Populyatsiya nima? Populyatsiya mohiyati va strukturasini o`rganish, tahlil qilish reja



Yüklə 36,58 Kb.
səhifə2/7
tarix18.05.2023
ölçüsü36,58 Kb.
#116469
1   2   3   4   5   6   7
Populyatsiya nima Populyatsiya mohiyati va strukturasini o`rganish, tahlil qilish

Populyatsiyalar mahsuldorligi

Populyatsiyalarning yuqorida sanalgan xususiyatlari ichida inson uchun eng ahamiyatlisi - ularning o‘z-o‘zini, biomassasini ishlab chiqarishidir. Bu xususiyatlar populyatsiyalarning mahsul-dorligi deyiladi. Ular tomonidan hosil bo‘lgan organik modda esa mahsulot hisoblanadi.


Organik modda qaysi organizmda, qanday formada shakl-lanishidan qat’iy nazar populyatsiyalar mahsuloti inson uchun turli –tuman amaliy ahamiyatga ega. Masalan, foydali organizmlar, foy-dasiz yoki zararli, mahsulot hosil bo‘lishining borishi, samara-dorligi va energetik xususiyatlari, populyatsiyalar spetsifikasi va yashash sharoitiga bog‘liq.
Har bir populyatsiya tarkibi, o‘rtacha statistik miqdori alohi-da belgilari ahamiyati bilan baholanadi. Shuning uchun ham har bir populyatsiya o‘zining ekologik qiyofasi (ekologicheskaya oblika) jihatidan har xildir.
Organizmlarning barcha tarkibiy xususiyatlari evolyutsiya jarayonida shakllangan adaptiv ahamiyatga ega. Shuning uchun ham populyatsiyalar tarkibi va ularning reaksiyasi (javobi) doimo tashqi muhit tа’siri bilan baholanadi.
Populyatsiyalarning moslashish imkoniyati hosil bo‘lgan alo-hida individlari imkoniyatlaridan ortiq bo‘lmaydi. Shuning uchun ham akademik S.S.Shvars tа’biri bilan aytganda «Populyatsiyalar o‘z taqdirini belgilar ekan, individlari fiziologik jarayonlarni ham boshqaradi». Populyatsiyalarda o‘limning oshishi bilan, “Biz oz qolayapmiz”- degan signal tarqaladi. Bu polpulyatsiyalarning hamma a’zolarini fiziologik koordinatsiyasi va strukturasini o‘zgarishni bir maqsadga qaratadi, u ham bo‘lsa bar-cha ekologik rezervlarni o‘z – o‘zini saqlab qolishiga yo‘naltirishdir.
Struktura va funksional xususiyatlari
Populyatsiyalarni tashkil etuvchi elementlar (organizmlar) va ularning muhitda tarqalishi sifat jihatidan o‘xshash emas.
Populyatsiyalarni tashqil etuvchi individlar: yoshi, jinsi, jinsiy balog‘atga yetishi va boshqa biologik ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Shuning uchun ham populyatsiyalar sturkturasi ularning sifati tarkibiga ko‘ra:
1.Yosh strukturasi;
2.Jinsiy strukturasi;
3.Generativ struktura va boshqalardan iborat.
Bularga qo‘shimcha populyatsiyalar strukturasi miqdori, zich-lik, muhitda taqsimlanish (xorologik) strukturalari ham xarakterli-dir.
Populyatsiyalar mavjudligining har bir davri uchun bir jins va yoshga mansub individlar morfofiziologiyasining har xil sifatda bo‘lishi biologik jihatdan muhimdir.
Strukturalarning barcha parametrlari harakatda bo‘ladi va doimo muhitning o‘zgaruvchan sharoitga qarab populyatsiya hola-tining optimal varianti tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Populyatsiyaning individlari bir-biridan yoshi,jinsi,xayot siklining turli fazalariga,beqaror guruhchalarga (poda,koloniya,oila….) mansubligi bilan farq qiladi.Populyatsiyadagi individlar soni xar xil turlar orasidagini emas,balki bir tur ichida xam xar xil bo’ladi.



Yüklə 36,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin