O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar



Yüklə 21,16 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü21,16 Kb.
#183719
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mavzu

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Pedagogika va Pisixolgiya fanidan

3-Topshiriq

Mavzu: Interfaol ta’lim metodlari

Bajardi: 211-21 guruh talabasi Rasulov Abdukamol Tekshirdi:Abdullayev Asliddin



TOSHKENT 2023

3-Topshiriq


Ta`lim sohasining XX asr so’nggi choragidan boshlab dunyo miqyosida shiddatli rivojlanishi uning inson va jamiyat taraqqiyotida dolzarb o’rin tutganidan dalolat beradi. Aynan ta`lim orqali asrlar davomida insoniyat jamiyatining madaniy merosi avloddan-avlodga o’tib keladi, professional bilim va saviyaga erishiladi, shuningdek, xalqning ma`naviy qiyofasi va umuminsoniy bag’rikenglik tamoyillari shakllantiriladi. Ta`kidlash kerakki, globallashuv sharoitida ta`lim saviyasi dunyo miqyosida tobora rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyatida insonlarning hayot faoliyatiga ham uzviy ta`sir o’tkazib, jumladan, sog’ligiga ahamiyat qaratish, siyosiy faollik, yangiliklarni o’zlashtirish tezligi, zararli g’oyalarni ongli tahlil qila olish qobiliyati va boshqalarda yorqin namoyon bo’ladi. Bunday tarixiy sharoitda dunyo miqyosida ta`limning ahamiyati izchil oshib, u nafaqat iqtisodiyotni, balki butun jamiyatni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda eng muhim omillardan biriga aylandi. Ta`limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta`lim markazida bo’lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta`minlash uchun ta`lim muassasalarida yaxshi tayyorgarlik ko’rgan va o’z sohasidagi bilimlarini mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalaninsh qoidalarini biladigan o’qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o’qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarining o’quv-tarbiyaviy mashg’ulotlarda qo’llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.
O’qitishdan ko’zlangan maqsad bu davlat ta`lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni o’quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o’quvchi tomonidan
bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa o’qish muvaffaqiyatli kechadi deb hisoblasa bo’ladi. Ma`lumki, ta`lim olish jarayoni-ma`naviy va aqliy qobiliyatlarni ta`limni rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimlardan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir.



O`qituvchining o`z darsi oldiga qo`ygan maqsadilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Innovatsiya, bu-kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak” — deb aytganlari umumta`lim fani o’qituvchisini ma`lum zaruriy bilimlar bilan qurollangan bo’lishi bilan birga shu bilimlarni o’quvchi va talabalar ongiga singdirishda yangi texnologiyalar, innovatsiyalar olib kirmog’i lozimligini ta`kidlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi [1]. Interfaol — “o’zaro harakat qilmoq” yoki kim bilandir suxbat, muloqot tartibida bo’lishni bildiradi. Bunday darslarda o’qituvchining o’rni qisman o’quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi. Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari: — O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi; — O’z vaqtida o’quvchi — o’qituvchi orasida ta`limiy aloqalar o’rnatiladi; — O’qitish usullari ta`lim jarayonida turli xil ko’rinishlarda kechadi. Bugungi ta`lim-tarbiya jarayoni o’zida innovatsion texnologiyalarni mujassam etishi — davrimiz talabiga aylanib ulgurdi. Buning sababi shundaki, ilm-fan, texnika taraqqiyotining juda tez rivojlanishi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi, ulardan ta`lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi ta`lim jarayoniga texnologik yondoshish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Ta`lim muassasalarida o’quvchi yoshlarga xorijiy tillarni o’qitishda ham aynan zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida darsni tashkil etish va olib borish ta`lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Innovatsiya bu yangilik kiritish ma`nosini anglatsa, texnologiya bu san`at va mahorat demakdir. Pedagog o’z mahorati, tajribasi va aql-zakovati bilan darsga ijodkorona yondoshib, yangilik olib kirishi lozim. Bu borada darsda interfaol metodlardan foydalanish ko’zlangan natijani beradi. Interfaol metodlar — bu jamoa bo’lib fikrlashdir, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo’lib ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.


Yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida ta`lim berishning ma`nosi shuki, yangilikka intilgan holda darsni mahorat bilan o’tish qobiliyatidir. Bunda an`anaviy ta`limdan farqli o’laroq, ta`lim oluvchining mustaqil fikr yuritishiga keng imkon beriladi. O’quvchilarning dars jarayoniga, fanlarga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishda quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin: “Aqliy hujum” metodi — o’qituvchi o’quvchi egallashi kerak bo’lgan mavzuni oddiydan murakkabga tomon bosqichma-bosqich loyihalab beradi; “Tarmoqlar” metodi — o’quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan; “3×4” metodi — o’quvchilarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, ta`lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta`rif bera olishiga qaratilgan; “Blits-o`yin” metodi — harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma`lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan



Chet tillarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarning darsda faol ishtirokini ta`minlash uchun zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, interfaol va didaktik o’yinlar hamda mashq turlarini qo’llash har bir mashg’ulotning yuqori samaradorligini ta`minlashga xizmat qiladi. Til o’rgatish pedagog-o’qituvchilardan katta mehnat va mahorat talab qilgani holda, avvalo o’quvchini shu fanga qiziqtira olish zarur. O’yinlar o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash bilan birga ulardagi tezkorlik, ziyraklik va topqirlik jihatlarini ham rivojlantiradi. Shuningdek, dars davomida quyidagi o’yin turlaridan foydalanib, o’quvchilar qiziqishi va faolligini oshirish mumkin: Last Man Standing (Oxirgi qolgan odam). Bu o’yin tezkor o’yin hisoblanadi. Lekin o’quvchilarga o’ylash uchun biroz vaqt beradi. Bu o’yin birgalikda o’rganishga undaydi, ya`ni boshqa o’quvchilar so’zlayotganida qolgan o’quvchilar o’zlari so’z o’ylayotgan bo’lishadi. O’yinni o’ynash uchun sizga koptokcha kerak bo’ladi va hamma o’quvchilar doira shaklida turib olishlari kerak. Birorta mavzu tanlashingiz kerak bo’ladi. Masalan: Things found in a kitchen, food, profession va hokazo [3]. Pictionary. Ko’pchilik ingliz tilida so’zlashuvchilar Pictionary, rasm chizish o’yini bilan yaxshi tanish. Rasm chizish maqsadi uchun siz oddiy doska yoki oq magnit doskadan foydalanishingiz mumkin. Sinfni 2 guruhga bo’lib va har bir jamoa uchun doskadaning bir tomonida jadval chizing. Siz jamoalarning ballarini shu yerga yozib borasiz. A jamoadan bir kishi chiqadi. Va ko’pgina teskari o’girilgan so’zlardan bittasini tanlaydi va shu so’zni doskaga chizib beradi va boshqalar topishi kerak bo’ladi. Charades. Charades o`yini Pictionary o’yiniga o’xshash lekin asosiy farqi bunda so’z ifodalash uchun rasm emas harakatlardan foydalaniladi. Bu o’yin o’quvchilaringiz sust, zerikkan va uyqusi kelgan vaqtlarda juda qo’l keladi [4]. Xulosa. Pedagogik interfaol usullarning yana bir afzal tomoni shundaki, guruhdagi barcha o’quvchilarning birdek faol qatnashishiga, erkin va mustaqil fikr yuritishiga yordam berib, ularning ijod va izlanishga jalb etilishini, fanga bo’lgan qiziqishning oshib borishi hamda ta`lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi harakatini ta`minlaydi. Ta’lim tizimining oldida turgan asosiy vazifalaridan biri ham chet tillarni o’qitishda zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalaridan foydalangan holda ilg’or uslublarni joriy etish hisoblanadi. O’qitishdagi pedagogik interfaol usullar ham taraqqiyot omili bo’lib xizmat qiladi.


Adabiyot : SH. M. Mirziyoev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. T.:O’zbekiston 2017
. Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari. M.Kamoliddinov, B. Vahobjonov. O’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent, “Talqin” 2010.
Maktabgacha ta`limda metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi. N. N. Djamilova. O’quv qo’llanma. Toshkent 2017.
“Learning vocabulary by means of visualization”. / Ed. LV Bankevich. Leningrad: Publishing Mouse of Leningrad University, 1984.
Yüklə 21,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin