Hayvonlar populyatsiyasining etologik (xulqiy) xatti-harakat tuzilmasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
Populyatsiya (lotincha populus-so’zidan olingan bo’lib,xalq,aholi degan ma’nolarni bildiradi) atamasi XVIII asrning oxirlaridan boshlab,to 40-50-yillarga qadar biologiya fanida xar qanday individlar yig’indisi sifatida qo’llanib kelindi.Ekologik nuqtai nazardan esa populyatsiya deb uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan (yoki o’sadigan ) va bir turga mansub bo’lgan individlar yig’indisiga aytiladi.
Populyatsiya – tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashish reaksiyasiga ega bo‘gan, o‘z-o‘zini ishlab chiqaruvchi, bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiluvchi bir turga mansub har xil individlar majmuasidir. Bu o‘z-o‘zini boshqaruvchi ochiq sistema bo‘lib, tur mavjudligining elementar formasidir. Tabiatda turlar ikki guruhga ajratiladi.
Polimorf turlar - bir-biridan farq qiluvchi bir nechta populyatsiyalar mavjud bo‘ladi.
Monomorf turlar - bitta populyatsiyasi mavjud. Ikkala turlar populyatsiyasi ham har xil yashash muhitining tа’siri tufayli sodir bo‘ladi. Biologik polimorfizm qanchalik yaqqol ko‘zga tashlansa, individlar shuncha rang-barang bo‘ladi va tashqi muhitning ritmik va tasodifiy o‘zgarishlariga asosan moslashadi. Shu sababli mo‘tadil mintaqada tarqalgan turlar tropik, ekvatorial mintaqadagi turlarga nisbatan murakkab strukturaga ega. Doimo tor arealda yashovchi turlarga nisbatan keng doirada, akvotoriyada yashovchi turlar polimorf sanaladi.
Bir pupulyatsiyaga mansub individlar shu turning boshqa populyatsiya individlariga nisbatan bir-biri bilan erkin va oson chatishadi.Populyasiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidir.
Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan yana biri o’zini son jihatidan idora etishidir.Ayni sharoitda optimal songa individlarning saqlab turilishi populyatsiya gomeostazideyiladi.Yuquqoridagi ta’rifdan ko’rinib turibdiki,populyatsiya guruhli birlashma xisoblanadi.