Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September,
2022
37
O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION
METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Satimova Muxlisa Tursunbayevna
Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Akademik Litseyi
E-mail:
jemchuk66@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada o‘quvchilarga ingliz tili fanini innovatsion texnologiyalar va
interaktiv metodlar orqali o‘rgatish va ularda bu tilni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish
omillarining
ilmiy-nazariy
tomonlari
yuzasidan
olim
va
pedagoglarning
fikrmulohazalari, ilmiy qarashlari tahlil qilingan va ularga subyektiv munosabat
munosabat bildirilgan.
Kalit so‘zlar: Mustaqil o‘qitish
texnologiyalari, chet tillarni o‘rgatish
metodologiyasi, interaktiv metod.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, chet tillarini o‘rgatishga qiziqish
oshdi va yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi prezidentimiz
Islom Karimov aytganlaridek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘rgatishga yurtimizda
katta ahamiyat berilmoqda.
Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati
o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan
mamlakatlarimiz uchun, chet ellik
sheriklarimiz
bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o‘z buyuk kelajagini qurayotgan
xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati
yo‘qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012-yil 10-dekabrda
qabul
qilingan “Chet tillarini” o‘rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari
to‘g‘risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Respublikamizda chet tilining o‘qitilishi, chet tili o‘qituvchilarining
bilim va
ko‘nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos
ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra umumta’lim maktablari va
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos
ravishda o‘quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ
texnikalar bilan
jihozlandi. Chet tili o‘rganishga bo‘lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda.
Chet tili fani to‘rt aspectga (o‘qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo‘linib,
ularning har biri bo‘yicha alohida tushuncha va ko‘nikmalar berilmoqda. Ta’lim
texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanishdir.