Texnik konstruksiyalash VA MODELlashtirishni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar va tashkiliy shakllar



Yüklə 21,61 Kb.
səhifə1/2
tarix28.12.2023
ölçüsü21,61 Kb.
#201011
  1   2
Texnik konstruksiyalash VA MODELlashtirishni o‘rganishda qo‘llan


3- mavzu: TEXNIK KONSTRUKSIYaLASh VA MODELLAShTIRIShNI O‘RGANIShDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR VA TAShKILIY ShAKLLAR


I. Ta’lim jarayonining yeng muhim komponentlari-uning tashkiliy formalari.


Oliy maktabni kayta kurish sharoitida konstruksiyalash va texnologik masalalarni xal qilish uchun ta’limning quyidagi formalari yeng samaralidir. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha Amaliy Mashgulotlar: brigada individual, zveno formalari va ularning turlari birlashmalari: xar xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va xokazolar.
Texnik kosntruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha Amaliy Mashgulotlar o‘quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil yetilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham kollektiv, ham individual ish turlarini uz ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil kilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini faol ongli va mustaxkam o‘zlashtirishi kuzda tutildi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta’limning frontal formasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog va talabalar uchun tegishli murakkablikdagi obektlarni tanlaydi. U konstruksiyalash bo‘yicha ta’limning frontal formasidan foydalanishda butun gruppani modellashtirishning faqat bitta obekti bilan shugullanishiga tayyorlaydi va bu tadbir buni tayyorlashga sarflanadigan vaqtni, texnik-texnologik hujjatlar xajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, uxshash mehnat usullarini ko‘rsatish va xokazolarni ancha kamaytiradi.
Talabalar bajarayotgan konstruktorlik-texnologik ishlar o‘zining murakkabligi va sermehnatligi bilan kollektiv bo‘lib, ishlashni takozo kilsa hamda bir-biriga va xarakteri jihatidan xar xil bulsa, Mashgulotini tashkil yetishning zveno formasidan foydalaniladi. ko‘pincha bunday hollarda murakkab bitta obekt bilan 2-3 nafar va bundan ko‘prok talaba shugullanadi.
Tayyorlanadigan obektlar uz mazmuniga kura bir xil va xarakteriga kura xar xil bulsa, texnik metodlashtirish konstruksiyalash bo‘yicha Amaliy Mashgulotni tashkil yetishning individual formasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli xar bir talaba individual topshirikni bajarishi pedagog uchun muayyan qiyinchilik tugdiradi. Chunki bunday Mashgulotlarda ko‘pincha ayrim talabalarga yozma instruksiyalar tayyorlashga va ular anna shu instruksiyalar bo‘yicha Yangi mavzu materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi.
Mashgulotni tashkil yetishning aralash formasidan modellashtirishning xar xil obektlarini bajarishda foydalaniladi. shularga kura maktab o‘quv ustaxonalaridagi texnik konstruksiyalash va modellashtirish Mashgulotining takiliy formalarini programmadagi urganilayotgan mavzuning mazmuniga, obektning xarakteriga ta’limiy-pedagog va ishlab chiqarish talablariga karab tanlanadi.
II. Bilimlarni to‘g‘ri idrok yetishlari va amalda ijodiy qo‘llashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni yegallashlari uchun didaktiva va prinsiplari va urganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining yeng samarali mktodlaridan foydalanish kerak. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikasiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi praktikasi uchun yeng ma’kuli uzaro boglik ikkita jarayon-pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yakkol namoyon buladigan-pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar klassifikasiyasidir. Bu klassifikasiya talabalarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy urinni yegallaydi.
Ijodiy faoliyat metodlarining anna Shunday klassifikasiyasi sifatida quyidagilar qabul kilinishi mumkin:
1. Problemali ta’lim metodlari – o‘quv materialini muammoli bayon yetish, izlanish suhbatlari, tadkikot metodi;
2. Ogzaki metodlar-ijldiy suxbat;
3. Ko‘rsatmalilik metodlari-rasionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli ijodiy ishlarni namoyish qilish;
4. Amaliy ish metodlari-talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash;
5. Nazorat qilish metodlari-ijldiy topshiriklarni tekshirish, texnik masalalarni hal yeti shva ularni nazorat qilish.
Bunda pedagogning vazifasi xar bir Amaliy Mashgulotda texnik ijodkorlikning turli metodlarini uygunlashtirib, talabalar o‘quv metodlarini chugur o‘zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir.
Texnik ijodkorlikning turli metodlari va ddaktik usullari o‘quv materialining mazmuniga va Mashgulotda hal kilinadigan didaktiv hamda tarbiyaviy vazifasiga karab xar xil yusinda kushib va uzaro boglab qo‘llanadi.
O‘quvchilarni ijodiy faoliyati jalb yetish bo‘yicha asosiy psihologik-pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga yega.
Hozir kator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manupulativ konstruksiyalash, ma’lumotlari kiskartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriklarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni kayta bajarish hayoliy yeksperimet, texnik vositalar (shu jumladan trinojerlar)dan foydalanib kam-kustlarni tuzatish kabilar. Anna shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini o‘stirish ularda texnik soxasidagi mehnatga kizikish uygotish imkonini beradi.
III. Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadkik qilish uslubi yevristik uslublar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalari yechish uslublari G.S.Alishuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan urganilgan bo‘lib, ular uz tadkikotlarida yevristik hamda tahliliy uslublar guruhini ajratib ko‘rsatadilar. Yevristik uslub vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga an’anaviy yondoshish quyidagi talablarda amalga oshiriladi: muammodan kelib chikuvchi masala shartnomani aniqlash; xususiy holl uchun muammoni tahlil kili shva maqsadni shakllantirish; masalani xal qilish rejasini to‘zish; rejani amalga oshirish va masalani kisman xal qilish; topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadkik qilish va mAkbulini tanlash, ijodkorlik masalalarini yechishning tahliliy uslubida muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini kurish kuzda tutiladi. Bu uslubda yechim aniqligi obekt yoki jarayon ko‘rsatkichlarining uni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model ko‘rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadkiki qilishning keltirilgan uslublarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish kadamlarini bir muncha soddalashtirish hamda subektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda ikki guruhga tegishli uslublardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab yetiladi.

Yüklə 21,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin