5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja



Yüklə 105,53 Kb.
səhifə12/23
tarix24.12.2023
ölçüsü105,53 Kb.
#193007
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadri-fayllar.org

Siyosiy kichik tizim. Rivojlangan ijtimoiy tizimga ega bo’lgan jamiyatda ijtimoiy, etnik va diniy tabaqalanishning kuchayishi muqarrardir. Mavjud mavqeidagi tub o’zgarishlardan kelib chiqadigan qarama-qarshi manfaatlarni ko’zlovchi ijtimoiy birliklar va guruhlar mavjudligi ularning o’rtasida siyosiy munosabatlar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Bu manfaatlarni muvofiqlashtirish zaruriyati jamiyat siyosiy tizimining tuzilishi va funksiyalarini belgilaydi. Siyosiy tizim jamiyatda siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlat va siyosiy tashkilotlar, institutlar va muassasalar majmuidir. Siyosiy tizim murakkab tuzilishga ega. Jamiyatda fuqarolarga nisbatan qonuniylashtirilgan majburlov choralarini qo’llash yo’li bilan o’zining siyosiy munosabatlarni tartibga solish borasidagi funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat siyosiy tizimning bosh elementi hisoblanadi. Davlat jamiyatning muhim ijtimoiy-siyosiy instituti bo’lib, muayyan hududda unga oliy hokimiyat vakolatlari beriladi. Bu vakolatlardan davlat odamlar, ularning guruhlari va birlashmalari xulq-atvorini boshqarish uchun foydalanadi. Davlatning asosiy belgilari:
1. Jamiyatdan ajratilgan xalq hokimiyati. Hokimiyat – bir sub’ekt (hokimiyat boshlig’i)ning o’z hukmi ostidagi fuqarolarga buyruqlar berish, ularning bajarilishi ustidan nazorat olib borish va ularni bajarishdan bo’yin tovlagan shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo’llash imkoniyati.
2. Suverenitet, ya’ni o’z mamlakati hududida oliy hokimiyatga to’liq egalik qilish va tashqi siyosatda mustaqillik.
3. Hokimiyat chiqargan qonunlar va uning vakolatlari amal qilinadigan hudud.
4. Butun aholi uchun majburiy sanalgan qonunlar va normalar qabul qilish mutlaq huquqi.
Madaniyat, uning tuzilishi va ijtimoiy funksiyalari. Madaniyat tushunchasiga turli lug’atlarda, faylasuflar va olimlarning asarlarida berilgan ta’riflarni taqqoslasak, ularning o’rtasida jiddiy farq mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bu tasodifiy bir hol emas. Madaniyat – shaxs va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi o’ta serqirra hodisa. Madaniyat nima, degan savolga javob topish u qay tarzda vujudga kelgan va turli, ayrim jihatlarga ko’ra esa bir-biriga zid madaniyatlarning mavjudlik sababi nimada, degan savollarga javobni ham nazarda tutadi.
«Madaniyat» atamasi arabcha «madina» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «shahar» degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa O’rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi shahardagi turmush tarzi va sivilizatsiya ne’matlari bilan bog’langan.
Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko’rinishida shakllangan. SHu bois, eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha ham yurtimizda ma’naviy madaniyat, go’zallikka intilish, san’atni qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg’onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. SHu davrda madaniyatni ma’naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san’at, falsafa, din bilan bog’lash odati paydo bo’lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui sifatida, ma’naviy faoliyat antik an’anasining davomi sifatida e’tirof etilgan. SHu ma’noda madaniyat tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o’rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan.
Ma’rifat davri faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil va o’ziga xos jabhasi sifatida qaraydilar. Ularning talqinida jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida aql, oqilonalik tamoyillarining qaror topishi madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi insoniyat oldiga umumiy ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarni qo’yish va ijtimoiy o’zgarishlarni o’ziga bo’ysundirishdan iborat. Ma’rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin bo’lgan narsalarni saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual, ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi, ya’ni nafaqat yaratishi, balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz kengaytirishi lozim edi. Ammo madaniyatning asl mohiyati, uning o’ziga xosligi inson aqlining mutlaq erkinligi sifatidagi ma’naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi.
Kant ko’nikma madaniyatini va intizom madaniyatini farqlaydi. Ko’nikma maqsadlarga erishish qobiliyatini, intizom esa – oqilona maqsadlar qo’yish va inson irodasini oqilona yo’l tanlash imkoniyatidan mahrum qiladigan mayllar tutqunidan xalos etishni nazarda tutadi. Kant madaniyat tushunchasini fan va san’at doirasi bilan cheklaydi. Fanda aql-idrokning qonunchilik kuchi, san’atda – tasavvurning mahsuldor kuchi jamlanadi. Ular ob’ektiv bilim va sub’ektiv sezgi kabi bir-biriga ziddir. SHunga qaramay Kant fan va san’at munosabatlariga bir-birini to’ldiruvchi munosabatlar sifatida qaraydi.
XIX asrda madaniyatga avvalo u yoki bu tipdagi jamiyat hayoti va uning o’z-o’zini tashkil etishidagi roliga ko’ra farqlanadigan qadriyatlar va g’oyalar tizimi sifatida yondashila boshlandi. Gegel madaniyatga mutlaq g’oya o’z-o’zini anglab etishining boshlang’ich va yakunlovchi (falsafa) bo’g’ini sifatida qaraydi. Gegelning bu nazariyasi XIX-XX asrlarning madaniyatga doir bir qator konsepsiyalarida tanqid qilinadi. Jumladan, «lokal sivilizatsiyalar» konsepsiyasida SHpengler xalqlar madaniyatiga o’z rivojlanish jarayonida vujudga kelish, ravnaq topish, tanazzulga uchrash va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadigan berk, betakror organizmlar sifatida qaraydi. SHpengler tarixiy jarayonning o’ziga xos uzlukliligi dalilidan madaniyatlarning ko’p sonliligi g’oyasini keltirib chiqaradi.
XX asrda madaniyatni o’rganish asosan etnografiya va ijtimoiy antropologiya doirasida amalga oshiriladi. XX asrning ikkinchi yarmida madaniyatning kommunikativ xossalari haqidagi tasavvurlar rivojlanadi, uning germenevtik talqini keng tarqaladi. Bu esa madaniyatning tuzilishi va xususiyatlarini o’rganish uchun asos sifatida tilga qiziqish kuchayishiga sabab bo’ladi.
Jumladan I. Karimov madaniyatni ma’naviyat bilan uzviy aloqadorligini asoslaydi. Uning fikricha “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.1
SHunday qilib, tarixiy jarayonda shakllangan madaniyatga doir rang-barang konsepsiyalarda mazkur hodisaning muhim xususiyatlariga tavsif beriladi. Madaniyatning hozirgi talqini mazkur tavsiflarni o’z ichiga oladi. Madaniyat tushunchasining mazmuni moddiy va ma’naviy qadriyatlar, ularni yaratish, ajdodlar tajribasini o’zlashtirib, undan yangi qadriyatlar yaratish uchun foydalanishga qodir bo’lgan insonni shakllantirish usullari tizimidan iborat. Madaniyat yaxlit bo’lib, ancha murakkab tuzilishga ega. Uning elementlari turli asoslarga ko’ra farqlanadi. Har qanday madaniyat:
- barqaror elementlar, ya’ni madaniy universaliyalarni;
- muayyan tarixiy sharoitda vujudga keladigan va yo’q bo’lib ketadigan o’tkinchi elementlarni o’z ichiga oladi.



Yüklə 105,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin