5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja



Yüklə 105,53 Kb.
səhifə5/23
tarix24.12.2023
ölçüsü105,53 Kb.
#193007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadri-fayllar.org

Ijtimoiy ong tuzilishi. Ijtimoiy ong murakkab tuzilishga ega. U ikki daraja: kundalik ong va nazariy ongni o’z ichiga oladi. Kundalik ong o’z tuzilishiga ko’ra turli jinslidir. U ajdodlar to’plagan mehnat faoliyati tajribasini, axloqiy me’yorlar, odatlarni, kundalik turish-turmush qoidalarini, tabiatni kuzatish natijasida shakllangan tasavvurlarni, dunyoqarashga doir ba’zi bir mo’ljallarni, xalq og’zaki ijodi (folklor) va hokazolarni o’z ichiga oladi. Kundalik ong asosan mehnatga, kundalik turish-turmushga va odamlarning ular bilan bog’liq bo’lgan yashash sharoitlari va munosabatlariga qarab mo’ljal oladi. Kundalik hayot, ya’ni faoliyat, odatlar va munosabatlarning uzluksiz takrorlanadigan shakllari kundalik ong mazmunini tavsiflovchi asosiy tushuncha hisoblanadi. U o’zining sinkretik xususiyati, mazmunan qashshoqligi, emotsiyalarga boyligi, stixiyaliligi va amaliyotga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Kundalik ongning bilish imkoniyatlari cheklangan: u hodisalar mazmunini teran anglashga, dalillarni tizimga solishga qodir emas. Nazariy ong kundalik ongga tayanadi, lekin uning tor doirasidan tashqariga chiqa oladi.
Mazkur darajalar ijtimoiy ong tuzilishini bilish harakatidagi uning ob’ektga muvofiqlik darajasi bilan farq qiladigan jihatlari sifatida tavsiflaydi. Ayni vaqtda ijtimoiy birliklar va guruhlar ma’naviy faoliyatining mahsuli sanalgan ijtimoiy ong ularning sub’ektiv qobiliyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Ijtimoiy ong manbalarining o’ziga xos xususiyatlari ta’siri ijtimoiy psixologiya va mafkurada aks etadi.
Ijtimoiy psixologiya. Ijtimoiy psixologiya tushunchasida o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy bo’lgan inson ruhiyatining namoyon bo’lish shakllari aksini topadi. Ammo ijtimoiy psixologiya ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida kishilarning ommaviy xulq-atvori xususiyatlarini, ijtimoiy birliklar va guruhlarning ijtimoiy hayot hodisalariga bo’lgan munosabatlarining muayyan tipini tavsiflaydi. Ular e’tiqodlar, ijtimoiy mo’ljallar, tuyg’ular, odatlar, stereotiplar va hokazolar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ijtimoiy psixologiya ruhiyat tarzini, muayyan ijtimoiy guruhga xos bo’lgan jamoa xulq-atvorining ruhiy xususiyatlari va shakllari barqaror majmuini ham o’z ichiga oladi. Ijtimoiy birliklar va guruhlarni tushunishda ijtimoiy fe’l-atvorni hisobga olish muhim rol o’ynaydi.
Ijtimoiy psixologiyada u yoki bu guruhga yoki butun jamiyatga mazkur jamiyat tarixining muayyan davrida xos bo’lgan ijtimoiy tuyg’ular muhim o’rin tutadi. Ijtimoiy tuyg’ular juda faol va o’ta ta’sirchandir. Ular aks etish va tarqalish xususiyati va usullariga ko’ra farq qiladi. O’zaro ruhiy induksiya, taqlid, ijtimoiy nazorat, ta’sir ko’rsatish, emotsiyalarni yuqtirish va hokazolar shular jumlasidandir.

Yüklə 105,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin