yo‟q.  Bunday  holatga  chek 

qo‟yish uchun respublika hukumati tomonidan sezilarli yordam berilmoqda. Bu yordam, investisiya, 

kredit  shakllarida  amalga  oshirilib,  ular  hisobidan  qishloq  xo‟jalik  korxonalarining  modiy-texnika 

resurslari shakllantirilmoqda. 

Qishloq  va  suv  xo‟jaligi  vazirligining  ma‟lumotlari  bo‟yicha,  tarmoqda  traktorlarning, 

kombaynlarning, yuk mashinalarining umumiy soni so‟nggi yillarda kamayib bormoqda. 

Respublika qishloq xo‟jaligidagi mashinalar, traktorlar hamda mexanizmlar soni quyidagi sabablar 

ta‟sirida qisqargan: 

ular jismoniy hamda ma‟naviy yeskirganligi sababli hisobdan chiqarilgan; 

ortiqcha  hisoblangan  ayrim  qishloq  xo‟jalik  texnikalari  talabgorlarga  sotilgan,  foydalanish  uchun 

ijaraga berilgan; 

xo‟jaliklarning mablag‟lari etishmasligi sababli yangi, serunum texnikalar sotib olishning kamligi. 

Lekin  yuqoridagilarga  asoslangan  holda  qishloq  xo‟jaligidagi  mashina,  traktorlar, 

mexanizmlarning  soni  faqatgina  kamayishga  yuz  tutgan,  deb  xulosa  chiqarish  unchalik  to‟g‟ri 

bulmaydi.  Chunki  xo‟jaliklar  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ularni  tanlash  imkoniyatlariga  yega. 

Shuning  uchun  so‟nggi  yillarda  fan-texnika  taraqqiyoti  natijasida  baquvvat,  serunum,  samarali 

texnikalarni  ma‟lum  miqdorda  sotib  olmoqdalar.  Chunonchi,  «T-28x4»,  «Magnum»  traktorlarini, 

«Keys» kombaynlarini sotib olmoqdalar. Bu jarayonda davlatning ko‟magi katta. 

Mineral  o‟g‟itlarni  sotib  olinishini  kamayishi  bu,  avvalo,  bor  talabdan  kelib  chiqadi.  Chunki, 

mineral  o‟g‟itlarning  erkin  narxlari  ancha  yuqori bo‟lganligi  uchun ularni  ortiqcha sotib olishning 

zaruriyati  yo‟q.  Shuning  uchun  xo‟jaliklar  kerak  bo‟lgan  miqdordagi  mineral  o‟g‟itlarni  sotib 



14 

 

olishmoqdalar.  Shuning  bilan  birgalikda  qishloq  xo‟jalik  sub‟yektlari  ularning  har  bir 



kilogrammidan  vaqtida  hamda  sifatli  foydalanishga  katta  e‟tibor  qaratmoqdalar.  Natijada 

Respublikada  donli  ekinlarning  har  bir  gektariga  solingan  mineral  o‟g‟itning  har  bir  kilogrammi 

yevaziga  45  kilogrammdan  ortiqroq  don  mahsulotlarini  etishtirishga  erishganlar.  Lekin  barcha 

viloyatlarda  ham  bunday  yuz  berayotgani  yo‟q.  Shuning  uchun  kelajakda  mineral  o‟g‟itlardan 

foydalanishni samaradorligini yuksaltirishga alohida e‟tibor berish lozim. 

Bu  o‟rinda  ta‟kdlash  kerakki,  qishloq  xo‟jalik  korxonalarining  mashina,  traktor, 

mexanizmlarga  bo‟lgan  talablari  ham  to‟liq  qondirilgani  yo‟q.  Bu  muammoni  hal  etish  uchun 

mashina, traktor va mexanizmlarni qishloq xo‟jalik korxonalarining talabini qondiradigan darajada 

sotib olish zarur. Buning uchun ularni qaysi manbalar hisobidan, qayerlardan, qanday yo‟llar bilan, 

qanday tartibda olish mumkinligini ham bilish kerak. Qishloq xo‟jaligi korxonalari o‟z mablag‟lari 

hamda  chetdan  jalb  etilgan  sarmoyalar  hisobidan  moddiy-texnika  resurslarining  ayrimlarini 

qurishlari, ta‟mirlashlari, ba‟zilarini sotib olishlari, ijaraga olishlari, ayrimlarini esa parvarish qilib, 

barpo  etishlari  mumkin.  O‟tish  davrining  hozirgi  bosqichida  korxona  mablag‟larining  kamligi, 

ularning  bir  me‟yorda  shakllanmayotganligi  hamda  sanoatda  yaratilayotgan  moddiy-texnika 

resurslari  baholarining  yuqori  sur‟atlar  bilan  o‟sishi  tarmoqdagi  moddiy-texnika  resurslarini 

shakllantirishga  salbiy  ta‟sir  ko‟rsatmoqda.  Natijada  qishloq  xo‟jaligida  qo‟l  mehnati  xarajatlari 

oshib bormoqda. Bu masalalarni ijobiy hal qilish qishloq xo‟jaligida lizing krediti rivojlantirilishi, 

bu  esa  qishloqda  lizing  bilan  shug‟ullanuvchi  firma,  kompaniyalar  soni  ko‟paytirilishini,  ularning 

faoliyatlari  rivojlantirilishini  talab  yetadi.  Lizing  bilan  shug‟ullanuvchi  tashkilotlar  o‟z 

mablag‟lariga  qishloq  xo‟jaligi  korxonalari  uchun  zarur  bo‟lgan  texnikalarni,  bino-inshoatlarni 

hamda boshqa asosiy vositalarni ijaraga beruvchilardan olib berishlari mumkin. Bunday xizmatlari 

uchun ular qishloq xo‟jaligi korxonalaridan lizing foizlarini oladilar. 

Lizing tashkilotlari lizing krediti foizlarini to‟lash muddatlarini kechiktirishi hamda cho‟zishi 

mumkin.  Lizing  kreditlarini,  xizmatlarini  amalga  oshirishda  uch  tomon  -  asosiy  vositalarni  ijaraga 

beruvchi  korxonalar,  lizing  tashkilotlari  hamda  ijaraga  oluvchi  qishloq  xo‟jalik  korxonalari 

qatnashadilar.  Qishloq  xo‟jaligining  moddiy-texnika  resurslarini  shakllantirishda  davlat  tomonidan 

amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  mexanizmlar,  masalan,  davlat,  mahalliy  byudjetdan  ajratilayotgan 

mablag‟lar,  imtiyozli  kreditlash  tizimini  va  boshqalarning  ko‟lamini  kelajakda  kengaytirish  talab 

etiladi. 

Qishloq  xo‟jaligi  moddiy-texnika  resurslari  tarkibida  chorva  hayvonlarining  ham  salmog‟i 

ulkan. Ularning turlari, bosh soni qishloq xo‟jalik korxonalarining joylashishi hamda ixtisoslashidan 

kelib  chiqqan  holda  farq  qiladi.  Ma‟lumki,  qishloq  xo‟jalik  korxonalari  asosan  paxtachilik  va 

g‟allachilikka  ixtisoslashganligi  uchun  ayrimlari  shaharlarga  yaqin  joylashgan.  Shuning  uchun 

xo‟jaliklarda asosan qoramolchilik mavjud. boshqa turdagi chorva hayvonlari esa xo‟jaliklarda ichki 

talabni qondirish maqsadida saqlanadi. Vazirlar Mahkamasining 1993 yilda ye‟lon qilingan «Chorva 

fermalarini  xususiylashtirish  to‟g‟risida»  gi  qaroriga  binoan  chorvachilik  fermalarini 

xususiylashtirish  tez  sur‟atlarda  boshlandi.  Uning  samarali  amalga  oshirilishini  ta‟minlash 

maqsadida davlat tomonidan imtiyozli kreditlar berish ham yo‟lga qo‟yildi. 

Lekin  bu  islohot  ko‟zlagan  samarani  bermadi.  Chunki  chorva  xo‟jaliklardagi  mollarni 

xususiylashtirishda  ularni  yem-xashak  bilan  ta‟minlaydigan  yer  maydonlari  ijaraga  berilmadi. 

Natijada 

chorvachilikning 

yem-xashak 

bazasi 


mustahkamlanmadi. 

Shu 


bilan 

birga 


xususiylashtirilayotgan  chorva  hayvonlarining  bosh  sonini  saqlash  masalasi  ham  to‟liq  xal 

etilmagan  yedi.  Ozuqa  bazasi  talab  darajasida  bo‟lmaganligi  sababli  chorva  hayvonlarini 

xususiylashtirib  olganlar  zotli  hayvonlarni  sota  boshlashdi.  Bunday  holni  bartaraf  etish  maqsadida 

hozirgi  davrda  chorvachilikda  iqtisodiy  islohotlar  chuqurlashtirilmoqda.  2005  yildan  boshlab 

Respublikada chorvachilikni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilmoqda. 

Qishloq xo‟jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratish bilan birgalikda ulardan 

to‟liq  va  samarali  foydalanishga  erishish  lozim.  Demak,  tarmoq  korxonalarida  ulardan 

foydalanilayotganlik  darajasini  aniqlash  maqsadga  muvofiq.  Buning  uchun  yuqorida  3  paragrafda 

ta‟kidlangan  ko‟rsatkichlardan  foydalanish  mumkin.  Lekin  o‟tish  davrining  hozirgi  bosqichida 

ulardan foydalanish talab darajasida emas. 



15 

 

Qishloq  xo‟jaligida  mavjud  bo‟lgan  texnikalarning  yuqoridagi  holati  ishlab  chiqarish 



jarayonlari  kompleks  mexanizasiyalashtirilishiga  imkon  bermayotir.  Natijada  paxta  terish  jarayoni 

30  foiz  atrofida,  sigirlarni  sog‟ish  25  foiz  atrofida  mexanizasiyalashtirilgan.  Oqibatda  tarmoqda 

ishlab  chiqarilayotgan  ko‟pchilik  mahsulotlarning  tannarxi  yuqori,  mehnat  unumdorligi  past. 

Bunday  holga  chek  qo‟yish  maqsadida  respublika  hukumati  katta  ishlarni  amalga  oshirmoqda. 

Bunda  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «2004-2006  yillarda  fermer  xo‟jaliklarini 

rivojlantirish konsepsiyasi to‟g‟risida»gi farmoni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Unda shu yillarda 

qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini shakllantirish ko‟zda tutilgan. 

Ularni  tashkil  etilishi  oqibatida  qishloq  xo‟jaligining  moddiy-texnika  bazasi  ma‟lum  darajada 

mustahkamlandi.  Kelajakda  ularning  moddiy-texnika  bazasini  yanada  mustahkamlashga  e‟tibor 

berish  lozim.  Shuning  bilan  birgalikda  ulardan  yil  davomida  to‟liq  hamda  samarali  foydalanishga 

ham alohida e‟tibor berish kerak. Shu masalalarni hal etilishi kelajakda qishloq xo‟jaligini so‟zsiz 

rivojlanishini ta‟minlaydi. 

Asosiy va aylanma vositalardan samarali foydalanish yo‟nalishlari. 

Qishloq  xo‟jaligining  moddiy-texnika  resurslari  hisoblangan  yer,  mashina-traktor,  kombaynlar, 

kimyoviy vositalar, yoqilg‟ilar, yem-xashaklar, urug‟liklar va boshqa vositalarning natura holdagisi 

asosiy  va  aylanma  qiymat  holidagi  ko‟rinishi  tarmoqning  asosiy  va  aylanma  fondlarini  tashkil 

yetadi. Ular iqtisodiy mohiyati, shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‟ra, ishlab 

chiqarish  hamda  noishlab  chiqarish  fondlariga  bo‟linadi.  Ularni  ayrim  hollarda  ishlab  chiqarish 

jarayonida  bevosita  va  bilvosita  qatnashadiganlarga  ham  bo‟linadi.  Masalan,  yer,  suv,  o‟g‟it, 

urug‟lik, yem- xashak, yer haydaydigan, ishlov beradigan traktorlar qishloq xo‟jalik mahsulotlarini 

etishtirishda bevosita qatnashadi. Chunki  ular mahsulot  etishtirish hajmiga, sifatiga bevosita ta‟sir 

yetadi.  Xo‟jaliklarning  ma‟muriy,  madaniy  va  boshqa  binolari,  dala  shiyponlari,  omborxonalar, 

xizmat  ko‟rsatuvchi  texnikalar,  kompyuterlar  va  boshqa  vositalar  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot 

hajmiga, ularning sifatiga bilvosita ta‟sir yetadi. Lekin ularning mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi 

umumiy  ahamiyatini  inkor  etish  maqsadga  muvofiq  emas.  Ular  iqtisodiy  mohiyatiga,  ya‟ni 

shakllantirilishi,  mahsulot  ishlab  chiqarish,  ish  bajarish  jarayonida  qatnashishiga  ko‟ra,  asosiy 

hamda aylanma fondlarga bo‟linadi. Ular natural holida ko‟rinishi va qatnashishi bo‟yicha asosiy va 

aylanma vositalar ham deb ataladi (9.3-chizma). 

 

 

Ular  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  funksional  faoliyatiga  ko‟ra,  mehnat  predmetlari  hamda 



mehnat  vositalariga  bo‟linadi.  Xalq  xo‟jaligining  turli  tarmoqlarida  yaratilib,  qishloq  xo‟jalik 

mahsulotlari etishtirishda inson mehnati yordamida ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, 

o‟z  shakllarini  to‟liq  o‟zgartiradigan  predmetlar  tarmoqning  mehnat  predmetlarini  tashkil  yetadi. 

Ularning  natura  holdagisi  aylanma  vositalar,  qiymat  holidagisi  esa  aylanma  fondlar  deb  ataladi. 

Ularga sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan yoqilg‟i, yog‟lovchi materiallar, kimyoviy o‟g‟it, yem 

xashak  ish  haqi,  arzon,  tez  to‟zuvchi  materiallar  va  boshqalar  kiradi.  Ular  tarmoqning  mahsulot 

ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‟rsatish  jarayonlarida  bir  marta  qatnashib,  o‟z  shakllarini  to‟liq 


16 

 

o‟zgartirib, qiymatini ham ularga o‟tkazadigan predmetlardir. Tarmoqda band bo‟lgan insonlarning 



ongli mehnati qaratilgan mehnat predmetlari  yordamida qishloq xo‟jalik mahsulotlarini etishtirish, 

xizmatlarni  bajarish  maqsadida  bir  necha  yillar  davomida  foydalaniladigan  narsalar  mehnat 

vositalari hisoblanadi. Ular tabiat tomonidan hamda sanoat, qishloq xo‟jalik tarmoqlarida yaratilgan 

bo‟lib,  turli  xildagi  mahsulotlarni  etishtirishda,  xizmatlarni,  ishlarni  bajarishda  bir  necha  yillar 

davomida foydalanilib, o‟z ko‟rinishini, shakllarini o‟zgartirmasdan, lekin qiymatining ma‟lum bir 

qismini  mahsulotlarga,  ishlarga,  xizmatlarga  o‟tkazib  boradigan  vositalardir.  Bunday  vositalar 

hozirgi davrda respublikada 15 (Rossiya Federasiyasida 50) minimal oylikdan yuqori qiymatga ega 

bo‟lgan va 1 yildan ko‟proq xizmat qiladigan ishlab chiqarish vositalaridir. Ularga qishloq xo‟jalik 

texnikalari  hisoblangan  mashina-traktorlar,  kombaynlar,  seyalkalar,  kultivatorlar  sug‟orish 

inshootlari, binolar, stanoklar va boshqalar kiradi. Yerlar, tabiiy o‟rmonlar - tabiat mahsulidir. Ishchi 

va  mahsuldor  chorva  hayvonlari,  bog‟zorlar,  tokzorlardan  qishloq  xo‟jalik  mahsulotlari  etishtirish 

uchun bir necha yillar mobaynida foydalaniladi. Ular qishloq xo‟jaligining asosiy vositalarini tashkil 

yetadi.  Asosiy  vositalar  yillar  davomida  jismoniy  hamda  ma‟naviy  yeskiradi.  Fan-texnika 

taraqqiyoti natijasida yangi, zamonaviy texnikalarning yaratilishi tufayli ular ma‟naviy jihatdan ham 



yeskiradi. 

Yüklə 378,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin