5-mavzu. Terminlarning yasalishi


O‘zbek terminologiyasining tashqi manbalar hisobiga boyishi



Yüklə 252,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix19.10.2023
ölçüsü252,59 Kb.
#157288
1   2
5-MAVZU. Terminlarning yasalishi (1)

O‘zbek terminologiyasining tashqi manbalar hisobiga boyishi.
Hozirgi o‘zbek terminologiyasini yaratishda boshqa tillardan olib 
foydalaniladigan leksik material etimologik jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:
Arab va forstojik so‘zlari. Arab va fors-tojik tillariga mansub bo‘lgan so‘zlar 
yordamida termin yasash ko‘proq davlatni boshqarish, ta’limtarbiya va fan, madaniy 
qurilish sohalariga oid bo‘lib, ular XX asrning boshlaridan uning 90-yillarigacha 
yaratilgan, ularning umumiy miqdori, deyarli,bir nuqtada saqlandi. XXasrning 
90yillaridan so‘ng islomiy leksikaning hajmi ko‘paydi. Chunonchi nur,


hujayra, davlat, huquq, moliya mudofaa, sanoat, ittifoq, millat, ma’rifat, maorif, 
doira, markaz, nisbat, isbot, san’at kabilar arab tilidan; barg, dastgoh, ohangrang, 
poydevor kabilar fors-tojik tilidan kirgan so‘zlardan hosil bo‘lgan terminlarsanaladi. 
Rus tilida qo‘llaniladigan so‘zlar. Rus tilida o‘zlashtirilgan terminlarning 
ba’zilarietimologik jihatdan rus tiliga boshqa tillardan kirgan baynalminal 
terminlardir.Masalan: parovoz, teploxod, samovar, samolyot,minor, gamma, 
tsilindrlar, bruslar,basketbol korzinasi so‘zlari ruscha; omonim, sinonim, metafora, 
vergul, metonimiya, sinekdoxa so‘zlari grek-lotincha asosda shakllangan.
Xullas, o‘zbek terminologiyasi haqidagi prof. U.Tursunovning fikrlari bugungi 
tilshunosligimiz uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. K.M.Musayev 
terminologiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo bir shaharga qiyoslaydi. Uning 
fikricha, terminologiya yagona reja asosida qurilsa-da, lekin birdaniga barpo 
etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har xil avlodga 
mansub bo‘lgan turli me’morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. Ular har 
bir qurilayotgan inshootni yaxshi o‘rgangan holda barpo etadilar.Terminologiyani 
tartibga solishdagi o‘ziga xos murakkablik ham shu bilan belgilanadikeyinchalik 
turkiy tillar materiallari asosida terminlarni o‘rganish bo‘yicha ishlarini ko‘rsatish 
mumkin.
Ilmiy adabiyotlarda barcha tillardagi sohaviy terminologiyalar uchun umumiy 
bo‘lgan quyidagi jiddiy kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tilgan: terminlarning ko‘p 
ma’noliligi;terminlar sinonimiyasi; ma’lum bir tushunchani ifodalashga xizmat 
qiluvchiterminning anglatishi lozim bo‘lgan tushuncha mohiyatiga uyg‘un 
bo‘lmasligi; terminning ko‘p komponentlardan iborat bo‘lishi va natijada, uni 
qo‘llashdagi noqulaylik; termin talaffuzining noqulayligi (bunday terminlar ikki 
sababga ko‘ra vujudga keladi:
1) asosiy terminni yaratishda uning derivatlilik imkoniyatlari etarlicha 
inobatgaolinmaydi;
2) xorijiy terminni o‘zlashtirishda unga jiddiy e’tibor bilan qarab, tanqidiy
yondoshilmaydi); terminologiyani keragidan ortiq miqdorda xorijiy terminlar 
bilan to‘ldirib tashlanishi; termin yaratilishida u anglatishi lozim bo‘lgan tushuncha 


mohiyati bilan o‘zaro batartiblik (sistemalilik)ning yetishmasligi kabilardir. 
Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu 
soha 
terminologiyasining 
qaydarajada 
taraqqiy 
etganligi, 
shuningdek, 
tartibgasolinganligikabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Chunki ilmiy 
adabiyotda qo‘llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo‘lmas 
ekan, unda, albatta, chalkashlik,noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi. 
Shu bois,V.P.Danilenko ta’kidlaganidek, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot 
ko‘rsatkichi shu soha
terminologiyasining «qat’iy ilmiy terminologiya»ga ega ekanligi bilan ham 
belgilanadi. V.P.Danilenko bu erda «qat’iy ilmiy terminologiya» tushunchasini 
biron bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan 
uyg‘unlashuvisohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni 
ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va muomalada bo‘lib turgan 
terminologiyaning muayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni nazarda 
tutadi.Terminlarning «aniqligi va
qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko‘rsatadi.
Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xilsohalarida turlicha
bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq.
Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi atamalarning kelib 
chiqishi,tartibgatushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida atamalarning 
puxta ishlanishitartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona 
tilida dars olib
borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va
tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi». 
Nazorat savollari 
1.
O‘zbek terminologiyasi haqida nimalarni bilasiz? 
2.
Terminlarning yasalishi haqida gapiring. 
3.
O‘zbek tilida terminlarning yasalish turlari haqida nimani 
bilasiz? 


4.
Yasama terminlarga misollar keltiring. 
5.
O‘z sohangizga oid qanday yasam terminlarni bilasiz? 

Yüklə 252,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin