5-Mavzu. Resurslarni taqsimlash: vaqt davomiyligi va qazibolish narxi reja 5.1. Resurs taksanomiyasi 5.2. Resurslarning bozor taqsimoti 5.3.Foydali qazilmalar 5.4.Qayta tiklanadigan resurslarni samarali taqsimlash
Tayanch so`zlar : shifoxona,kasalxona,shifobaxsh,shifobaxsh-iste’mol suvlarini quyish sexi,zavodlar faoliyat,asl, rangli metallar, uran va noyob elementlar rudalarini qazib olish,respublika,yetakchi, korxonalar.
Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”, “Aqliy xujum”, “Ma’ruza-suxbat” usullari.
5.1.Resurs taksanomiyasi Mamlakatimizda geologiya sohasidagi olimlar va soha mutaxassislarining intilishlari hamda hukumatning qo’llab-quvvatlashi natijasida mamlakatda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti taraqqiyotining negiziga aylangan o’ziga xos mineral xomashyo bazasi yaratildi.
Bugungi kunda O’zbekistonda 1800 dan ortiq kon hamda taxminan 1000 ta istiqbolli qazilma boyliklari joylari, 118 turdagi mineral xomashyo mavjud bo’lib, shundan 65 turi o’zlashtirilmoqda. 1500 dan ortiq kon o’zlashtirildi, shu jumladan, 188 ta neft, gaz va kondensat; 48 ta asl metall, 43 ta rangli, noyob va radioaktiv metall; 5 ta qora metall; 3 ta ko’mir; 37 ta tog’-kon, 22 ta tog’-kimyo va 30 ta rangli tosh xomashyosi; 525 ta turli maqsaddagi qurilish materiallari hamda 357 ta chuchuk va mineral yerosti suvlari manbalari mavjud. O’zlashtirilgan konlarning 40 foizidan ortig’i qayta ishlanadi.
Respublikada 400 dan ortiq manbalarning topilganligi, shaxta, karyer va neft-gaz sanoati hamda boshqa tarmoqdagi korxonalar, taxminan 450 ta suv chiqarish korxonasi, shifoxona va kasalxona, shifobaxsh va shifobaxsh-iste’mol suvlarini quyish sexi va zavodlar faoliyat yuritadi. Asl, rangli metallar, uran va noyob elementlar rudalarini qazib olish bo’yicha respublikadagi yetakchi korxonalar – Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari sanaladi. Ishlab chiqarishga tayyorlangan mineral xomashyo zaxiralari, hatto ish quvvatlari oshirilgan taqdirda ham mavjud komplekslarni uzoq kelajakda ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
O’zlashtirilgan manbalarning aksariyat qismi rudalarni boyitishning nisbatan oson texnologiyasini qo’llagan holda ochiq usulda ishlanishi va jahon bozorida yuksak talabga ega foydali komponentlari ko’p darajada ajratib olinishi mumkin. Asl, rangli va boshqa metallar rudalarida qo’shimcha komponentlar sifatida konlar qimmatini ancha oshiradigan noyob va kam uchraydigan unsurlar katta zaxiralari jamlangan.
Oltinning tasdiqlangan zaxiralari bo’yicha respublika dunyoda ilg’or beshlikka kiradi, qazib olish darajasi bo’yicha esa to’qqizinchi o’rinni egallaydi. Uchta tog’li iqtisodiy tuman – Qizilqum (Muruntog’, Mutenboy, Triada, Basapantog’, Amaytaytog’, Kokpatas, Dougiztog’ va h.k.), Nurota (Zarmiton, Gujumsoy, Sarmish, Biran, Marjonbuloq va h.k.) va Toshkent bo’yi (Kochbuloq, Qarag’och, Qizilolmasoy, Kauldi, Pirmirab, Guzaksoy va h.k.)da joylashgan tub konlar asosiy ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston istiqbollari o’zlashtirilgan konlar bilan cheklanmaydi – respublikaning prognoz qilingan zaxiralari o’zlashtirilgan zaxiralardan ikki baravar ko’proqdir. Tarmoqning oltin izlashga qaratilgan geologiyatadqiqot ishlari hajmining (60 foizdan ko’proq) oshishi uning zaxiralarini bir maromda saqlash imkonini berdi. 2000-yildan boshlab ular o’sib bordi va hozir qazish darajasiga yetkazildi.
2015-yildan oltin zaxiralari o’sishini ta’minlaydigan 40 ta yangi istiqbolli maydonlarni o’rganish hisobiga O’zbekistonda prognozlash va geologiya-tadqiqot ishlarini kengaytirish mo’ljallangan. Butun dunyoga mashhur Muruntog’ shtokverk oltin-kvars koni Evroosiyo materiksidagi eng yirik kon hisoblanadi. Muruntog’ karyeri ulkan obyekt bo’lib, unda O’zbekiston oltinining qariyb 80 foizi olinadi. Karyer ishlagan yillar davomida bu yerda 300 mln. tonnadan ortiq tarkibida me’yorda oltin bo’lgan minerallashgan massa tashkil qilinib, u so’nggi 10 yil davomida zich ishqorli yuvish orqali qayta ishlanadi.
Xuddi shunday yana bir kompleks Markaziy Qizilqumdagi Kokpataskoni negizida amal qilmoqda, bu yerda 40 tonnadan ortiq oltin ishlab chiqildi. Markaziy Qizilqumdagi Daug’iz tog’ va Amantay tog’ oltin-sulfid konlarining tasdiqlangan zaxirasi 300 tonna oltinga yetadi. “Amantay-tog’ Goldfilds” QK har yili 4 tonnagacha oltin qazib, qayta ishlab chiqaradi. Shuningdek, Navoiy viloyatida Ajibugut nurash qatlamida noan’anaviy turdagi oltin ruda koni ochildi va o’zlashtirildi.
Sanoat tarmoqlarida oltin koni 20 metrdan 75 m gacha chuqurlikda oksidlash hududida joylashgan. Obyekt zaxiralari o’nlab tonna oltinni o’z ichiga olgan. Charmiton, Gujumsoy va yangi obyekt – xuddi o’sha ruda maydoni oltin-kvars konlari, shuningdek, Qizilolmasoy va Kochbuloq oltin-sulfid-kvars konlari istiqbollari ko’paymoqda. So’nggi yillarda Qizilqumda zaxiralari o’nlab tonnani tashkil qiladigan Bulutkon, Balpantog’, Aristantog’, Turboy konlari aniqlandi va o’rganilmoqda.
Xomashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o’zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xomashyo tayyor mahsulot yoki yarimfabrikat hosil qiladi. Natijada xomashyoning to’la qiymati tovar shaklini olgan yalpi mahsulotga o’tadi. Xomashyo asosiy va yordamchi materiallarga bo’linadi.
Asosiy xomashyo tayyor mahsulotning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumidir. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi yoki asosiy xomashyoni qayta ishlashga zarur sharoit yaratib beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari yordamchi materiallar deb ataladi.
Mehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay tarzda qatnashishiga qarab ular ham xomashyo (asosiy xomashyo), ham yordamchi material bo’lishi mumkin. Masalan, neft yoqilg’i sifatida yordamchi material bo’lsa, benzin yoki kerosin ishlab chiqarishda esa xomashyodir. Xomashyo keng miqyosda iste’mol buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallardan iborat. U quyidagi talablarga javob berishi kerak:
miqdori jihatidan yetarli bo’lishi;
qazib olish arzon va oson bo’lishi; – texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
Har bir xomashyo mehnat buyumidir, lekin har bir mehnat buyumi xomashyo bo’la olmaydi. Mehnat buyumi mehnat vositasi bilan ma’lum darajada o’zgargandan keyingina xomashyoga aylanadi. Yerostidagi foydali qazilma, yovvoyi hayvon, daraxt va hokazolar xomashyo bo’lmay, balki potensial tabiiy boyliklardir. Mehnat vositasi yordamida ovlangan hayvon, qazib olingan ma’dan, kesilgan daraxt va hokazolar xomashyo hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida bir yoki bir necha bosqichda qayta ishlangan bo’lsa-yu, lekin tayyor mahsulot sifatida iste’mol qilina olmasa, u yarimmahsulot, ya’ni yarimfabrikat deb ataladi.
Xomashyo resurslarini xomashyodan farqlash lozim. Xomashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilmalar konlari, o’rmon maydonlari, uy hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina xomashyoga aylanishi mumkin.
Xomashyo ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementi sifatida sanoat ishlab chiqarishiga va uning iqtisodiga katta ta’sir ko’rsatadi. Sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarida xomashyo va yoqilg’i xarajatlari ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar hajmida eng katta salmoqqa egadir.
Shuning uchun sanoat korxonalari faoliyatining iqtisodiy ko’rsatkichlari ko’p jihatdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xomashyo va yoqilg’i xarajatlari darajasiga bog’liq bo’ladi.
Xomashyolar xilma-xil bo’lib, ular quyidagi turlarga bo’linadi:
sanoat xomashyosi;
qishloq xo’jaligi xomashyosi.
Sanoat xomashyosi turli belgilariga ko’ra quyidagicha turkumlanadi: