Kukrak qafasining ochiq va yopiq Shikastlalari



Yüklə 65.46 Kb.
tarix10.12.2016
ölçüsü65.46 Kb.
KUKRAK qafasINING Ochiq VA Yopiq ShIKASTLALARI

Kukrak qafasining shikastlanishlari uzining xar xil joylashuvi xamda ogir-engillik darajasi bilan farqdanibturadi. Kukrakning xar kanday shikastlanishida tashki nafasning buzilishi sodir bulib, uning chukurligi va ritmi uzgaradi.

Tashki nafasning xar xil ogirlikdagi uzgarishida yurak-qon tomirlar faoliyatining buzilishi kuzatiladi, ba'zan oshr upka-yurak yetishmovchilik sindromi rivojlanadi. Kukrak qafasi shikastlanishlarining ogir, xayot uchun xavfli bulishi anatomik-fmziologik sabablar mavjudligadadir. Bularga kuyidagilar kiradi: plevra varaklarining yengil jaroxatlanishi, plevra va upka ildizining yuqori reseptor sezgirliga plevra ichidagi manfiy bosimga, kukrak qafasi va upkaning uta rivojlangan tomir tarmogiga ega ekanligi. Demak kukrak shikastlanishlarida tashki

nafasning patofiziologik buzilishlari, kukrak qafasi devorlarida, plevra bushligida va upkada sodir bulayotgan uzgarishlar bilan bog-lik buladi. Kukrak qafasining teri ostiga, mushaklariga qon kuyshshshi bilan kechadigan yengil shikastlanishi xam, nafas olish chukurligini va ritmining buzilishiga olib keladi. Ogriq. natijasida kukrak qafasining ekskursiyasining cheklanishi kuzatiladi, bu esa upkani ekskursiyasi cheklanishiga olib keladi. Kuplab qovurgalar singanda kukrak kafasining bir butunligi buzilib, nafas funksiyasining ancha buzilishi kuzatiladi. Kukrak qafasining shikastlangan yarmida xarakat paradoksal xarakterga eta bulib, upka ventilyasiyasiga sezilarli ta'sir kiladi. Tinchlik davrida xamma shikastlangan bemorlarning 10% ni kukrak qafasi shikastlanganlar tashkil etib, ular travmalar ichida 3 urinni egallaydi. Kukrak qafasining yopiq shikastlanishlari ochyk shikastlanishlardan ancha (1:10)kupuchraydi. Kukrak shikastlanishlarini Ochiqva yopiqturlarga ajratib tasniflash maqsadta muvofiqdir.

KUKRAKNING Yopiq ShIKASTLANIShLARI

Kukrakning yopiq shikastlanishlari ogirlik darajasi buyicha uch guruxga bulinadi: yengil, urtacha oqirlikda va ogir. Nafas va yurak faoliyati buzilishi kuzatilmagan shikastlanishlar (nafas olish 1 minutda 25 tadan oshmaydi) yengil shikastlanishlarga kiradi. Nafas va qon aylanishining funksional buzilishiga olib kelgan (nafas olish 1 minutda 25-30) kukrakning shikastlanishi urta ogirlikdagi shikastlanishga kiradi. Nafas va qon aylanishining chukur buzilishi kuzatiladigan shikastlanishlar ogir deb xisoblanadi (nafas olish 35 va undan ortik, uta taxikardiya).

Yumshoqgukimalarning lat yeyishi yengil shikastlanishlarga kiradi. Agar lat yeyish keng qon kuyilishi (teri kuchishi bilan kechadigan) bilan kuzatilganda uni urta, ogir va xatto oshr shikastlanishlarga kiritish mumkin. Kukrak qafasi yumshoqtuqimalarining lat yeyishida kukrak qafasi ichida shikastlanishlar yuqdigiga ishonch xosil qilish kerak (upka ichi gematomasi, kust Oraliqgi gematomasi).

Masalan, upkaning lat yeyishi qovurgalar sinmay yumshokdukimalar lat yeyishida xam kuzatiladi, bulat eyishlar, kupincha, aniqlanmay qoladi. Kukrakning yumshok tuqimalari lat yegan soxada ogriqdi shish paydo buladi. Lat yegan joy bosilganda, xarakat qilganda va chukur nafas olganda ogriq. kuchayadi, bu qovurgalararo mushaklarga qon kuyilishi natijasida buladi.

QOVURGALAR SINIShI

Kukrakning xamma yopiq shikastlanishlarining 67% da qovurgalar sinishi kuzatiladi. 15 yoshgacha bolalarda qovurgalar sinishi, ularning xarakatchanligi ta elastikligi tufayli kamdan-kam uchraydi. 40 yoshdan keyin qovurgalar sinishi kup uchraydi, keksalarda ozgina shikast yetganda xam qovurgalar sinishi mumkin. IV-VII qovurralar sinishi kup uchraydi. Yuqori qovurgalar kalin mushak qavati bilan va yelka kamari suyaklari bilan koplangan, pastkilari esa uzining toqay qismining uzunligidan katta elastiklikxususiyatiga ega. Qovurgalar kupincha orka va urta qultik osti chizigi buylab sinadi.

Shikastlanishning tufidan-tugri mexanizmida mexaniq kuch ta'sir qilgan joyda bir yoki bir necha qovurga ichkariga, kukrak bushligi tomonga bukiladi. Bunda kupincha kostal plevra yorilishi va upka shikastlanishi mumkin. Qovurgalar shikastlanishining turridan-turri bulmagan mexanizmida kukrak kafasi shakli buzilib, qovurgalar kuch ta'sir qilgan joyning ikkalla tomonidan sinadi. Bunday shikastlanish mexanizmi kukrak kafasi ikkala tomondan ezilganda kuzatiladi (masalan, mashina borti bilan devor orasida, xoda bosib qolganda, avtomobil gildiragi bosganda). Bunday kuch ta'sir qilganda qovurgalar sinishi sodir buladi.

Qovurgalarning ikki yeridan sinishi (darchali) uta okir kechadi, bunda bir tomonda bir qovurga ikki eridan sinadi. Xarzkatchan "qovurga klapani" \osil buladi va uning paradoksal xarakati kuzatiladi. Nafas olganda kukrak qafasi kengayganda, kukrak qafasidan ajrab kolgan "qovurga klapani" soxasi ichkariga botadi. Chunki nafas olganda plevra bushliqida manfiy bosim buladi. Nafas chikarilganda kukrak kafasi kichrayib, plevra bushliqida musbat bosim xreil buladi, "qovurra klapani" tashqariga burtib chikadi. "Qovurga klapani"ning bu paradoksal xarakati upkaga x,am ta'sir qilib, uning normal vazifasini buzadi. Darchani ulchamlari kancha katta va serxarakat bulsa, xavo almashuvi shunchalik buzilib, bemorning ax,voli ogirrok buladi. "Darcha"ning kaerda joylashganligining axamiyati bor. Kukrak qafasining orqa tomonida joylashganda yengil kechadi, chunki mushak katlami kalinligi va bemor usha yerni bosib yotishi "darcha" xarakatini tabiiy ravishda cheklaydi.

Kukrak qafasining ikkala tomonida qovurgalar sinishi - ikki tomonlama sinish deyiladi. Ular kuplab qovurgalar sinishi, ikki yeridan sinishidan xam kuprok kukrak qafasining mustaxkamligini pasaytiradi. Bunda nafas olishning uta ogir buzilishi kuzatilib, kislorod yetishmovchiligi, kupincha plevral pulmonal shok rivojlanadi. Qovurgalar singanda kupincha plevra, upkaning shikastlanishi, kukrak qafasi devorlari va upka qon tomirlarining shikastlanishi kuzatiladi. Pnevmotoraks xosil buladi. Qovurgalari singan kukrak bushliqida ichki a'zolar shikastlanishi mumkin: 1-2taqovurga sinishi taxminan 12% bemorlarda, 3-4qovurga sinishi 35% atrofida, 6-8 - 80% da, 10 va undan ortik qovurga sinishi 100% bemorlarda uchraydi.

1xobirgalar singanda xar xil darajadagi ogriq, buladi. Bemor tinch yotganda ogriq. bir xil va past buladi. Nafas olinganda ogriq. uta kuchayadi. Ular chukur nafas olganda, yutalganda va kuchanganda kuchayadi. Ogriq. tufayli shikastlangan tomonda kukrak kafasining ekskursiyasi cheklanadi. Singan joyda shish va gematoma bulishi mumkin. Singan joyni paypaslaganda kattik ogriq.ni, ba'zan burtib turganini aniqlash mumkin. Singan joyda plevra shikastlangan bulsa, yutalganda Qon tuflashi, singan joyda yumshoqtuqimalar emfizemasi bulishi mumkin. Kukrak qafasi ikki kaft bilan kisilganda shikastlangan joydan tarxayotgan ogriq. boshqa joyda paydo buladi. Qovurga bulaklariningkisirlashini aniqlash tavsiya qilinmaydi. Plevra bushligida (timpanit) va suyuklikni aniq.lash uchun solishtirma perkussiyasi qilinadi. Auskultasiya yordamida nafas olish kanday utkazilishi upkani nafas olish-olmasligi, xirillashlarning bor-yuqligi, plevra ishkalanish shovkini aniqlanadi. Kukrak qafasining lat yeyishini qovurgalar sinishini aniqlash unchalik qiyin emas. Pnevmotoraks, gematoraks, upka yoki yurakning lat yeyishini aniqlash murakkab buladi. Qovurgalar sinishini, upkaning shikastlanishini (pnevmotoraks, gemotoraks) aniqlashda rentgenologik tekshirishning axamiyati katta, shuning uchun kukrak shikastlanganda, albatta, rentgenologik tekshirish utkazish kerak

TUSh SUYaGINING ChEKLANGAN SINIShI

Tush suyagini sinishi kup uchramaydi. Tush soxasiga tugridan-tugri zarba berilganda yoki bosilganda sodir buladi. Kuprok sopi bilan tanasi birlashgan joyida sinish yuz beradi, odatda tana qismi orqaga siljiydi. Tush singanda oldingi kuks Oraliqgi kletchatkasiga qon kuyilishi kuzatiladi. Bunda nafas olganda va paypaslaganda kuchayadigan kagtik ogriq, nafasshshg qiyinlashuvi, \avo yetishmasliga, sianoz, ba'zan butilish kuzatiladi. Singan joyda shish, shakl buzilishi va gematoma aniqlanadi. Yondan olingan rentgenogrammada bulaklarning siljishi natijasida tushning shakli buzilganligi aniqlanadi. Odatda, singan tush suyagi bulaklari oldingi -orqaga siljiydi. Bunda distal bulagi esa oldinga va pastga siljigan buladi. Bulaklarning yonga siljishi juda kam uchraydi. Tushning sinishi, qovurgalarning sinishi, umurtkalarning shikastlanishi bilan birga bulishi mumkin.

Shuningdek yurak shikastlanishi mumkin, shuning uchun kukragi ogir shikastlangan bemorlarda elektrokardiogramma kshshnishi kerak Miokard lat yeyishi klinikasi perikard yetishmovchiligi yoki infarqtga uxshab utishi xam mumkin. Perikard bushligiga qon kuyilganda yurak tonlarining buzilishi, chegaralarining kengayishi, rentgenogrammada yurak shaklininguzgarishi aniqlanadi.

Kukrakning yopiq shikastlanishlarida ba'zan yurakning lat yeyishi kuzatiladi va yurakfaoliyatiningjiddiy buzilishi bilan bemorning ogir axvolda bulishiga sabab buladi. Yurak shikastlanganda morfologik uzgarishlardan perikard va miokardga qon kuyilishi, ba'zan ularning yorilishi aniqlanadi. Bunda klinik belgilari xar xil buladi. Shikastlanishdan keyingi birinchi soatlarda diagnostikasi qiyin, chunki kukrak kafasi devorlarining plevra va upkani shikastlanish belgilari birinchi urinda turadi. Lekin taxikardiya, yurak faoliyatining ritmi va utkazuvchanligi buzilib, ekstrasistoliya, gipotoniya kuzatilishi vrachni diagnoz quyishda chukurrok fikrlashga yullaydi. Yuragi lat yegan bemorlarning rangi okargan, ba'zan akrosionoz, x.ansirash buladi. Yurak chegaralarining kengayishi va yurak tonlarining bugikdigi aniqlanishi mumkin. Elektrokardiografiya ma'lumot beruvchi diagnostik usul bulib, unda ritmi va utkazuvchanligi buzilishining xar xil turlari, R va T tishlari pasayishi, T tishining ikki fazaliligi va inversiyasi kuzatiladi. Kukragi lat yegan va bitta qovurgasi singan bemorlarga birinchi vrachlik yordami berish analgetiklarni qilish bilan chegaralanadi. Kukrak qafasining xarakatini cheklaydigan xech kanday boglamlar kuyilmaydi. Yoshi 60 dan oshgan shaxslar shikastlanish xarakteri va okirlik darajasidan kat'iy nazar travmatologik bulimlarga junatilishi shart. Kukrak shikastlanib nafas olishning ogir buzilishi kuzatilganda uning sababini aniqlash, shuningdek yukori nafas yullari utkazuvchanligini aniqlash kerak Yuqori nafas yullarining utkazuvchanligi buzilganda ularni tozalab, xavo utkazuvchi nay quyish kerak Ba'zan birinchi vrachlik yordamini berishda traxeyani intubasiya qilish, nafas olishiga yordam berish va boshqariladigan nafas oldirish, kislorod berish kerak bulib koladi.

D a v o l a sh. Kukrak qafasining yopiq shikastlanishlarida kupincha qonservativ usullar qullaniladi. Kukrak kyafasi lat yeganda ogriqni qoldiradigan dorilar (novokain blokadasi, analgin) tayinlash bilan kifoyalaniladi. Ogriq. uzoq, vaktgacha yuqrlmasa fizioterapiya qullaniladi. Teri ostida, mushaklar orasida gematomalar bulsa, ularni punksiya qilinib olib tashlanadi. Ivib kalgan klonim katta bulmagan kesmalar orqali olinib, kesmalar qayta tikib kuyiladi. Qovurgalar singanda xozir xech qanday boglam qullanilmaydi. Chunki ularning uzi buzilgan kukrak kafasi ekskursiyasini yanada cheklab kuyadi. Qovurgalarning asoratsiz sinishida singan joylarni kayta (2-3 marta) novokain (1% - 10 ml) blokadasi qilish keng tarqalgan. Ular ogriqni olib, kukrak qafasining normal ekskursiyasi tiklanishiga imqon beradi. Nafas olish chukurlashib, upka ventilyasiyasi yaxshilanadi, bu esa shikastlangandan sunggi pnevmoniya rivojlanishining oldini oladi. Qovurgalar singanda 4-5 kun turmay yotish tavsiya qilinadi. Balgam chikaruvchi dorilar va nafas gimnastikasi orkali davolash usullari belgilanadi. Siniq, 3-4 xaftada bitadi. Mexnat qilish kobiliyati 5 xaftadan sungtiklanadi. Kup qovurgalar singanda singan joyni novokain blokadasi qilishdan tashqari, 0,5% novokain eritmasi bilan paravertebral blokadasi xam qilinadi, u singan qovurgalarda yuqori va pastda joylashgan qovurgalarni xam uz ichiga oladi. Nafas olishning ogir buzilishi A.V.Vishnevskiy buyicha vagosimpatik blokadasi uchun kursatma xisoblanadi. Vagosimpatik blokadaning texnikasi. Shikastlangan chalkanchasiga yotadi. Kukrak ostita bolishcha kuyiladi. Blokada qullanadigan tomonda qul tanaga yaqinlashtirilib, tos tomonga tortiladi, bunda yelka usti pasayadi. Bosh iloji boricha karama-karshi tomonga buriladi. Tashki buyintirik venasi tush-umrov-surgichsimon mushagining orqa chekkasi bilan kesishgan joyda tuqimalarni vrach chap quli panjasi bilan bosadi. Bunda buyin a'zolarining ichkariga surilib, ularning tasodifan shikastlanishining oldini oladi. Bosib turgan II barmogidan ingichka igna bilan teri ichiga novokain yuborib, "limon krbigi" xosil qilinadi. Keyin igna uzunrok va yuqonroshga almash-tirilib, ogriqsizlantirilgan teriga tikiladi. Asta-sekin 2-3 ml novokain eritmasini yuborib, ignani umurtkaning oldingi yuzasiga karab, chukurga va bir oz yuqoriga yunaltiriladi. Qon tomirga tushib qolganini uz vaktida aniqlash uchun bir necha marta shpris porsheni orqaga tortilishi kerak shprisda qon paydo bulishinp kuzatib turish kerak Ignani chukurga sachib, tush-umrov-surrichsimon mushagi KININING orka varagini teshib utgach 30-50 ml 0,25% li novokain eritmasi qon-tomir-nerv tutami soxasiga yuboriladi. Eritma buyinning qon-tomir-nerv tutamini yuvib, adashgan va simpatik nervlarni, ba'zan diafragmal nervni xam blokada kiladi.

Vagosimpatik blokadasi tugri qilinganligining belgisi Gorner uchligining paydo bulishidir: korachikningtorayishi, yuqori qovokning osilib tushishi, kuz sokdasini botishi (mioz, ptoz, enoftalm).

Qovurgalari singan bemorlar joyida yarim utirgan xolatda bulishlari kerak Simptomatik davolashdantashqari, oksigenoterapiya, balgam chikaruvchilar, ingalyasiya qilish va boshqalar tavsiya qilinadi.

D a v o l a sh. Tush suyagi singanda, odatda, qonservativ usul bilan davolanadi. Singan joyiga 1% li 1 -15 ml novokain eritmasi yuboriladi, tush orqasi blokadasi xam qilinadi. Suyak bulaklari ancha siljib ketganda umurtka pogonasining bel va pastki kukrak qismlarini orqaga bukib repozisiya qilinadi. Bunga bemorni shitli yotokxa yotkizilib, kuraklar orasiga bolishcha quyish bilan erishiladi. 1,5-2 \aftadan sung bulaklar joyiga tushadi. Solishning iloji bulmaganda Ochiq repozisiya kilinib, bulaklar kesishgan 2 ta Kirshner kegayi lavsan ipi bilan yoki Sokolov buyicha SRKCh-22 apparati yordamida metall choklar bilan maxkamlanishi mumkin. 3 xaftadan sung bemorning urnidan turishiga ruxsat beriladi. Bu vaktda suyak kadoga xosil buladi. Mexnat qilish krbiliyati 4-6 xaftadan keyin tiklanadi.

PNEVMOTORAKS

Upka va plevraning yirtilishi pnevmotoraks bilan asoratlanadi. Pnevmotoraksning kuyidagi turlari farqlanadi: cheklangan - upka 1\3 xajmga ezilganda; urta - upka 1/2 xajmiga siqilganda va katta - upka tuliq siqilib qolganda. Bu xolda kuks Oraliqgining siljishi kuzatiladi. Pnevmotoraks klinik umumiy belgilariga karab diagnost i-k a qilinadi: nafas bugilishi, taxikardiya, yumshoq tuqimalar emfizemasi, shikastlangan tomon perkussiya qilinganda timpaniq tovush bulishi, auskultasiyada nafasning pasayishi yoki yuqrlishi. Pnevmotoraks diagnozi rentgenologik tekshirishda tasdiklanadi. Rentgen tasvirida upkaning zxar xil darajadagi kollapsi, upka maydoni tinikligining oshishi, upka tasviri yuqligi aniqlanadi. Kukrakning yopiq shikastlanishidagi pnevmotoraksning eng ogir turi - bu ikki klapanli pnevmotoraksdir. Bunda uz vaktida kerak bulgan vrach yordami kursatilmasa, ulim bilan tugashi mumkin. Klapanli pnevmotoraksda asta-sekin plevra bushligiga \avo suri.pib boradi. Nafas olish paytida yirtilgan upka tuqimasi orkali yoki shikastlangan bronx orqali x,avo plevra bushligiga utadi, nafas chikarilganda esa plevra bushligida bosim oshganligidan klapan beqilib, xavo kaytib chikmaydi. Xar gal nafas olish bilan birga plevra bushligida xavo mikdori oshib borib, natijada tula kollapsga va kuksni siljishini oshirib, sogupkani xam siqilishiga olib keladi. Yepik klapanli pnevmotoraksda upka shikastlangandagi umumiy belgilaridan tashqari, oshib borayotgan bugilish (tula asfiksiyagacha), taxikardiya va yumshoq tuqimalar emfizemasi xam buladi.

GEMOTORAKS

Plevra bushligiga qon kuyilish manbai kukrak qafasi devori xamda upka qon tomirlaridir. Plevra bushligiga kuyilgan qon oldin ivib qolib, bir necha soatdan sung kupincha "erib" plevra bushligida suyuklik xolatida buladi. Bu defibrinlanish va qisman fibrinoliz bilan bogliq. buladi. Plevra qon tuplanishiga ekssudasiya bilan javob berib, qonning suyuklanishiga olib keladi. Shuning uchun plevra bushligiga kuyilib, tez orada ivib dolgan qon yuqorida aytilgan sabablarga kura suyulib ketadi. Ba'zan plevra bushligiga kuyilgan qon ivigan xrdda qoladi. Bunday gemotoraks ivigan deb ataladi. Plevra bushligiga kuyilgan qon mikdoriga karab kichik urta, katta gemotorakslar farqlanadi.

Plevra bushligiga kuyilgan qon mikdori 500 ml dan oshmaganda kichik gemotoraks deb xisoblanadi. Plevra bushlishdaga bu mikdordagi qon klinik belgilariga karab aniq/]anmaydi. Kichik asoratsiz gemotoraks 10-12 kunda uz-uzidan surilib ketishi mumkin. Urta gemotoraks - plevra bushligiga 500 dan 1000 ml gacha qon kuyiladi. Bunda perkussiya va auskultasiyada perkutor-tovushning kiskarishi va kukrakning pastki burchagida nafas eshitilmasligi kuzatiladi. Katta gemotoraks - plevra bushligiga 1000 ml va undan kup qon kuyiladi. Bu perkutor tovushning oldinda 2-3 qovurgalar orasigacha, orqada butun upka maydonida tumtoklashishi bilan xarakterlanadi.

Davolash taktikasi rejasini belgilashda plevra bushligiga kuyilgan qon mikdorini aniqlashdan tashqari, uning turini aniqlash xam muxim. Gemotoraksning kuyidagi turlari farqlanadi:

1) oshib borayotgan gemotoraks plevra bushligiga qon kuyilishi davom etayotganda;

2) barkarorlashgan gemotoraks - plevra bushligiga qon kuyilishi tuxtaganda;

3) ivimagan gemotoraks - plevra bushligidagi qon suyukxolda;

4) ivigan gemotoraks - plevra bushligada ivigan qon;

5) infeksiya tushmagan (yiringlamagan) gemotoraks;

6) infeksiya tushgan (yiringlagan) gemotoraks, piotoraks.

Kukrakning yopiq shikastlanishi bir vaktda pnevmotoraks va gemotoraks - gemopnevmotoraks bilan asoratlanishi mumkin. Plevra bushligada bir vaktning uzida xavoning qon bilan birga bulishi davolash natijasini yomonlashtiradi. Bunday lollarda yiringli yalliglanish asoratlari gemotoraksdagaga nisbatan 10 barobar kup uchraydi. Kukrakning yopiq shikastlanishida upkaning lat eyishi kam emas, unda upka ichi gematomasi xosil bulishi mumkin. Upkaga qon kuyilishi xajmiga karab upka ichi gematomasi segmentniy, bulagini yoki butun upkani (total gematoma) egallashi mumkin. Bunda upka butunlay ishdan chikadi. Upka ichi gematomasi kupincha aniqdanmaydi. Lekin uning borligi kukrak shikastlanishi natijasida katta axamiyatli buladi, chunki total gematoma bulishi bemor xayotiga xavf tugdirishi mumkin. Upka ichi gematomasini shikastlanishdan keyingi birinchi soatlarda aniqlash juda qiyin buladi. Uning borligiga kukrak shikastlangandagi umumiy belgalaridan tashqari, yugalgandan sung qon tuflash, perkutor tovush va auskultasiyada nafasning yuqligi tasdiklaydi. Klinik belgalariga karab gemotoraksni upka ichi gematomasidan ajratish juda qiyin, chunki ularning umumiy va maxalliy belgilari bir xil buladi. Rentgenologik tekshirish va plevra bushligining diagnostik punksiyasiga asosan diagnozni aniqlash mumkin. Kukrakning ogir yopik; shikastlanishlarini davolash Kukrak kafasining ogir shikastlanishlarida, ayniqsa, plevropul-monal shok bilan bulganda, nafas olish va yurak-qon tomirlar faoliyatini tiklashga xaratilgan tezkor reanimasion muolajalar utkazish kerak Reanimasion muolajalar kompleksiga (yigindisiga) intubasiya qilish, apparat bilan nafas olishga utkazish, oksigenoterapiya, novokain bilan blokadalarning kerakli barcha turlarini qilish kiradi. Kursatma bulganda plevra bushligi punksiya qilinib, u yerdan qon va xavo chikariladi. Yuqori nafas yullari surilib tozalanadi, qon va qon urnini bosuvchi suyukdiklar kuyiladi. Agar katta gemotoraks yoki taranglashgan klapanli pnevmotoraks kuzatilsa, tezkor torakotomiya qilinishi kerak Upka tuqimasi yirtilganda davolash taktikasi shikastlanish xarakteriga va darajasiga bogliq. buladi. Kukrakning yopiq shikastlanishlarida ularning asosiy belgilari teri osti emfizemasi, qon tuflash va ogir shikastlanishlarda gemopnevmotoraks bulib xisoblanadi. Plevra bushligidagi xavo va qon tula chikarilishi kerak Bu bilan upkaning yozilishiga erishiladi. Plevra bushligidan qon va ekssudatni chiqarish, aspirasiya qilish uchun uni punksiya qilinadi. Punksiyani odatda UP-USh qovurgalar orasidan, urta yoki orqa qultikosti chizigi buylab qilinadi (246-rasm). Plevra bushligidagi xavoni chiqarish uchun punksiya P-Sh qovurgalar orasidan urta umrov chizigi buylab, bemorning utirgan x,olatida qilinadi. Bunda igna teshigi kerakli darajada katta bulishi va upkaga rezina naycha kiygizilib, kiskich bilan kisilgan bulishi lozim. Agar jumrakli naycha qullanilsa yana xam yaxshi buladi.

Jane shprisi yoki elektr surgich yordamida aspirasiya qilinadi. Punksiyadan oldin punksiya kilinadigan joy ma?alliy ogriqsizlantiriladi. Katta bulmagan, barkarorlashgan gemopnevmotorakslarda bir marta aspirasiya qilinib, plevra bushligini qon va xavodan tozalash mumkin. Agar buning iloji bulmasa, kayta punksiya qilinib, upka tula yozilguncha plevra bushligi tozalanadi, natijasi rentgenologik tekshirilib boriladi. Agar plevra bushlishga qon qayta tuplansa, bu qon kuyilishi davom etayotganini biddiradi. Qonningyangiligani aniqlashda Ruvilua-Greguar sinamasi qullaniladi. Buning uchun surib olingan qonni probirkaga kuyiladi. Yangi qon tezda ivib qoladi. Plevra bushligida bir necha soat davomida qolgan qon ivimaydi, bu qon okishi tuxtaganini bildiradi. qon okishining davom etayotganligini aniqlash uchun periferik qondaga va punktatdaga gemoglobin mikdori aniq,1anadi. Agar periferik qondagi va punktatdagi gemoglobin mikdorlari teng yoki bir oz farqi bulsa, qon okrshi davom etayotganligi x,akdsa dalolat beradi. qon ok?shi davom etib, tezda oshib borayotgan gemotoraks kuzatilganda tezkor torakotomiya qilish kerak Operasiya vaktida qon okish manbai aniqlanib, qon okishi tuxtatiladi. Klapanli pnevmotoraks hollarida bemorlarga yordam berish va reanimasion muolajalar utkazishdan oldin plevra bushligi punksiya qilinib, xavo chiqarilishi kerak Agar punksiyadan sung plevra bushligida qayta xavo tuplansa, unga Byulau (247-rasm) buyicha doimiy drenaj urnatilishi yoki plevra bushligidagi xavoni elektr surgich yordamida aspirasiya qilib turish kerak Klapanli pnevmotoraksni doimiy aktiv aspirasiya qilish usuli bilan davolashda yaxshi natijalarga erishish uchun aseptika qoidalariga rioya qilish, sistemasining tula germetikligini ta'minlash, asta-sekin tula aspirasiya qilish va doimiy manfiy bosimni xosil qilib, uni ushlab turishdadir. Agar 3-5 kun ichida axvol yaxshilanmasa va plevra bushligiga xavo kirishi davom kilsa, kechiktirsmay torakotomiya qilinib, ichki klapan bartaraf qilinishi kerak Drenaj naychasidan doimo bosim ostida xavo chikaversa, bu yirik bronx yoril-ganidan dalolat beradi. Uni berkitish uchun faqat jarroxlik usuli talab kdli-nadi. Operasiya xajmi upka tekshirilgandan keyin aniq lanadi. Kupincha upka yoki bronx jaroxati tikiladi.

KUKRAKNI TEShIV KIRGAN ShIKASTLANIShLAR

Beshta bemordan xar bittasida kukrakning teshib kirgan shikastlanishlari plevropulmonal shokning oshr formalari bilan kuzatiladi. Utkir nafas yetishmovchiligi, yurak qon tomirlar faoliyaganin buzilishi rivojlanib, terminal xolatga ugish xavfi tugaladi. Kukrakning teshib kirgan shikastlanishi buyicha ulgan bemorlar soni 20% ni tashk?il kiladi. Bemor ulimiga utkir qon yuqrtish (50% dan kuprok) plevropulmonal shok (20%) va infeksion asoratlari (11%) sabab buladi. Kukrakningorirshikastlanishlarigajaroxatlanib Ochiq pnevmotoraks bulgan xollar kiradi. U kupincha plevropulmonal shok bilan asoratlanib, ulimga olib kelishi mumkin. Ochik pnevmotoraksga paradoksal nafas olish va kuks Oraliqgi a'zolarining bil?illab turishi xarakterlidir. Ochik pnevmotoraks belgilari dan biri kukrak qafasidagi jaroxatning kdoralari ochilib, nafas jarayonida xavoning kirib-chiqib gurishidir. Bunday jaroxatlar "suruvchi", chiyillovchi deyiladi. Ba'zan bunday shovkinlar fak;at chukur nafas olganda, yutalganda paydo buladi. Bemorning rangi

okdrgan, bezovtalangan, bir oz kukargan bulib, kukragidagi ogriqdan, yutaldan shikoyat kiladi. Nafas olish tezlashgan, yuzaki. Tomir urishi tezlashgan, qon bosimi pasaygan. Ochiq pnevmotoraksda kursatiladigan birinchi yordam jaroxatga okklyuzion boglam quyish, kislorod berish, yurak fao-liyatiga ta'sir kiladigan dorilar qilish va tezlik bilan davolash muassasalariga evakuasiya qilishdan iboratdir. Davolash muassasalarida bunday bemorlar darxrl operasiya qilinishi shart. Operasiya vaktida jaroxat yaxshilab birlamchi jarroxlik ishlovidan ugkazilishi, shu jaroxat orqali yoki kerak bulsa, kushimcha kesma qilinib, plevra bushligi keng ochilishi kerak Plevra bushligadan kuyilgan qon olib tashlanib, qon okishi tuxtatiladi va upka reviziya qilinadi. Upka jaroxatining jarroxlik ishlovini uziga xosligi buladi. upka jaroxati kesib kengaytirilmaydi va odatda chekkalari kesib olib tashlanmaydi. Undan qon laxtalari, yot jismlar olib tashlanadi. Shikastlangan mayda tomir va bronxlar boglanadi. Jaroxatga quruq antibiotiyuto qilinib. ipakchoklao kUyilibtikiladi. Agar Ochiq pnevmotoraksda kukrak devoridagi mushaklarning kemtigi bulib, jaroxatni ikki kator chok kuyib tikishning iloji bulmasa, 1-2 qovurgani rezeksiya qilinadi yoki yonidagi mushaklardan oyogchali transplantat olinib, plastika qilinadi. Xozirgi davrda kukrakning teshib kirgan shikastlanishlarini davolash kuyidagi tamoyillarga asoslangan:

plevra bushligida bulgan narsani aktiv aspirasiya qilish (xavo, qon, ekssudat);

upkaning erta yozilishiga erishish va shu xolda saqlab qolish; odatdagi joydan (VII-VIII qovurgalar orasi) plevra bushlirini drenajlash; - xavo yullarini sanasiya qilish (traxeya va bronxlardan qon va shillik moddani surib olib turish);

aniq, kursatmalar buyicha operasiyalar kdtosh.

Kukrakning teshib kirgan shikastlanishlariga uchragan bemorlarning 90% da plevra bushligi erta, aktiv aspirasiya qilish usuli qullaniladi. Plevra bushligini aktiv aspirasiya va drenajlash usuli kuyidagi qoidalarga asoslanadi:

erta qullash;

plevra bushligida tuplangan narsani asta-sekin tula aspirasiya qilish;

aseptikaga tula rioya qilib, plevra bushligi yiringlab ketishining oldini olish (antibiotik va antiseptiklarni yuborish);

kat'iy germatizasiyaga erishish, punksiya va drenaj qilishni utkazish;

plevra bushligida fiziologax darajada (2-4 mm suv. ust.) manfiy

bosim yaratib, shu xolda ushlab turish.

Kukrakning yopiq va teshib kirgan shikastlanishlariga uchragan bemorlarning 5-10% jarroxlik yordamiga muxtoj bulishadi.

Kukrak qafasining kuyidagi ochik; teshib kirgan jaroxatlari tezkor operasiya qilishga kursatma buladi:

yurakningjaroxatlanishi;

Ochiqpnevmotoraks;

plevra bushligiga davom etayotgan qon okishi;

aktiv aspirasiya qilish usuli yordam bermagan taranglashgan

klapanli pnevmotoraks;

ivib qolgan gemotoraks;

upkani katta ogir shikastlanishi.

Kukrak qafasini yopiq shikastlanishidan keyingi davrda eng kup uchraydigan asoratlari: pnevmoniya,

upka abssessi, plevrit va plevra emfizemasi xisoblanadi. Ular 8-10% xollarda uchraydi. Bu

asoratlarningrivojlanishida yomon okibatlarga olib keladigan sabab avvalo ogir shikastlanishidir. Unga qovurgalarning kuplab sinishi, upkaning lat yeyishi (upka ichi gematomasi), gemotoraks, pnevmotorakslar kiradi. Kukrakning shikastlanishlarida plevra bushligidagi qon va xavoni aktiv aspirasiya kdpish yordamida gemopnevmotoraksni erta yuqrtish, upkaning tula yozilishini ta'minlash, bronxlarni sanasiya qilib, upkada ventilyasiyani va gaz almashuvini yaxshilash, upka kushimcha ventilyasiya kilinib, keng ta'sir spektriga ega bulgan antibiotiklarni kullash, antibakterial terapiya utkazib, fizioterapevtik davolash omillarini (UFO, UVCh) kullash va immunitetni oshirib, posttravmatik asoratlar sonini kamaytirishga erishiladi.

ELKA KAMARINING ShIKASTLANIShLARI

Elka kamarining suyak asosi - kuraklar, umrov va uni urab turgan mushaklardan tashkil topgan. Yelka kamarining boylam apparati va mushaklar xisobiga kukrak qafasi bilan mustaxkam alokasi qullar funksiyasi uchun muxim axamiyatga ega. qul uchun bu xarakatchan tayanch keskin xzrakatlarda va travmada tashki tazyiklarda uziga xos amortizator bulib xizmat kiladi. Mushak kavati bilan yaxshi yashi-ringan xarakatchan kurak nisbatan kam shikastlanadi (tayanch - xarakat apparatidagi xamma sinishlarning taxminan 0,9-1,5%). Mushaklar bilan kam ximoyalangan va kukrak qafasiga kurakka nisbatan birmuncha qattiq,birikkan umrovning boylam apparatidagi va suyakning uzidagi shikastlanishlari kuprok ruy eradi (boshqa shikastlanishlarga Karaganda 12-18%).

KURAKNING SINIShI

Odatda, kurak tanasining sinishi qattiq kuchdagi zarb tekkanda yuz beradigan bevosita travma bilan bog-lik Kurak tanasining sinishi ostida joylashgan qovurralarning shikastlanishi bilan birga uchrashi mumkin. Yelkaning tashki qismi bilan yiqilganda qullar tugri turganda kurakning buyin qismi yoki bukim chukurchasi sinadi. Bevosita shikastlanishda kurakning akromial yoki tumshuksimon usimtasi sinadi. Umrov chiqqanda tumshuksimon usimta sinishi boylam apparati tez xarakatlanganda xuddi ajratib olinganday buladi. Tumshuksimon usimta chukdisining fragmenta pastga siljib uzilishi ikki boshli mushakning qisqa boshchasi va tumshuksimon - yelka mushagi keskin kuchlanganda yelka bugimi chiqishi bilan birga ruy beradi.

Rentgenologik jixatdan sinish xarakteri buyicha kurak tanasi va burchaklari, yelka va tumshuksimon usimtalar, kurak suyagi, kurak buyni sinishi, bugim chukurchaligining majaklangan sinishlari farqilinadi Kurak buyni sox;asidagi sinish uchun suyak siniqlarining surilishi xos. Kul bugim maydonchasi bilan pastga va oldinga siljiydi. Bu-ning natijasida shikastlangan tomonda kurakning yelka usimtasining shishib chiqishi va tumshuksimon usimtaning ichiga kirishi kayd etiladi. Simptomatikasi yelkaning oldinga chiqishiga uxshash. Undan farqli ravishda chiqishda kuzatiladigan passiv xarakatlarda pruji-nasimon karshilik bulmaydi. Singan soxani paypaslashda kurakning orqa yuzasida va qultik osti chukurchasida kattik ogriq. buladi. Rentge-nologik tekshirishda shikastlanishning xarakteri tugrisida aniq, axborot olinadi. Xamma shubxali x.ollarda kurak singanini istisno qilish uchun rentgenografiya qilish shart, chunki kurak sinishlari aniq, klinik simptomlar yuqligi sababli, kupincha, aniqlanmay koladi. Ba'zan sinish xarakterini aniqlash uchun nostandart proeksiyalarda suratlar olishga tugri keladi.

D a v o l a sh. Kurak sinishlarini davolashda tanadan uzoqlashtiruvchi fiksasiyalovchi boglamlar kuzganish (standart shinalar, torakobraxial gips boglamlar) umumiy tamoyil xisoblanadi xarakat qilganda ogriq. aniqlanadi; pay-paslashda suyak kirsillashi eshitiladi. Yelka usimtasining sinishi umrov tashki uchining chiqishi bilan uchraydi. Tumshuk simon usimganing sinishidan ikki boshli mushak boshchasining tortilishi oqibatida oirikkuchayadi. Tumshuksimon usimganing siljishi akromial-tumshuksimon va tum-shuksimon-umrov boylamlari birga shi-kastlanganda ruy beradi. Kurakning past-ki, yuqori-ichki burchaklari, tanasining buylama va kundalang sinishlari, odatda, singan bulaklarining jiddiy surilishi bilan utmaydi. Bularni singan joydaga ogriq. va shish paydo bulganidan aniq.-lanadi. Kurak atrofida mushaklarning kup-ligi kator xollarda lat yeyish bilan sinish urtasida solishtirma tashxis utkazishni qiyinlashtiradi. Suyak si-niklari kupincha kurak buyni soxasi singanda suriladi. Bugim chukurchasidan sinishlar yelka bugimidagi xarakatlarda keskin ogriqlar bilan tavsiflanadi va bugimda qon tuplanib qolishiga olib keladi (gemartroz).

Qulni tanadan uzoqlashtiruvchi shina yelka bugimida 90°gacha burchak ostida bulishi kerak tirsak burimi 90°-100°ga, yelka bugimida 30°gacha buqilganda yelka bugimida mushaklar uchun bushashgan xolat vujudta keladi. Yelka kamaridan sinishni fiksasiya qilish uchun singan joyni 20-30 ml 1-2% novokain eritmasi bilan ogriqsizlantirish zarur. Yozuvchi shinalarda davolashda panja, bilak-kaft va tirsak bugimlari uchun LFK boshlashga imqon beradi. Kuragi singan bemorlarda suyak siniqlari surilmagan bulsa, mexnat krbiliyati 4-6 xafta utkach tiklanadi. Kurak buyni singan va suyak kuchgan bulsa, qulni tanadan uzoqlashtiruvchi suyakni tortib davolanadi. qul SITO shinasiga kuyiladi. Uning kanday turganligini tez-tez tekshirib turit kerak: yelka 90° burchak ostida, frontal tekislikdan 110° orqa tomonda bulishi, tirsak bugimi 90°gacha burchakda bukilishi lozim. Tortish kuchi suyaklarning surilishi, yelka kamaridagi mushak-larning kuchiga bogliq.va go'k 1,5 /sgdan to 3,5-4 /sggacha buladi. Suyakdan tortish usulidan tashqari qul repozisiyasi xam ishlatiladi. Birinchi kunlardan boshlab bilak-kaft va tirsak bugimlari uchun LFK utkaziladi. Yelka bugimida xarakatlarga 4 xdftadan sung ruxsat beriladi. Me?nat kobiliyati urta xisobda 1,5-2 oy utgach tiklanadi. Agar davolash tugri olib borilgan bulsa, yelka bugimi tulikdajmda ishlaydi.

UMROV SUYaGINING ChIKIShI

Umrov suyagining chiqishi \amma suyak chiqishlarining 3 dan 15% gacha bulgan qismini tashkil etadi. U umrov boglov apparata uzilganda ruy beradi. Odatda umrov 25 dan 45 yoshgacha ishga layokatli erkaklarda kuzatiladi. Umrov suyagi asosan bilvosita travma asosida sodir buladi. Boglam apparatining shikastlanish darajasiga kura umrov chiqishlari tuliq va notuliq turlarga bulinadi.

T a sh x i s. Umrov suyagi tush oldi yonidan chikd.anda umrov-tush birikma-sining assimetriyasi aniqlanadi. Shi-kastlangan tomonda umrovning ichki tomoni tush yuqori chiqib turadi, yelka usti qisqaradi. Tush orqasi chiqqanda bu simptom, ayniksa, yaxshi bilinadi (107-rasm). Paypaslaganda tush suyagi bilan umrov suyagi birikkan joyda chukurcha aniqlanadi. Yelka bugimidagi ogriqdan xarakatlari chegaralangan. Umrov suyaganing tush qismidan chiqishini faqat jarroxlik yuli bilan davo-lanadi.

Umrov suyagining distal qismi-dan chiqishi akromial ustida va akromialdan pastda bulishi mumkin:

birinchisida umrov kurakning akromial usimtasidan yuqoriga, ikkinchi xolda kurakning akromial usimtasidan pastga suriladi. Akromialdan pastga chiqish kamdan-kam uchraydi, keyinrokbiz umrovning akromialdan yuqorida yuz beradigan chiqishini kurib chikamiz. Bunday chiqishda boylam appa-rati, albatta, shikastlanadi. Umrovning distal uchi kurakka ikkita: akromial-umrov va umrov-tumshuksimon boylamlar fiksasiyalangan. Bu boylamlarning shikastlanishiga kura umrov akromial uchining tuliq va notuliq (chala) chiqishi farq.qilinadi. Chala chiqqanda faqat akromial-umrov boylami, tuliq chiqishda esa akromial-umrov va umrov-tumshuksimon boylamlar uziladi. Klinik jixatdan chala chiqish umrov tashki uchinin oz-moz chiqib turishi, x;arakatlarda va paypaslaganda bitishma soxasida ma?alliy ogriq, kuzatiladi. Umrov suyagi tuliq chiqishining uziga xos belgilari yelka tepa qismining kiskarishi, umrov tashki uchining zinapoyasimon turtib chiqishi, uning oldingi-orqa yunalishda kuchishi, "klavish" musbat simptomi xisoblanadi, bunda umrovning akromial uchi bosilganda u uz joyiga osongina utadi: agar bosish tuxtatilsa, umrovning tashki uchi klavish kabi yuqoriga kutariladi va avvalgi xolatiga keladi. Bu simptomni soglom tomon bilan takkrslab tekshirish lozim. Shikastdan sung2-5 kunlarda sinchiklab kuzdan kechirilganda deltasimon-tush egat sox,asida tumshuksimon usimta tagida qon kuyilganini paykash mumkin.

Rentgenologik tekshirish ma'lumotlarini, odatda, tashxis tasdiklab beradi. Rentgenografiyani, albatta, bemorning vertikal xolatida oldingi-orka proeksiyada utkaziladi. Rentgenografiya chala va tuliq chiqish urtasida solishtirma tashxis utkazilganda, ayniksa, kimmatli ma'lumotlar beradi. Bunday x.ollarda ikkala akromial-umrov birikmalarini simmetrik rentgenogramma qilish lozim. Shikast-langan va soglom yelka tepasining akromial-umrov birikmasi bugim chukurchasining kengayganligiga axamiyat beriladi, bu akromial-umrov boylami uzilganidan dalolat beradi. Umrovning tashki uchi va kurak akromial usimtasi bugim yuzalarining surilishidan tashqari, tashki uchining chiqishi uchun kurakning tumshuksimon usimtasi bilan umrovning pastki yuzasi urtasidagi masofaning uzaygani (0,5 sm dan kupga) xos. Bu simptom tumshukrimon-umrov boylami, binobarin umrov tashki chetining tulik chiqishi uchun patogaomonik xisoblanadi.

D a v o l a sh. Umrov suyaganing tashki cheti chikken bulsa, uni joyiga solish oson. Buninguchun 10 ml 1% novokain eritmasibilan ogriqsizlantirilgandan sung qulni 90° burchak ostida tirsak bugimida bukish, yelkani tepa-orqaga va, ayni vaktda, ikkinchi qul umrov suyagi-ning akromial tomoniga bosish kerak Umrov suyagini joyiga solingandan keyin uni shu xolatda ushab turish goyat qiyin buladi. Sunggi vaktlarda fiksasiyaningxar xil usullari ishlatiladi: SITO, Kojukeev standart shinasi, Shimbareskiyning vint pressli boglami (109-rasm). Salniqov buyicha "portupeya" boglam kurak va umrov maxkam ushlab turadi va shikast-langan boylamlarning yaxshirok bitib ketishiga imqon beradi. Uni quyishning birinchi bosqichida qulni 90° burchak ostida buqilgan tirsak bugimini tanaga fiksasiya qilinadi. Sungra chiqqan suyak joyiga solingandan keyin umrovning tashki cheti tepasiga "partupeya" tipidagi gips longeta kuyiladi, bu kurakni va umrovning tashkoy chetini ushlab turadi. "Partupeya" borlaminingchekkalari kukrak qafasidagi borlamning tagida qoladi va egilibtepaga chikadi, bundan oldingi boglamga kushilib ketadi. Bokpamningtortish kuchi kamaygan sayin uni alishtiribturiladi. Bemorni tez-tez kuzatib turish kerak chunki tayanch nuqtalarida (umrov suyagining tashki cheti, tirsak usimtasida) kupincha yotokyaralar xosil buladi. Odatda, bunday x.ollarda chiqish takrorlanadi. Bunday usullar chala chiqishlarda qullaniladi. Umrovning tuliq chiqshlarida jarroxlik amaliyoti bajarilib, uni dastlabki 7 kun mobaynida utkazgan ma'kul. Shu maqsadda lavsan lentasi bilan umrov-tumshuksimon boylami plastika qilinadi va akromial-umrov birikmasini metalldan yasalgan kegay bilan fiksasiya qilinadi.

Operasiyadan keyinga davrda qulni tanadan uzoqdashtiruvchi SITO shinasi bilan 4-5 xafta muddatga fiksasiya qilinadi. 2-3-kundan boshlab barmoqdar, bilak va tirsak bugimlari uchun LFK tayinlanadi. 5-xaftada shinani qultik ostiga valikli boglam quyish bilan almashtiriladi. Metall fiksatorni jarroxlik usulidan 6-7 x.afta utgandan sung olib tashlanadi. Bemor odatda 7-8 xaftadan keyin mexnatga layokatli buladi.

UMROV SUYaGINING SINIShI

Umrov suyagining sinishi tayanch-xarakat apparatining boshqa sinishlari orasida taxminan 15-18% ni tashkil kdladi. Umrov suyagi, kupincha, unga tugridan-tugri zarbtushganda sinadi (bevosita), birok umrov bilvosita shikast mexanizmida, ya'ni umrov uki tomon tazyik bulganda sinadi. Shikastning bevosita mexanizmida - yelka bugimining tashki yuzasiga, chuzilgan xolatdagi qulga yiqilishda, yelka bugimlari yon tomonlaridan bosilganda - kuch ogirligi 5-simon buqilgan umrov buylab tarqaladi. Uni keskin bukish eng nozik qismi - urta va tashki uchdan bir qismi urtasidagi chegarada sinishiga olib keladi. Bevosita shikast mexanizmida sinish parchalangan, kundalang, kiyshik-kundalang buladi. Shikastning bilvosita mexanizmida kupincha kiyshik va kiyshik-kundalang sinishlar uchraydi. Siniqlarining tipik surilishi kiyshik va kiyshik-kundalang sinishlarda ruy beradi. Urtadagi markaziy singan bulak tush-umrov-surshcheimon mushakning qisqarishi natijasida tepaga va orqa tomonga kuchadi. Umrovning tashki (periferik) bulagi qulning massasi ta'siri ostida pastga va oldinga tomon kuchadi. Bolalarda suyak ustki pardasi ostidagi sinishlarda, kupincha, burchagi pastga Ochiq bulgan deformasiya vujudga keladi. Umrovning tashki cheti singanda periferik parcha kurakning akromial va tumshuksimon usimtalar bilan boglangan xrdda qolishi, umrovning yuqoriga siljigan markaziy bulagi esa umrovning akromial cheti chiqishiga uxshab ketishi mumkin.

Ayrim xollarda siljigan bulaklarning kirralaridan plevra, tomir-nerv tutami, yopiq sinishdan Ochiq sinishga utadigan teri krplamlari shikastlanishi mumkin.

T a sh x i s. Umrov sinishiga tashxis quyish qiyinchilik tugdirmaydi. Singan joyda ogriq,, aktiv xarakatlarningcheklanishi, ayniqsa, ogriq.tufayli qulni yozish va tepaga kutarishning qiyinligiga shikoyatlar buladi. Bemor qulini yelkaga kuyib tirsagi bilan kukrakka yaqinlashtiradi. Singan joy kuzdan kechirilganda nisbatan kupincha deformasiya borligi (shish, qon kuyilishi, suyak bulaklarining turtib chiqishi) aniqlanadi. qul yelka bugimi bilan birga ichkariga yunalgan, pastga va oldinga tushirilgan. Yelka tepasi shikastlangan tomonda qisqa tortilgan, umrov usti chukurchasi tekislashgan. Kurakning medial cheti va uning pastki burchagi teri osti kletchatkasidan kurinib turadi. Suyak usimtalaridan kurakning medial chetigacha bulgan maso-fa soglom tomondagiga nisbatan bir-muncha katta. Bemorni tekshirish shikastlan-gantomondaga nervlar, tomirlarni tekshirish va rentgenografiya bilan yakunlanadi.

D a v o l a sh. Umrov sinishlarini davolash usuli asosan sinish xarakteriga bogliq.. Suyak ustki pardasi ostidan sinishlarni "yashil novda" tipi buyicha va suyak bulaklari surilmagan sinishlarni fiksasiya qiladigan boglamlar bilan utkaziladi. Bolalarda immobilizasiya muddati 2 dan 3 \aftagacha, kattalarda 4 xaftagacha. Bog-lam kuyshsdan oldin singanjoy 10-15 ml 1-2% novokain eritmasi bilan ogriqsizlantiriladi. Bulaklari surilgan umrov sinishlarida singan joyni 15-20 ml 1-2% eritma bilan ogriqsizlantirilgandan keyin bulaklar joyiga kuyiladi. Buning uchun bemorni kursiga boshini shikastlangan tomonga engashtiib utkaziladi. Assistent tizzasi bilan kurak orasiga yoki burchagiga tiralib, ikkala qulini yelkaning tepasiga kuyadi va yelka bugimini orqaga-tepaga va oz-moz yuqoriga suradi (111 -rasm). Jarroq shu xolatda siniqlarni joyiga soladi. Odatda bu qiyinchilik tugdirmaydi, birok fiksasiyaning 250 dan ortik taklif qilingan usuli borligiga karamay bulaklarni kerakli xolatda ushlab turish goyat qiyin. Burchak deformasiyasi bilan utadigan umrov sinishlarini davolashda Chijin ramkasi yaxshi yordam beradi. Kuzminskiy shinasi umrov sinishlarini qonservativ davolash uchun juda kulay xisoblanadi, u yelka kamarini kutarib, eng yuqori xolatda ushlab turadi. Uzoq, vakt urinda yotishni talab kiladigan ogir jaroxatla-nishlarda bemorni qattiq tushakli yotok chetiga yotkiziladi yoki kuragi orqasiga va kuraklararo bushliq.ka kattik yostik kuyiladi, kz'l yotokdan pastga va orka tomonga osilib turadi. Bir kun utgach, tirsak bugimi tagiga bolishchasi bulgan kursi kuyiladi. Bemor shu vaziyatda 2-3 xrfta yotadi.

Umrovni jarroeushk yuli bilan davolash muayyan kursatmalarga ega, ular mutlak va nisbiy turlarga bulinadi. Mutlak kursatmalar kuyidagilar:

- Ochiq sinish;

- umrovning tomir-nerv dastasi shikastlanishi bilan asoratlangan yopiq sinishi;

- nerv chigalining bosilishi;

- bulaklari suyakka tik joylashgan va tomir-nerv dastasining shikastlanish xavfi bulgan bulaksimon sinish;

- bulakning utkir uchidan teri perforasiyasining yuz beris xavfi;

- interpozisiyaning xar xil turlari (suyak suyak ustki pardasi) kiradi.



Nisbiy kursatmalarga bulaklarni boglam yoki shina bilan joyiga solingan xolatda ushlab turib bulmasligi kiradi.

Kupincha, umrovning retrograd usul bilan intramedullyar osteosintezi utkaziladi. Operasiyadan keyingi davrda qulni 4-5 xaftaga SITO shinasi yoki torakobroxial boglam bilan fiksasiya qilinadi. Mexnat qilish krbiliyati 1,5-2 oy utgach tiklanadi.
: uum2 -> uum-travma -> 03-Amaliy-qism -> maruzalar -> узб -> текст -> 4%20курс%20дав%20ва%20ТПФ
узб -> Travmatologiya-ortopediya, hdj va neyrohirurgiya kafedrasi
4%20курс%20дав%20ва%20ТПФ -> Travmatologiya-ortopediyaning rivojlanish tarixi. Suyak sinishlarini diagnostika va davolash usulari
03-Amaliy-qism -> O’zbekiston respublikasi o’rta maxsu va oliy ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
03-Amaliy-qism -> ” Mavzusi bo’yicha keys-stadi Shodiev A. I. Ushbu keys, tibbiy texnologiyani o’quv jarayoniga olib kirish zarurligi, tibbiyot fanlardan, «travmatologiya va ortopediya»
03-Amaliy-qism -> O'zbеkiston sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta'limni takomillashtirish markazi toshkеnt tibbiyot akadеmiyasi «Tasdiqlayman»




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə