5 mavzu: Qishloq xo’jaligida yer-suv, moddiy texnika resurslari va ulardan samarali foydalanishni boshqarish Reja



Yüklə 378,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.05.2020
ölçüsü378,74 Kb.
#31176
1   2   3
Lecture-5

takliflar  kiritib,  tasdiqlangan  limitlar  asosida  viloyatlar  qishloq  va  suv  xo„jaligi  boshqarmalari, 

irrigatsiya  tizimlari  boshqarmalari,  magistral  kanal  (tizim)  lar,  suv  xo„jaligi  ob„yektlari,  irrigatsiya 

tizimlari, viloyat va tumanlar bo„yicha suv olish limitlarini belgilab beradi. Shuningdek, suv xo„jaligi va 

suvdan  foydalanuvchilar  o„rtasidagi  hisob-kitob  ishlarini  yuritadi,  suv  resurslari  balansini  tuzadi,  suv 

kadastrlarini  yuritadi.  Suv  o„lchash  vositalari  ta„minoti,  aloqa,  avtomatika,  tyelyemyexanikaning 

zamonaviy tizimlarini joriy etadi; tizimlarni rivojlantirish bo„yicha takliflar tayyorlaydi va ularni amalga 

oshiradi; havza suv xo„jaligini istiqbolli rivojlantirish strategik rejalarni 

 


 

Yerlarni tubdan yaxshilash bilan bog'liq tadbirlar ma‟lum sarf-xarajatlar talab etadi. Yerlarni yaxshilash 



bilan  bog'liq  tadbirlarga  kapital  sarflar  deb  aytiladi.  Bunday  tadbirlarga  kapital  sarf  qilish  yer 

unumdorligini  (ekinlar  hosildorligini)  oshirish  va  mahsulot  yetishtirish  bilan  bog'liq  sarf  -  xarajatlarni 

kamaytirishga qaratilgan bo'ladi. 

Yer balansi va yerdan foydalanish rejasi 

 

№  Yer turlari 



Yil bos

higa, ga


 

Rejalash yili foydalaniladi, ga 

Yil oxi

riga


 (

ga



Ekinz

or

lar



 

Qo'r


iq va bo'z

 y

erla



al 



lv 

ya 


Ko'p 


yil

li



da

ra

xtzo



rla

O'r



mon m

eli


or

ati


v

 

Ko'l va



 suv ha

vz

alar



ir 


al 

lr 






ra 

B



oshqa

 ye


rla

1. 



Ekinzorlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

2. 



Qo'riq va bo'z yerlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

3. 



Yaylovlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

4. 



Ko'p yillik daraxtzorlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

5. 



O'rmon meliorativ yerlar   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

6. 


Ko'l va suv havzalari 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

7. 



Tomorqa yerlari 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

8. 



Boshqa yerlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Jami yer fondi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Shu 

jumladan 

qishloq 

xo'jaligiga yaroqli yerlar 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Yerdan foydalanish tadbirlarini yaxshilash rejasi 



Ko'rsatkichlar 

g( 


im 

*c? 





НЧ 

Shu jumladan 

Ja

mi

 xa



ra

jat (so'm)

 

Shu jumladan: 



ekinzor

da

 



picha

nz

or



d

a

 



ya

ylovda


 

da

vlat 



mabla

g'i 


hisob

iga


 

re



yil


mahsulot


tanna


rxi kiriti

ladi


 

Yangi yerga suv chiqarish 

 

 

 



 

 

 



 

Yerlarning meliorativ holatini 

 

 

 



 

 

 



 

yaxshilash 

 

 

 



 

 

 



 

 

Suv  shoxobchalarini  qayta  qurish 



va 

suv 


bilan 

ta‟minlashni 

yaxshilash 

 

 



 

 

 



 

 

Kapital planirovka o'tkazish 



 

 

 



 

 

 



 

Yerlarning zaxini yo'qotish 

 

 

 



