6-bob. Logistikada strategiya va prognozlash



Yüklə 21,19 Kb.
səhifə1/3
tarix24.09.2023
ölçüsü21,19 Kb.
#147830
  1   2   3
10-mavzu123

6-bob. Logistikada strategiya va prognozlash


Reja:

    1. Turizm sohasida strategik qarorlar, rejalashtirish va ularning moxiyati.

    2. Ziyorat turizmida logistik strategiya va uning katigoriyalari.

    1. Turizm sohasida strategik qarorlar, rejalashtirish va ularning ahamiyati


Turizm sohasida boshqaruv qarorlari ko’lamiga ko’ra strategik, taktik va operativ qarorlarga ajratiladi. Turizmda strategik qarorlar samaradorlikning umumiy yo’nalishlarini aks ettirib, uzoq muddatli strategik maqsadlarga mo’ljallanadi. Bu qarorlarning ijrosi dastur asosida ma‘lum miqdordagi mablag’larni talab qiladi va tavakkalchilik darajasi iqtisodiy qonunlar bo’yicha aks etadi. Taktik qarorlar qisqa muddatlarga mo’ljallangan bo’lib, bunda strategik qarorlar taktik qarorlar bilan ijro etilib, muvofiqlashtirilib boriladi . Taktik qarorlarning ijrosi nisbatan oz mablag’ni talab qiladi va tavkkalchilik darajasi nisbatan past bo’ladi. Tezkor qarorlar qisqa muddatga mo’ljallangan bo’lib, bunda asosiy strategik rejalarni amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Taktik qarorlar bilan tavakkalchilik quyi darajaga olib kelinadi va strategik rejalarningg ijrosi ta‘minlanadi.


Turizmda strategik qarorlarning bir nechta turi mavjud. Ularga missiya, korporativ strategiya, biznes strategiya va funksional strategiyalar kiradi. Turistik korxonaning umumiy maqsadlar borasidagi rejasi, uning strategiyasini belgilaydi.Turistik korxona maqsadini amalga oshishini ta‘minlovchi qarorlar uning korporativ strategiyasini tashkil qiladi.
Ma‘lumki missiya va korporativ strategiyani bajarishda biznesning har bir yo’nalishi bo’yicha ishlab chiqilgan taktik qarorlar yig’indisi turistik korxonaning iqtisodiy strategiyasini tashkil etadi.
Funksional strategiya – bu strategiyalar pog’onasida eng quyida turuvchi va o’zidan yuqorida turuvchiasosiy strategik vazifalarning ijrosini ta‘minlovchi funksiya va vazifalar bo’yicha qabul qilingan taktik va operativ qarorlardir. Turizm industriyasida logistik operatsiya va funksiyalar bo’yicha qabul qilinadigan qarorlar ham funksional strategiyalar tarkibi hisoblanadi.
Strategiya grekcha (strategos) so’z bo’lib, «general san‘ati» degan ma‘noni bildiradi va quyidagi ma‘nolarni anglatadi:
–xarbiy operatsiyalar va urush olib borish san‘ati;
–ijtimoiy siyosiy kurashga boshchilik qilish ilmi va san‘ati .
Bugungi kunda ham bu atama xarbiy sohada jangovor operatsiyalarni tashkil etish san‘ati ma‘nosida qo’llaniladi.
Turizm sohasida strategiya bu qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan harakatlar majmuasi. Ko’rinib turibdiki, strategiya va reja bir birini to’ldiruvchi, biri ikkinchisining zarurligini taqozo etuvchi maqsadli mexanizmdir.
Turizm sohasida rejalashtirish – bu turli shart sharoitlar va holatlarni baholagan holda, maqsad, vosita va harakatlar to’g’risida qaror qabul qilish tizimidir. Rejalashtirish jarayoni quyidagi to’rt bosqichdan iborat:
–turistik kompaniyaning bosh strategik maqsadini aniqlash;
–turistik kompaniya rivojlanishining har bir bosqichi uchun strategik maqsadini aniqlashtirish va muvofiqlashtirish;
–strategik maqsadlarga erishishning iqtisodiy va mavjud boshqa vositalari, hamda yo’llarini aniqlash;
–strategik maqsadga erishishni nazorat qilish.
Strategik reja odatda turistik korxona rahbariyati tomonidan konsalting tashkiloti mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  1. turistik korxonaning maqsadi va vazifalarini aniqlash. Bu bosqich strategik rejalashtirish jarayonining eng dastlabki va mas‘uliyatli bosqichi bo’lib,

rejalashtirishning quyidagi barcha bo’limlari uchun mo’ljal vazifasini o’taydi. Tanlangan maqsad quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:

  1. aniq o’lchovga ega bo’lishi;

  2. davr (vaqt)ning aniq ko’rsatilishi;

  3. amalga oshirishning realligi;

  4. ustuvorlikka ega bo’lishi.

  1. Turistik kompaniya tomonidan tashqi va ichki ta‘sir etuvchi omillarini inobatga olish va tahlil qilish. Iqtisodiy omillarni tahlil qilishda qonuniy asoslar, inflyatsiya sur‘ati, soliq stavkasi, xalqaro to’lov balansi va boshqa turli faktorlar e‘tiborga olinadi. Raqobat omillarini tahlil qilish raqobatchi korxonalar xatti- harakatini kuzatish, o’rganish imkonini beradi.

  2. Turistik korxona faoliyatining kuchli va zaif jixatlarini tahlil qilish hamda bozor o’zgarishlariga moslashishga va raqobat kurashiga tayyor turishiga ijobiy yordam beradi.

  3. Muqobil variantlarni tahlil qilish, strategiyani tanlash va uni amalga oshirishni rejalashtirish. Bu bosqichda muqobil strategiyalar aniqlanadi, muqobil strategiya yakuniga yetkazilib unga baho beriladi

Turistik korxona tomonidan qabul qilingan strategiyani amalga oshirish maqsadida rejalar, dasturlar ishlab chiqiladi, ular asoslanadi, moliyaviy-iqtisodiy ta‘minot balansi o’rganiladi.Turistik kompaniya starategik rejasini amalga oshirish uchun rasmda keltirilgan rejalar tizimini ishlab chiqish talab qilinadi.



    1. Yüklə 21,19 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin