5-mavzu: Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalar.


O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning tashkiliy jihatlari



Yüklə 124 Kb.
səhifə2/8
tarix05.12.2023
ölçüsü124 Kb.
#174010
1   2   3   4   5   6   7   8
5-mavzu Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilg‘or xo

O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning tashkiliy jihatlari. Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ta’lim mazmunini tashkil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir-birlari bilan shunday uzviy aloqadaki, ulardan birini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Xo‘sh, nimani nimadan boshlash kerak? Ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda savol tug‘iladi: nimani (qanday mazmundagi o‘quv materialini) o‘rganmoqchisiz yoki o‘rgatmoqchisiz? O‘rgatish ham, o‘rganish ham asosiy maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim ob’ekti va oxirgi natija mahsuli bo‘lmish ta’lim mazmuniga bog‘liq. Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos usullari bilan farq qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchiga bog‘liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur - bu o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham “pedagogik texnologiya”, “didaktik texnologiya”, “ta’lim texnlogiyasi” atamalari qatoridan “pedagogik innovatsiyalar” atamasi ham mustahkam o‘rin olmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan tarzda o‘rgatish, o‘rganishda ta’lim mazmuni asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun ham, o‘z oldimizga Davlat ta’lim standartlarini yaratish birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yildi. Bu vazifaning uddasidan chiqdik. Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanib, har bir ta’lim muassasalariga, har bir o‘quvchiga yetkazildi. Endigi vazifa shu standartlarni tezroq hayotga tatbiq etish mexanizmini yaratishdan iborat. Biroq, e’tirof qilish kerakki, hali Respublikamizda yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’lim innovatsiyalarini to‘plash, ular ichidan faoliyatimizda eng ko‘p samara beradiganlarini tanlash, tajriba-sinovdan o‘tkazish va qo‘llash- joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim (mexanizm) shakllantirilmagan edi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun9, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ishlab chiqilgan umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish, qo‘llab - quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart-sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki, Davlat ta’lim standartlari o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal daraja bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi. Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan. Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan.
Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda:

  • ta’lim sohasidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlarning bajarilish nazoratini yuritish;

  • pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy asoslarini yaratish zarur.

Buning uchun:

  • “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga, tatbiq etish, Davlat ta’lim standartlari va dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish;

  • ta’limni boshqarish mahalliy organlari va o‘quv muassasalarining umumiy tashkiliy pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borish;

  • pedagogik tajribalarning borishini analitik tahlil qilish, umumlashtirish, ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

  • pedagogik texnologiyalarni kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va joriy etuvchilarni o‘quv ishini tashkil qilish shu masalaga oid seminarlar o‘tkazish, treninglar tayyorlash choralarini ko‘rish;

  • pedagogik texnologiyalarni rivojlajtirish haqida tegishli ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turish.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari- bu o‘quvchilar bilim saviyasining minimal darajasini belgilaydi, bu darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun ma’lum izlanish hamda tashabbus lozim, pedagogik innovatsiyalarni yaratish, shuningdek, ularni boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham pedagogik iinovatsiyalarni izlab topish. o‘rganish, tahlillar ostida eng ko‘p samara beradiganlarini tanlab olish va ularni amaliyotda qo‘llash tartibini belgilab beradigan tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, buning uchun, innovatsiyalar haqida aniq ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish zarur bo‘lib, buni shartli ravishda innovatsiyalarni “to‘plash” jarayoni deb qabul qilamiz. Innovatsion yangiliklarni to‘plovchilar jadvalga ko‘ra vazirlik tizimida yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalarni qo‘llash bilan uni to‘plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi “Pedagogik matbuot” asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik xodimlarga ularni yetkazish, ularning taklif va mulohazalarini olish, tajriba-sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi. O‘ylaymizki, ta’lim texnologiyasi va pedagogik innovatsiyalarga bunday tizimli yondashuv Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyatini olib borishga halaqit beradigan psixologik to‘siqlarni umumlashtirib yangilik kiritishlarga o‘qituvchilarning ko‘proq qarshilik bildirishini keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish zarur:
1. O‘zgarishning maqsadi o‘qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning ikki ma’nosi xavotir va noma’lumlikni keltiradi. Noma’lumdan qo‘rquv har qaysi yangi usulga o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin.
2. O‘qituvchilar yangilikni kiritishda rejalashtirish va ishlab chiqarishda qatnashmaganlar.
3. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy usuliga rioya qilish.
4. Yangi usullarga sub’ektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari.
5. Ish xajmining ko‘payishi rahbar o‘qituvchilar faoliyatida o‘zgarishlarni rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi.
Yangilik kirituvchi tashabbuskor odam hurmat va ishonchga ega bo‘lmasa. Afsus, ko‘pincha o‘qituvchilar loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu insonning hurmati past bo‘lsa, pedagog uning qadrligiga qaramay, bu odamga ishonchsizligi uning g‘oyasiga o‘tkaziladi. O‘qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning axloqiy munosabatiga qarab mulohaza qilish mumkin. Agar ijodiy faollik asossiz va mavjud qadriyatlarga e’tiborini qaratmasa, demak bu faollik juda xavfli. Yosh o‘qituvchining bilim berishi va kasbiy faoliyatida ijodiy rivojlanishi uchun ko‘p variantli yechimlarga olib boruvchi mashqlarni topmaganlar. O‘quvchilarga ularning ijodiy faoliyatidagi ma’nosini umumiy yo‘nalishlarini anglashga yordam berish, o‘z imkoniyatlarning rivojlanishini bilish. Bunday tushunchasiz ijodiy faoliyatni kuchaytiradigan mashqlar o‘yin sifatida o‘zlashtiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan maslahatlar erkin muloqotda, fikr-almashuvda, ijodiy bahslashuvda eksperimental ish jarayonida bo‘lib o‘tishi mumkin. Misol uchun qobiliyatlar rivojlanishining natijasini ko‘rib chiqamiz: “Shuni ko‘rib o‘tish kerakki, hozir nimalarni mulohaza qilsa, uni hammasini tushunarmikan..? Nimaga u o‘z qarashiga meni ishontirmoqchi?”. Menimcha: “ma’lumotlarim yetarli emas: yetmagan to‘lato‘kislarni bilib olsam, yaxshi bo‘ladi... U nohaq deb aytyapmanmi yoki ochiqchasiga o‘z munosabatimni bildiryapmanmi? Bu holda men ishonchliroq tarzda o‘z fikrimni o‘zgartirishim kerak”. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantiish metodlarini va mazmunini didaktik izlash bilim va usullarni shakllantirishga olib keldi. Shunday tadqiqiy mo‘ljal o‘quv jarayoniga pedagogik yondashuvni o‘ziga xos tarzda yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Bu esa o‘z o‘rnida ta’limning maqsadi yosh o‘qituvchilarda yangi tajriba, kasbiy – tadqiqiy faoliyatda yangi bilimlar bilan qurollanishni, rolli va o‘xshatish kabi modellashlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Bolalar tomonidan mazmunan ma’lumotlarni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shakllarga murojaat qilamiz. Talim modellarining misollar orasida biz muammolarni tizimli yechim asosida ijobiy izlanishning tashkillashtirishni bahslashuv va didaktik o‘yinlarini ajratamiz. Sanab o‘tilgan modellar orasida biz didaktik va rolli o‘quv o‘yinlariga alohida e’tibor qaratamiz. Didaktik o‘yinlar metodikasining asosiylari ularning tizimida o‘rnatilgan 4 bosqichni ajratsa bo‘ladi. Orientatsiya – o‘rnatiladigan mavzuning tasavvuri, o‘xshatilishi va uning qoidalar harakteristikasi, o‘yin mulohazalarining bayoni, o‘yin o‘tkazishda uning sahnalashtirishi, o‘yin mazmunining detallarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Sahna – bu o‘yinning tashkiliy va syujetli sxemasi, umumiy rejasi ekan.

Yüklə 124 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin