Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 1 |
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023
302
MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARNI PROGNOZ QILISHNING
MOHIYATI, AHAMIYATI VA TURLARI
Abdug‘ayurova Xurshida Jamolddin qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti Matematik iqtisodiyot
yo‘nalishi 2-bosqich magistratura talabasi
ANNOTATSIYA
Bozor iqtisodiyoti sharoitida prognozlash ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, strategiya
va taktikani shakllantirishning hal qiluvchi ilmiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu tezisda prognozlashning mohiyati, uning iqtisodiy ahamiyati, prognozlashning
turli mezonlarga ko‘ra turlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: prognoz, prognozlash, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar,
makroiqtisodiy va tarkibiy prognozlar, iqtisodiy majmualarini rivojlantirish
prognozlari, tarmoq va hududiy prognozlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, kelajakni baholamasdan uning rivojlanish
istiqbolini prognozlashsiz tasavvur qilish qiyin. Prognoz deb kelajakda ob'ektning
ehtimol holatlari, muqobil yo‘llari va ularni amalga oshirish muddatlari to‘g‘risida
ilmiy asoslangan fikr-mulohazalarning miqdori tushuniladi. Prognozlarni ishlab
chiqish jarayoni prognozlash deb ataladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirish o‘z ichiga to‘liq iqtisodiyot taraqqiyotini o‘z
qamroviga olgan holda, uning tarmoqlari, hududlari, ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti,
axoli va turmush darajasi, resurslari va iste'moli, tashqi-iqtisodiy kon'ukturasi hamda
ekologiyasi va shu kabi qismlarini ham o‘z ichiga oladi.
Makroiqtisodiy prognozlash iqtisodiy hodisalarni bilishning ilmiy usullariga va
iqtisodiy prognostikaning usullari, vositalari va uslublari yig‘indisidan foydalanishga
asoslangan makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi.
Prognozlash, shu jumladan iqtisodiy prognozlash, yanada kenroq tushunchaga
ega, ya’ni tabiat, jamiyat va fikrlash qonuniyatlarini bilishga asoslangan borliqni
bashoratlash bilan bog‘liq. Aniqlilik darajasi va tadqiq etilayotgan jarayonlarni amalga
oshirishga ta'sir etish harakteriga qarab uchta bashoratlash shakli ajratib qo‘yiladi:
gipoteza (umumilmiy bashorat), prognoz va reja.
Prognozlashning miqyosi bo‘yicha prognozlar quyidagilarga bo‘linadi:
makroiqtisodiy va tarkibiy (tarmoqlararo va hududlararo) prognozlar, iqtisodiy
majmualari (yoqilg‘i-energetika, agrosanoat, investitsion, ishlab chiqarish
Dostları ilə paylaş: |