 

 

 



 

Eroziyaga 

qarshi 

gidrotexnika, 



selga qarshi tadbirlar 

 

 



 

 

 



 

 

Jami 



 

 

 



 

 

 



 

 

Yerdan  foydalanishda  yerning  tabiy  xususiyatlari  qishloq  xo'jaligini  tashkil  etishda  va  rivojlantirishda 



muhim  ahamiyat  kasb  etishini  unutmaslik  lozim.  Ammo,  hol  qiluvchi  omil  bu,  iqtisodiy  shart-

 

sharoitlardir.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  qishloq  xo'jaligi  korxonalarining  davlat  yerlarini  uzoq 



muddatli  ijaraga  olishi  shartlarini  to'g'ri  belgilab  olish,  yerdan  foydalanganlik  uchin  olinadigan  haq, 

ya‟ni er solig'i miqdorini asosli belgilash bo'ladi. 

Iqtisodiy  munosabatlar  tizimida  jamiyat  manfaatlarining  ishtirok  etishi  qishloq  xo'jaligi 

korxonalarining  bir  qism  daromadlarini  soliqlar  sifatida  budjetga  undirishning  taqozo  etadi.  Qishloq 

xo'jaligi korxonalari ham soliq to'lovi sub‟yekt sifatida yagona yer solig'i to'lovchi sifatida davlat bilan 

iqtisodiy  munosabatlarga  kirishadi.  Bunda  fermer  xo'jaligi  oldiga  yer  solig'i  miqdorini  to'g'ri  va  aniq 

hisoblash hamda o'z vaqtida davlat budjetiga o'tkazib borish ma‟suliyati yuklanadi. 

O'zbekiston  Respublikasida  yerdan  foydalanganlik  uchun  haq  to'lanadi.  Shu  sababli  xo'jaliklar  yerdan 

foydalanganlik uchun ijara haqi tariqasida yer uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va suv bilan 

ta‟minlanganlik  darajasiga  qarab,  uning  kadastr  bahosini  inobatga  olgan  holda  yagona  yer  solig'i 

to'laydilar. 

Yer uchastkalari ijaraga berilganda  yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi, soliq stavkasining 

bir baravaridan kam va uch baravaridan ko'p bo'lmasligi kerak, yerdan qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun 

foydalanilgan  taqdirda  yer  solig'i  stavkasining  bir  baravari  miqdorida  bo'ladi.  Yer  haqini  o'z  vaqtida 

to'lamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undiriladi. 

Yagona yer solig'i qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun joriy etilgan bo'lib, u umumdavlat 

va mahalliy darajada solinadigan bir qator soliqlar (foyda solig'i va, mulk solig'i, yer solig'i va boshqa) 

o'rniga  to'lanadigan  yagona  soliq  turi  hisoblanadi.  Yagona  yer  solig'ini  afzalligi  shundaki  u  bir  nechta 

soliqlarning  o'rnini  bosishi  bilan  bir  tomondan  hisob-kitoblarni  yengillashtirsa,  ikkinchi  tomondan 

mablag'larni tejashga imkon beradi. 

Yagona  yer  solig'i  stavkalari  har  yili  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

davlat  budjetining  parametrlarini  e‟lon  qilish  chog'ida  qabul  qilinadi.  2004-yildan  boshlab  tajriba 

tariqasida  O'zbekiston  Respublikasining  Toshkent  va  Surxondaryo  viloyatlarida  yagona  yer  solig'ini 

yerning  qiymatidan  kelib  chiqib  belgilash  tajriba  tariqasida  sinab  ko'rildi.  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy 

ko'rsatkichlari  prognozi  va  Davlat  budjeti  parametrlari  to'g'risida”gi  PQ-  532-sonli  qaroriga  muvofiq 

soliq miqdori yerning normativ qiymatidan 3,5 foizli stavka bo'yicha undirilishi ko'zda tutiladi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  08.02.2005-y.  1324-1-son  bilan  ro'yxatga  olingan 

“Qishloq  xo'jaligi  yerlarining  normativ  qiymatidan  kelib  chiqqan  holda  qishloq  xo'jaligi  tovar  ishlab 

chiqaruvchilari  tomonidan  yagona  yer  solig'ini  hisoblab  chiqarish  va  to'lash  tartibi  to'g'risida 

vaqtinchalik  Nizom”ga  ko'ra  yagona  yer  solig'ining  soliq  solish  ob‟yekti  bo'lib  qishloq  xo'jaligi 

maydonlari  va  jamoat  qurilmalari  va  hovlilari  bilan  band  bo'lgan  yerlarning  normativ  qiymati 

hisoblanadi. 

Moddiy-texnika  resurslari  haqida  tushuncha  va  ularni  qishloq  xo‟jaligida  o‟ziga  xos 

xususiyatlari. 

Davlatning,  aholining  hamda  tashqi  bozorning  talablarini  sifatli  qishloq  xo‟jalik  mahsulotlari  bilan 

qondirish uchun ularni etishtirishni ko‟paytirish ob‟yektiv zaruriyat hisoblanmoqda. Buning uchun talab 

etilgan  miqdorda  turli  xildagi  resurslar  mavjud  bo‟lishi  kerak.  Masalan,  yer,  suv,  bino,  inshootlar, 

mashinalar,  traktorlar,  o‟rmon,  bog‟lar,  chorva  hayvonlari,  tabiiy  resurslar  (yog‟in,  harorat)  kimyoviy 

vositalar, mehnat resurslari. Lekin bu moddiy-texnika resurslari tarkibiga mablag‟lar, mehnat resurslari 

va  boshqalar  kirmaydi.  Ulardan  boshqalari  qishloq  xo‟jaligining  moddiy-texnika  resurslarini  tashkil 

yetadi. Shu resurslar yordamida qishloq xo‟jaligida turli xildagi ishlar, xizmatlar bajarilib, mahsulotlar 

etishtiriladi. Ularning sifatini, holatini yaxshilash, yangilarini yaratish maqsadida fan-texnika taraqqiyoti 

amalga oshiriladi. Shuning natijasida serhosil, tezpishar navlar, sermahsul chorva zotlari, har tomonlama 

qulay va samarali hisoblangan texnikalar, ilg‟or texnologiyalar yaratildi. 

Shu  resurslarning  qishloq  xo‟jalik  ishlab  chiqarishidagi  ahamiyati  nihoyatda  ulkan.  Chunki  barcha 

turdagi dehqonchilik hamda chorvachilik mahsulotlarini etishtirishda yerdan foydalaniladi. Demak, yer 

bo‟lmasa,  yuqoridagi  mahsulotlarning  etishtirilishi  ta‟minlanmaydi.  Mamlakatimiz  dehqonchiligi 

sug‟orishga  asoslanganligi  munosabati  bilan  suv  resurslarining  ahamiyati  ulkan.  Qishloq  xo‟jaligining 

moddiy-texnika resurslarini iqtisodiy mazmuni, mohiyati va barpo etilishi hamda foydalanilishi bo‟yicha 

9.1-chizmadagi tartibda turkumlashtirish mumkin. Jumladan: 

- barpo etilishi bo‟yicha; 



 

- ishlab chiqarishga munosabati bo‟yicha; 



- ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‟ra; 

- takror ishlab chiqarilishi bo‟yicha. 

Demak,  qishloq  xo‟jaligining  moddiy-texnika  resurslari  respublika  xalq  xo‟jaligi  resurslarining 

muhim  qismi  hisoblanadi.  Ular  mulk  sifatida  tarmoqning,  korxonalarning  iqtisodiy  negizini,  asosini 

tashkil  yetadi.  Korxonalarning  moddiy-texnika  bazasi  mustahkam  bo‟lsa,  ularda  iqtisodiy  jihatdan 

rivojlanish  uchun  asos  mavjudligidan  dalolat  beradi.  Qishloq  xo‟jaligining  moddiy-texnika  resurslari 

barpo etilishi bo‟yicha tabiiy va iqtisodiy resurslardan iborat. Tabiiy resurslar yer, suv, o‟rmon, chorva 

hayvonlari,  issiqlik  hamda  yog‟ingarchilik  miqdoridan  tashkil  topadi.  Ularning  asosiy  qismi  davlat 

tasarrufida 

bo‟lib, 


korxonalarga, 

fuqarolarga 

foydalanish 

uchun 


beriladi.

 

 



Iqtisodiy  resurslar  esa  iqtisodiy  potensialning  tarkibiy  qismi  bo‟lib,  moddiy,  moliyaviy 

hamda mehnat resurslaridan tashkil topadi. Qishloq xo‟jaligini: 

moddiy-texnika resurslariga ishlab chiqarishning moddiy vositalari: binolar, inshoatlar, mashinalar, 

traktorlar,  kombaynlar,  barcha  turdagi  kimyoviy  vositalar,  o‟g‟itlar,  urug‟liklar,  yem-xashaklar, 

yoqilg‟i, yog‟lovchi, qurilish va boshqa materiallar kiradi. 

moliyaviy  resurslariga  davlat  tomonidan  ajratilayotgan  mablag‟lar,  xo‟jaliklarning  joriy,  valyuta 

schyotlaridagi,  g‟aznadagi  pullari,  amortizasiya  fondi,  aksiyalardan  olayotgan  foydalari,  bank 

kreditlari hamda ichki va tashqi investisiyalarini amalga oshirish natijasida olinayotgan mablag‟lar, 

ta‟sischilar va boshqa manbalardan kelib tushayotgan mablag‟lar kiradi. 

Ularning qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishidagi o‟rni va ahamiyati juda ulkan. Chunki takror 

ishlab chiqarish  jarayonida dehqonchilik  va chorvachilik  mahsulotlari  talab darajasida  etishtirilishi 

hamda  ish  va  xizmatlar  ko‟ngildagidek  bajarilishi  barcha  resurslarning  miqdoriga  hamda  sifatiga 

bog‟liq.  Rspublika  dehqonchiligi  sug‟orishga  asoslanganligi  sababli  sug‟oriladigan  yerlar  va  suv 

resurslarining  ta‟siri  juda  katta.  Tarmoqning  moddiy-texnika  bazasi  mustahkamlanishi,  ishlab 

chiqarish  jrayonlarining  amalga  oshirilishi  asosan  moliyaviy  resurslar  bilan  bog‟langan.  Shunday 

ekan,  kelajakda  qishloq  xo‟jaligining  moddiy-texnika  resurslari  talab  darajasida  barpo  etilishiga 

alohida e‟tibor berish zarur. Uni davlat, tarmoq va xo‟jaliklar miqyosida amalga oshirish maqsadga 

muvofiqdir. 



10 

 

Qishloq  xo‟jaligining  moddiy-texnika  resurslari  tarmoqda  foydalaniladigan  va 



foydalanilmaydiganlarga  bo‟linadi.  Tarmoqda  u  yoki  bu  maqsadda  foydalanilayotganlari  - 

foydalanilayotgan  resurslarni,  tarmoqda  mavjud  bo‟lib,  ayrim  ob‟yektiv  va  sub‟yektiv  sabablarga 

ko‟ra, vaqtincha foydalanilmayotganlari esa foydalanilmayotgan zahira resurslarni tashkil yetadi. 

Foydalanilayotgan  zahira  resurslarga  zahiradagi  meliorativ  yerlar,  ayrim  suv  havzalaridagi  suvlar, 

o‟rmonzorlar kiradi. 

Tarmoq  korxonalarida  foydalanilayotgan  moddiy-texnika  resurslari  barcha  resurslarning 

yeng  muhim  qismi  hisoblanadi.  Ular  ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashishiga  ko‟ra,  quyidagicha 

guruhlarga bo‟linadi: 

ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishlatiladigan, ya‟ni qatnashadigan resurslar; ishlab chiqarishda 

bilvosita qatnashadigan resurslar. 

Ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan resurslar yordamida turli xildagi mahsulotlar ishlab 

chiqariladi,  ishlar  va  xizmatlar  bajariladi.  Ularga  ekin  yekilgan  yerlar,  yaylov  va  pichanzorlar, 

ekinlarni  sug‟orish  uchun  sarflanayotgan  suvlar,  mashina,  yer  haydayotgan,  ekinlarga  ishlov 

berayotgan  traktorlar,  hosilni  yig‟ishtirib  oladigan  barcha  turdagi  kombaynlar,  mahsulotni 

ko‟paytirish  uchun  sarflanayotgan  kimyoviy  vositalar,  o‟g‟itlar,  hayvonlarga  berilayotgan  yem- 

xashaklar,  chorva  hayvonlari,  mevali  daraxtlar  va  boshqalar  kiradi.  Shular  yordamida  ko‟proq, 

yaxshiroq  mahsulot  etishtirish  ta‟minlanadi.  Korxonalarning  ombor,  idora  binolari,  ayrim 

inshoatlari,  texnikalari,  aloqa  vositalari,  kompyuterlari  ishlab  chiqarish  jarayonida  bilvosita 

qatnashadilar. Ularni mahsulot etishtirishga bevosita aloqasi cheklangan. 

Moddiy-texnika  resurslarining  mahsulot  etishtirishda,  qishloq  xo‟jaligini  rivojlantirishda 

ahamiyati ulkan. Shuning uchun ularni yaratish, barpo etish, takror ishlab chiqarish zarur. Shu bilan 

birga  ular  mehnatning  xarakterini  o‟zgartirib,  unumdorligini  yuksalishini  ta‟minlaydi.  Masalan, 

xo‟jalikning  moddiy-texnika  bazasi  qanchalik  mustahkam  (u  zamonaviy  mashinalar,  traktorlar, 

kombaynlar,  stanoklar)  ta‟minlangan  bo‟lsa,  barcha  ishlar  shu  texnika  vositalari  yordamida 

bajarilishi ta‟minlanadi. Mehnatning industrlashganligini ko‟rsatuvchi bunday sharoit natijasida qo‟l 

kuchi  bilan  bajariladigan  ishlar  kamayadi.  Bu  mehnatning  xarakteri  o‟zgarayotganligidan  dalolat 

beradi, ayni paytda ishchi-xizmatchilarning bilimi, malakasi oshirilishi talab yetadi. 

Qishloq  xo‟jaligining  moddiy-texnika  resurslari  o‟ziga  xos  bir  qancha  xususiyatlarga  ega. 

Ayrim  moddiy  resurslar  tabiat  mahsuli  hisoblanadi.  Jumladan,  yer,  suv,  harorat,  yog‟ingarchilik 

(ular  haqida  yer  va  suv  resurslari  masalalariga  bag‟ishlangan  bobda  batafsil  to‟xtalib  o‟tilgan). 

Ularning  barpo  etilishi  hamda  takror  ishlab  chiqarilishi  ko‟proq  tabiatga  bog‟liq.  Lekin  qishloq 

xo‟jaligida band bo‟lgan fuqarolar o‟zlarining bilimlarini, tajribalarini hamda tadbirkorligini ishga 

solgan, fan- texnika  yutuqlaridan, ilg‟or texnologiyalardan foydalangan holda  bu tabiiy omillardan 

samarali,  o‟rinli  foydalanishga  harakat  qilib,  aksariyat  hollarda  yaxshi  natijalarga  erishadilar. 

Shuning uchun ham tarmoq ishlab chiqarishi tabiatga ham bog‟liq. 

Qishloq xo‟jaligi moddiy-texnika resurslari tarkibiga chorva hayvonlari, o‟simliklar, mevali 

daraxtlar  qatnashishi  tarmoqning  muhim  xususiyati  ekanligiga  alohida  e‟tibor  berish,  shuningdek, 

sanoat  tarmoqlarida  ishlab  chiqarilgan  moddiy-texnika  vositalari,  traktorlar,  mashinalar, 

mexanizmlar,  dastgohlar,  kimyoviy  vositalar,  yoqilg‟i,  yonilg‟i  hamda  yog‟lovchi  materiallar  va 

boshqalarning ishtirokini ham e‟tiborga olish lozim. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy- 

texnika vositalari, ma‟lumki, inson mehnati natijasida yaratiladi. Ulardan foydalanish samaradorligi 

tarmoq ishlab chiqarishining mavsumiyligiga ham bog‟liq. 

Qishloq xo‟jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratishda yuqorida ta‟kidlangan 

xususiyatlarni 

e‟tiborga 

olish,shuningdek, 

ishlab 

chiqarishning 



joylashganligi 

hamda 


ixtisoslashganligiga  alohida  ahamiyat  berish  maqsadga  muvofiqdir.  Shu  bilan  birga  ilg‟or 

texnologiyalarning  joriy  etilishini  hamda  texnologik  jarayonlarda  bajariladigan  barcha  ishlarni 

mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim. 

Yuqoridagi talablarga javob beradigan moddiy-texnika resurslari asosan quyidagi manbalar hisobiga 

barpo etiladi: 

korxonaning mablag‟lari; 

chetdan jalb etiladigan mablag‟lar. 


11 

 

Birinchisiga  korxonalarning  mahsulot  sotish,  ish  va  xizmatlar  bajarish  natijasida  olayotgan 



pul  daromadlari,  taqsimlanmagan  foydadan  ajratilayotgan  mablag‟,  amortizasiya  fondidan 

ajratilayotgan  mablag‟,  foydalanilmayotgan  ayrim  ishlab  chiqarish  vositalarini  sotishdan,  ijaraga 

berilayotgan  vositalardan  foydalanish  natijasida  va  boshqa manbalardan  olingan  mablag‟lar  kiradi. 

Bunda  xo‟jaliklarning  aksiyalar  chiqarib  sotishdan  olayotgan  pul  daromadlari  ham  muhim  manba 

hisoblanadi. Lekin bu masala respublika qishloq xo‟jaligida hozircha hal etilgani yo‟q. Juda muhim 

bo‟lgan bu masalani kelajakda, albatta, hal etish zarur. 

Ikkinchisiga  irrigasiya-meliorasiyaga,  ekologiyaga  hamda  ijtimoiy  sohalarga  davlat 

byudjetidan  ajratilayotgan  mablag‟lar,  tijorat  institutlarining  kredit  mablag‟lari,  turli  manbalardan 

jalb  etilayotgan  investisiyalar,  homiylarning,  hamkorlarning  mablag‟lari  va  boshqa  manbalardan 

jalb  etiladigan  mablag‟lar  kiradi.  Bu  mablag‟lar  hisobiga  qishloq  xo‟jalik  korxonalari  moddiy-

texnika  vositalarini  ularni  ishlab  chiqaruvchilarning  bevosita  o‟zlaridan  yoki  birjalardan, 

ko‟rgazmalardan,  auksionlardan  shartnomalar  asosida  sotib  olib,  moddiy-texnika  bazalarini 

mustahkamlashlari,  ayrim  hollarda  foydalanish  uchun  ijaraga  olishlari  mumkin.  Shunday  tartibda 

shakllantirilgan  moddiy-  texnika  resurslaridan  xo‟jaliklar  yil  mobaynida  to‟liq  va  samarali 

foydalanishsa, barcha turdagi tadbirlarni vaqtida, sifatli amalga oshirishlari aniq. 

Innovatsiyaviy  texnika  va  texnologiyalarni  qishloq  xo‟jaligida  keng  ko‟llashning 

samaradorligi. 

Qishloq  xo‟jaligini  ustuvor  darajada  rivojlantirish  uchun  uning  moddiy-texnika  bazasini 

mustahkamlash  kerak.  Tarmoqning  moddiy-texnika  resurslari  shakllantirilishi,  rivojlantirilishi, 

ulardan  samarali  foydalanish  masalalari  fan-texnika  taraqqiyotiga  va  uning  darajasiga  bevosita 

bog‟liq. Fan-texnika taraqqiyoti deganda, qishloq xo‟jaligi bilan bog‟liq bo‟lgan  barcha fanlarning 

rivojlanishi,  taraqqiy  topishi,  bilimli,  malakali  kadrlar  tayyorlanishi  natijasida  samarali  yangi 

texnikalar  yaratilishi,  mavjudlari  esa  takomillashtirilishini  nazarda  tutish  lozim.  Bu  o‟rinda 

ta‟kidlash  kerakki,  fan  rivojlanishi  natijasida  shu  davrgacha  bo‟lmagan  mutlaqo  yangi  fan  - 

«Moddiy-texnika  resurslari»  ham  yaratilishi  mumkin.  Bu  jarayon  fan-texnika  inqilobidan  dalolat 

beradi.  Demak,  fan-  texnika  taraqqiyoti  inqilobi  -  intellektual  ong  rivojlanishining  mahsulidir. 

Buning uchun intellektuallarni tayyorlaydigan ta‟lim, ixtirochilik tizimini yangi bosqichga ko‟tarish 

taqazo  etiladi.  Ular  qishloq  xo‟jaligi  uchun  zarur  bo‟lgan  qulay  va  samarali  mashina,  traktor, 

mexanizm, uskunalar yaratilishini, mavjudlari takomillashtirilishini,serhosil, tezpishar ekin navlari, 

sermahsul  chorva  zotlari,  ilg‟or  texnologiyalarni  yaratadigan  fanlarning,  fan-texnika,  texnologiya 

rivojlanishini  ta‟minlaydi.  Natijada  moddiy-texnika  resurslarining  miqdori  oshadi,  sifati 

yaxshilanadi. 

Bu  jarayonni  respublikamiz  misolida  ham  ko‟rish  mumkin.  Chunonchi,  fan-texnikani 

taraqqiy  yettirish  yo‟lidan  borilayotgan  O‟zbekistonda  qishloq  xo‟jaligi  uchun  qishloq  xo‟jalik 

mashinasozlik  sanoati  korxonalarida  yangi,  sifatli  haydov,  ishlov  beruvchi  traktorlar,  paxta 

teradigan  mashinalar,  kimyo  sanoatida  poliyetilen  quvurlar,  plyonkalar  ishlab  chiqarilmoqda. 

Yomg‟irlatib,  tuproq  ostidan,  tomchilatib  sug‟orish  uchun  yangi  samarali  texnikalar  barpo 

etilmoqda. Bu hol qishloq xo‟jaligida samarali, ilg‟or texnologiyalar joriy etilishini ta‟minlaydi. 

Fan-texnika  taraqqiyoti  yagona  davlat  siyosati  asosida  kechishi,  bu  jarayonda 

qatnashuvchilarning tashabbuskorligi, tadbirkorligi ham uyg‟unlashishi lozim. 

yangi yerlarni kompleks o‟zlashtirish, zax va sho‟rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, 

suv  bilan  ta‟minlanish  tadbirlarini  amalga  oshiradigan  ishlab  chiqarish  vositalarini  yaratish, 

takomillashtirish; 

tezpishar,  kam  suv  talab  yetadigan,  sifatli  va  serhosil  urug‟  navlarini,  sermahsul  chorva  zotlarini 

yaratish; 


Yüklə 378,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin