Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 1 | https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023
303 infratuzilma, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasi)ni rivojlantirish prognozlari, tarmoq va
hududiy prognozlari, iqtisodiyot tizimining birlamchi bug‘inlari (korxona. ishlab
chiqarish birlashmalari hamda alohida ishlab chiqarish va mahsulotlar) prognozi.
Prognozlar vaqt davriyligi bo‘yicha tezkor, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq
muddatli va olis muddali prognozlarga bo‘linadi. Tezkor prognoz bir oygacha, qisqa
muddatli bir oydan bir yilgacha, o‘rta muddatli bir yildan besh yilgacha, uzoq muddatli
besh yildan o‘n besh to yigirma yilgacha, olis muddatli esa ushbu muddatdan ortiq
bo‘lgan davrga tuziladi. Sanab o‘tilgan prognoz turlari shuningdek tadqiq etilayotgan
jarayonlarni baholash mohiyati va tavsiloti bilan bir-biridan farq qiladi. Tezkor
prognozlar prognoz davrida tadqiq etilayotgan ob’ektda miqdor va sifat jihatdan hech
qanday sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi degan tahminlarga asoslanadi. Ularda
kutilayotgan voqealarning aniq miqdoriy baholash ustun turadi. Qisqa muddatli
prognozlar faqatgina miqdoriy o‘zgarishlarni nazarda tutadi. Unga muvofiq holda
voqealarning baholanishi ham miqdoriy tarzda amalga oshiriladi. O‘rta muddatli va
uzoq muddatli prognozlar tadqiq etilayotgan ob'ektda miqdor va sifat jihatidan
o‘zgarishlarga tayanadi, shunda o‘rta muddatli miqdoriy o‘zgarishlar sifatli
o‘zgarishlardan ustun turadi. O‘rta muddatli prognozlarda voqealarning miqdoriy-sifat,
uzoq muddatli prognozlarda esa sifat-miqdoriy baholash amalga oshiriladi. Uzoq
muddatli prognozlar faqatgina sifatli o‘zagrishlarga tayanadi, bu yerda faqatgina tadqiq
etilayotgan ob’yekt rivojlanishining umumiy qonuniyatlari to‘g‘risida gap boradi.
Bunda prognoz qilinayotgan voqealarni baholash shakli sifatli hisoblanadi.
Bu prognozlar faqatgina oy va yillar jihatidan emas, balki boshqa yana ko‘plab
o‘zining ma'noli xususiyatlari orqali ham farqlanadi. Qisqa muddatli va operativ
prognozlar asosan boshqarilmaydigan jarayonlarni, shuningdek, boshqariladigan
jarayonlar bo‘yicha rejaning bajarilishiga baho berishni qamrab oladi. O‘rta muddatli
prognozlar kompleks tarzda tendensiyalarni, sur'atlarni, nisbatlarni, iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishning sabab-oqibat omillarini,kapital qurilish hamda investitsion
qarorlarning istiqbollarini, pul-moliya tizimidagi o‘zgarishlarni namoyon etadi. Uzoq
va o‘ta uzoq muddatli prognozlar yordamida ilmiy-texnika taraqqiyoti, demografik
jarayonlar, tabiiy resurslardan foydalanish va ularning holatidan kelib chiquvchi milliy
iqtisodiyo va ijtimoiy sohalarning strategik jihatlari tadqiq qilinadi.
O‘rta muddatli va uzoq muddatli prognozlashda me’yoriy yondashuvda
prognozlash, olinadigan prognoz natijalari nisbattan ob’ektiv bo‘lish imkoni mavjud.
Shuningdek o‘rta muddatli prognozda shartlar (cheklovlar) qo‘yiladi uzoq muddatliga
nisbattan. Shartlaring sababi shundaki u mavjud o‘sish qonuniyatlariga amal qilinishi
kerak. Shundan kelib chiqib, o‘rta muddatli prognozlashda minimal o‘sish varianti
o‘rnatiladi, prognoz boshidagi ishlab chiqarish hajmi saqlanib qoladi, yoki ishlab
chiqaruvchilar va korxonalarning qurollanishi sharoitida eng minimal o‘sishi saqlanib