PowerPoint vositalari bilan o’rgatuvchi dasturlar PowerPoint vositalari bilan o’rgatuvchi dasturlarni yaratish
O’rgatuvchi dasturlar alohida o’rin egallaydi hamda yangi bilimlar va uquvlarni egallash uchun mo’ljallangan. O’rgatuvchi dasturlarni, odatda, an’anaviy o’qitish metodikasi bo’yicha tuziladi: axborot portsiyasi va nazorat yoki o’zini o’zi nazorat. PowerPoint vositalari faqat o’zini o’zi nazorat qilishni tashkil etish imkonini beradi, shu bilan birga o’zini o’zi nazorat qilish turli topshiriqlarni to’g’ri javobni taklif etilayotgan ro’yxatdan tanlash bilan bajarish yo’li orqali amalga oshiriladi. PowerPoint vositalari bilan o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqishning bir necha bosqichlarini ajratish mumkin:
O’rgatuvchi dasturni ishlab chiqish pedagogik stsenariyni yozishdan boshlanadi. Pedagogik stsenariy ta’lim jarayonida foydalanuvchi va EHM dialogini, dastur bilan ishlash bo’yicha qisqa yo’riqnomalarni o’z ichiga oladi.
Pedagogik stsenariyni yozish bosqichida quyidagi asosiy vazifalarni hal etish kerak:
PDVdan foydalanish maqsadlarini konkretlashtirishda quyidagilarni hisobga olish zarur :
mazkur o’quv fanini o’qitish maqsadlari;
predmet bo’yicha darslar tizimida mazkur darsning o’rni;
mazkur ta’lim bosqichida o’quvchining imkoniyatlari.
O’qitish metodlarini tanlashda quyidagi ikkita asosiy masalani hal etish zarur bo’ladi:
PDVdan an’anaviy o’qitish metodlari tizimida foydalanish o’rnini aniqlash, mazkur PDV qaysi darslarda, qaysi ketma-ketlikda, qanday maqsad o’rganilishini, PDVdan foydalanish an’anaviy ta’lim metodlar bilan qanday biriktirilishini aniqlash.
mazkur PDVda foydalanish maºsadga muvofiº bo’ladigan metodlar majmuasini aniqlash.
Birinchi vazifani hal etishda boshlang’ich sinflar o’quvchilarning kompьyuter oldida ishlash vaqti ergonometrik talablarga asosan 10-15 sinutdan oshmasligi kerakligini esda saqlash kerak
Taqdim qilinadigan axborotning xarakteri bo’yicha kadrlarni statik va dinamik kadrlarga bo’lish mumkin. Statik kadrlarning imkoniyatlari cheklangan bo’lsada, ular alohida plakatlarni eslatadi. Dinamik kadrlardan foydalanish juda samaralidir, bularda PowerPointning grafik va animatsion imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.
Kadrlarni ta’lim maqsadlarini amalga oshirilishiga muvofiq ravishda bir necha tiplarga bo’lish mumkin .
axborotli kadrlar – biror axborotni xabar qiluvchi kadrlar;
ma’lumotnoma kadrlar – olingan axborotni qayta ishlab chiqishni tashkil etuvchi kadrlar;
nazorat qiluvchi kadrlar – savollar, topshiriqlarni o’z ichiga olgan va materialning o’zlashtirilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi kadrlar;
tushuntiruvchi kadrlar – aytib berish, tushuntirishni taqdim etuvchi kadrlar;
yo’riqnoma kadrlar – dastur bilan ishlashni tushuntiruvchi kadrlar.
Mazkur kadrlar tiplaridan o’rgatuvchi dasturlarni yaratishda sof ko’rinishda yoki bir-biri bilan qo’shilgan holatda foydalanish mumkin.
Mazkur kadrlar tiplaridan o’rgatuvchi dasturlarni yaratishda sof ko’rinishda yoki bir-biri bilan qo’shilgan holatda foydalanish mumkin.
Kadrlar bir qator talablarga javob berishi lozim:
o’quvchilarga taqdim etiladigan o’quv materiali yaxshi illyustratsiyalangan, maksimal ixchamlangan va aniq strukturalangan bo’lishi lozim;
ekrandagi matn yaxlit bo’lmasligi lozim, uning kichik xat boshilarga ajratish zarur;
rangni me’yordan oshirib yubormaslik lozim, chunki bu fikrni jamlashga xalal beroadi, diqqatni chalg’itadi;
o’quv materialini berishga an’anaviy ta’limda qabul qilingan yozuv shaklidan foydalanish maºsadga muvofiºdir, qisqartmalardan, kasbiy jargonlardan qochish lozim;
axborotning berilish tezligini boshqarishni o’quvchining o’ziga berish lozim.
DARS JARAYONI.
DARSNING MAVZUSI:O’quvchilar inshosini tahlil qilish.