5-mavzu: sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifasi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari. Reja


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi



Yüklə 26,98 Kb.
səhifə4/5
tarix16.05.2023
ölçüsü26,98 Kb.
#114430
1   2   3   4   5
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 5-MA\'RUZA 2021-2022 (4)

3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi.
"Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi" Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 1993-yili tasdiqlangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil IX sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni, ular asosida ishlab chiqilgan hukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta'lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga to‘g‘ri keldi. Yangi tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O‘PFITI olimlari guruhi, Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va Xalq ta'limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab chiqildi.
Shaxs bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta'limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari inobatga olindi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasining zaruriyati. O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta'limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o‘smirlar orasida axloqiy va ma'naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktab va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari tarbiyachilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi.
Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniqlanadi, atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi.
O‘quvchilar qalbida yuksak ma'naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.

Yüklə 26,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin