5-mavzu. Taqdimotlarni ishlab chiqishniig instrumental vositalari. (2 Soat) reja


Erkin ko‘rsatishni boshqarish. Gipermurojaat



Yüklə 2,12 Mb.
səhifə12/15
tarix20.11.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#166222
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5-MAVZU. Microsoft Office Power Pointda taqdimotlar yaratish texnologiyalari

Erkin ko‘rsatishni boshqarish. Gipermurojaat.
Agar erkin ko‘rsatishni ishga tushurish taqdimotning bitta slaydidagi boshkarish tugmasini yoki istalgan ob’ekti bilan bog‘langan namoyish ancha dinamik bo‘la boradi. Erkin ko‘rsatishga xarakatni sozlash (slaydlarni ko‘rsatish menyusi) muloqot darchasidan yoki giperishorani ko‘shish (kiritish menyusi)dan foydalanib o‘tish mumkin.
Taqdimot paytida sichqonchaning o‘ng tugmasini cherting va kontekst menyusidan avval o‘tish buyrug‘ini, keyin erkin ko‘rsatish bandini tanlang, yakunida esa erkin ko‘rsatishni talab qilgan nomini bering. Erkin ko‘rsatishga kiruvchi slaydlar joriy taqdimotning qismlari bo‘lishi lozim. Bu ob’ektning ustini chertib ma’ruzachi mini taqdimotni bevosita ko‘rsatish jarayonida ishga tushirishi mumkin.
Buni sinab ko‘rish uchun:
·ob’ekt (tugma, rasm yoki maket)ni ajrating va xarakatni sozlash buyrug‘ini faollashtiring.
·Giper ishora bo‘yicha o‘tish ro‘yxatida erkin ko‘rsatish ifodasini o‘rnating.
·OK tugmasi bosilganidan so‘ng ochiladigan erkin ko‘rsatish bilan bog‘lansin darchasida erkin ko‘rsatishning nomini tanlash.
Erkin ko‘rsatishlarni ishga tushirish uchun mo‘ljallangan bir nechta tugmani bitta slaydga joylashtirib ma’ruzachi taqdimotni kerakli o‘zakka yo‘naltirish imkonini qo‘lga kiritadi. Foydalanuvchi taqdimotni ko‘rsatish davomida kerakli erkin ko‘rsatishni shuningdek kontekst menyusi yordamida ham tanlab olishi mumkin.
Amaliy ko‘nikmalarni xosil qilishni davom ettirib:
·taqdimot paytida istalgan slaydni sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan cherting. Kontekst menyusidagi o‘tish buyrug‘ini faollashtiring;
·o‘tish ostki menyusidan erkin ko‘rsatish buyrugini tanlang va kerakli mini taqdimotning nomini ko‘rsating.

Taqdimotni namoyish qilish paytida ma’ruzasi slayddan slaydga o‘tishni o‘zi boshqarishi yoki bu ishni dasturga topshirish mumkin. Navbatdagi slaydga o‘tish avtomatik ravishda bajarilishi uchun slaydlarni almashtirish va renetatsiya muloqot darchalarida har bir slaydni ko‘rsatish vaqtini (soniyalarda) belgilab topshiriq berish kerak.
Buning uchun:

  • · slaydlar rejimida yoki saralovchining rejimida namoyishning davomiyligi ular uchun belgilanayotgan slaydlarni ajrating;

  • · slaydlarni ko‘rsatish menyusidan slaydning o‘tishi buyrug‘ini tanlang;

  • · xarakatlantirish sohasida keyin avtomatik ravishda opsiyasini o‘rnating. So‘ngra slaydlarni ko‘rsatish qancha davom etishi lozimligini soniyalarda ko‘rsating;

-ushbu ko‘rsatmaning ta’siri faqat ajratilgan slaydlarga tatbiq etilishi uchun qo‘llanilsin tugmasini bosing. Agarda ushbu ko‘rsatma taqdimotning hamma slaydlariga ta’luqli bo‘lsa, hammasiga qo‘llanilsin tugmasini bosing;
-vaqt intervalini yaxshi tanlaganingizga amin bo‘ling. Buning uchun slaydlarni ko‘rsatish tugmasini bosing.
Vaqt intervallari (oraliqlari)ni tanlashning boshqa usuli - ma’ruzani repetitsiya qilishdir. Uni o‘tkazish uchun Power Point repetitsiya vaqtida u yoki bu slaydni ko‘rsatish qancha vaqt davom etganini avtomatik ravishda yozib boruvchi maxsus uskunalar ko‘zda tutilgan. Repetitsiya davomida slaydlarni badiiy bezalishini tekshirib ko‘rish va xabarlar tayyorlash mumkin.
Eslatma. Agar taqdimotni sozlash muloqot darchasining slaydlarni almashtirish sohasida qo‘lda pereklyuchateli o‘rnatilgan bo‘lsa, repetitsiyaning borishi paytida o‘rnatilgan vaqt intervallari rad etiladi (ammo chiqarib tashlanmaydi).
Repititsiyani o‘tkazish uchun slaydlarning saralovchisi rejimiga o‘tish va slaydlarni ko‘rsatish menyusidagi vaqtni to‘g‘rilash (sozlash) buyrug‘ini faollashtirish yoki standart uskunalar panelidagi vaqtni ko‘lda to‘g‘rilash (sozlash) tugmasini chertish kerak. Buning natijasida ekranning pastki o‘ng burchagida ma’ruzaning vaqtini xisoblovchi sekundlarli darcha paydo bo‘ladi.
Taqdimotning oxirgi slaydi ko‘rsatib bo‘linganidan (yashiringan slaydlar repetitsiya davomida aks ettirilmaydilar) va vaqt to‘g‘rilab ko‘yilganidan so‘ng ekranda so‘rov darchasi paydo bo‘ladi. Agar sozlash natijalari sizni koniktirsa, Ha tugmasini bosish kerak.
Saralovchi rejimida har bir maydonning ostiga foydalanuvchi ushbu slaydni namoyish etish uchun ajratgan vaqt ko‘rsatiladi. Vaqtning to‘g‘rilanishi (sozlanishi) natijasida slayddan slaydga o‘tish avtomatik ravishda bajariladi.

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin