5-Mavzu: Tarbiya texnologiyalari reja



Yüklə 24,13 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü24,13 Kb.
#191567
1   2   3   4
5-Mavzu Tarbiya texnologiyalari reja

2. Tarbiya texnologiyasining mazmun mohiyati
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan avlod va mutaxassislarning ma'naviy shakllanishiga alohida e'tibor qaratilgan.
Ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga ilg‘or milliy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va boshqalar qo‘yilishi kerak. Ularni tashkil qilish, o‘tkazishda tarbiya texnologiyalaridan yoki interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarda o‘z yurtiga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, oilaparvarlik, kasbiy fidoyilikning shakllanishiga yordam beradi.
Tarbiyadagi birinchi qarama-qarshilik — insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo‘luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar o‘rtasida yuzaga keladi. Erkinlikni cheklovchi avtoritar jamiyat iste'dodlarni so‘ndiradi, odamlarni buzadi, iltifotli mansabdorlarga va befarq rasmiyatchilarga,ishlab chiqarish jarayonining bir ortiqcha qismiga, ijtimoiy hayotda to‘siqqa aylantiradi. Demokratik jamiyat esa moddiy-texnik bazasini rivojlantira borib, turli ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirib, har bir inson shaxsining ijtimoiy hayot talablariga mos va o‘zida mavjud tabiiy kuch, iste'dod va qobiliyatlarga nisbatan rivojlanishiga haqiqiy sharoit yaratadi.
Tarbiyaning ikkinchi qarama-qarshiligi — bolaning faol tabiati, uning ijtimoiy hayotda, turli munosabatlarda, muomalalarda ishtirok etishga intilishi bilan hayot jarayonida amaliy, haqiqiy ishtirok etish uchun tajriba, bilim, malaka va ko‘nikmalari etishmasligi va uning tabiiy hamda ijtimoiy yetuk emasligi o‘rtasida kuzatiladi. Ushbu qarama-qarshilik bolalar uchun idrok etishga, tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga haqiqiy harakatlantiruvchi kuch, rag‘bat hisoblanadi. U bolani faqat tarbiyaviy o‘zaro munosabatlar ob'ekti sifatida emas, balki sub'ekti sifatida ham ijtimoiy hayotda ishtirok etishga ta'lim-tarbiyaviy tayyorlashga sabab bo‘ladi.


3. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish
Tarbiya tizimining rivojlanishi uchta jarayonning rivojlanishida aks ettiriladi: ijtimoiylashtirish, o‘zini tarbiyalash va kasbiy ta'sir ko‘rsatish. Bu jarayonlar uch asosiy sub'ektlar shaxsi bilan shakllanuvchi — jamiyat, individning o‘zi va pedagogning bir ob'ekt bilan o‘zaro munosabatlari davomida amalga oshiriladi.
Ularning tadqiqotlaridagi asosiy vazifa — individlarni ijtimoiy muhitga moslashtirish hisoblanadi. Bu konsepsiyaga «yangi insonparvarlashtirish» tarafdorlari qarshi chiqadi. Ular ijtimoiylashtirishda o‘z qobiliyatlari va layoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o‘zini amalga oshirishi va o‘zini namoyon etishiga to‘sqinlik qilayotgan elementlarni tanqidiy yengishni ko‘radilar.
Biroq, birinchi holatda, ma'lum tarzda ishlab chiqilgan muhitga ta'sir ko‘rsatish to‘g‘risida gap yuritilayotgan bo‘lsa, ikkinchi holatda, «ijtimoiylashtirish va shaxs» tushunchalarini to‘la adashtirish sodir bo‘lmoqda. Ta'lim tizimidagi ijtimoiylashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning o‘zini tarbiyalash bilan almashtirishga, tarbiyachi kasbiyligiga esa shakllanayotgan shaxsning mustaqilligini ta'minlash vazifasini yuklatishga harakat qilinmoqda.
Birinchi nuqtai nazar ijtimoiy hayot taraqqiy etgan asoslarni qayta ishlab chiqish muammosiga e'tiborni kuchaytiradi, ikkinchisi esa, madaniy ijodkorlik shaxsni ijodiy qobiliyatlariga erkinlik berishga qaratilgan. Ma'lumki, bu ikki qarama-qarshi nuqtai nazarlardan birortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini takomillashtirishga olib kelmaydi. To‘g‘ri, shaxs ichki dunyosini ijtimoiy manfaatlar bilan to‘la bog‘lab qo‘yishga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Lekin baribir jamiyat insonga ta'sir ko‘rsatadi va ta'sir ko‘rsatishni hisobga olmay bo‘lmaydi. Ijtimoiylashtirish -muhit, jamiyatning shaxsga ta'siri demakdir. Shu bilan birga, ta'sir ko‘rsatish shaxsning tashkil topishida juda zarur hisoblanadi. Jamiyat, umuman, alohida kuch —o‘ziga xos insoniy munosabatlar va o‘zaro aloqalardir. Bu narsalar bo‘lmasa, odam ham baribir muhitga juda moslasha oladigan hayvonligicha qoladi.
Muomalalar davomida yuzaga keladigan insonlar munosabatlari mana shu jamiyat demakdir. Biz ijtimoiylashtirish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, odam ham, guruh ham, biomuhit, kosmos ham inson ko‘ziga ko‘rinib va uning qalbida aks etib, maqsadga muvofiq bo‘lmasa ham, insonga maxsus emas, faqat tasodifiy (ko‘rinishi bo‘yicha, mohiyati bo‘yicha esa muqarrar va qonuniy) ta'sir ko‘rsatib shaxsni shakllantiradi. Haqiqatda ko‘zga ko‘rinmas ta'sir ko‘rsatish nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayon. Muhitning u yoki bu elementlari qachon, qanday ketma-ketlikda, qanday nisbatlarda shaxs bilan munosabatlarga kirishishini bilib bo‘lmaydi. Hatto ularning har birini aniqlash ham mumkin emas. Biroq muhit shaxs uchun shakllanib bo‘lgan dunyoqarashiga yot bo‘lgan faoliyat sharoitlari va tamoyillarini majbur qilishda quvonchni his etish qiyin bo‘ladi.
Ijtimoiylashtirish —bu shakllanayotgan shaxsning va uning kelajakda mumkin bo‘lgan shaklini belgilovchi birlikning o‘zaro aloqalari jarayonidir. «Insonparvarlashtirish» tushunchasi, ko‘pincha, ma'naviylashtirish doirasiga taalluqli deb tushuniladi.
Hozirgi kunda bu keng qo‘llaniladigan tushuncha, umumiy yo‘nalish ahamiyatiga ega. Insonparvarlashtirish asosiy vazifa sifatida qaralmoqda, uni hal etmay turib ijtimoiy taraqqiyot to‘g‘risida gapirish mumkin emas. Insonparvarlik — bu inson qanday bo‘lishi, uning mohiyati qandayligi to‘g‘risida o‘ylash va g‘amxo‘rlikdir. Bu o‘zini anglashdir va shu bilan bir vaqtda, mavjudlikni himoya qilishdir. Shaxsning qimmatini tasdiqlash, shaxsni faqatgina vosita sifatida qarashga har qanday urinishlarning muhimsizligi ifodasidir. Shundan so‘ng insonparvarlik shaxsni ijtimoiy shaxs sifatida qarashni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy hayotda sub'ektning barqarorligini ta'minlash mexanizmini shakllantirish — bu g‘oya demak.
G‘oyasiz, markazga intilgan yo‘nalish sub'ektning manna shu bilimlar tizimisiz, ijtimoiy fikr umuman mavjud bo‘lmaydi, ular markazga intilgan kuchlarni — entropiya kuchlarini, sub'ektning buzilishini yengish vositalari hisoblanadi. G‘oyalar doirasida asosiy ijtimoiy qadriyatlar to‘g‘risidagi bilim yuzaga keladi, ishlab chiqiladi. Bu bilimlar ma'naviy madaniyat shakllanishi uchun asos bo‘lib qoladi, uning yordamida g‘oya doirasida mavjud qadriyatlar uchun xos bo‘lgan egoistik aksent yo‘qotiladi, insonparvarlashtirish to‘g‘risida tasavvurlar shakllantiriladi.

Yüklə 24,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin