5-MAVZU. Terminlarning yasalishi
Reja:
1.
Terminlarning yasalish turlari
2. O‘zbek tilida terminlarning yasalishi
3. Tub va yasama terminlar
Tayanch tushunchalar:
termin, so‘z yasalishi, termin yasalishi, o‘zbek tili, tub
so‘z, yasama so‘z, yasama termin.
XX asrning 30-yillari o‘zbek tilining ko‘plab terminologik lug‘atlari tuzilib
nashr etildi. Shu jarayonda terminlar tarixi, terminlarning ma’no va mavzu guruhlari,
grammatik tuzilishi va yasalishi, taraqqiyot yo‘li va boyish manbalari haqida nazariy
masalalari ham ishlab chiqildi. Ulug‘ Tursunov, birinchilardan bo‘lib, o‘zbek tili
terminologiyasi masalalariga oydinlik kiritishga harakat qildi va ushbu masalaga
bag‘ishlab asarlar yozdi:«Tilterminologiyada burjuaziya intilishlariga qarshi»,
«O‘zbek terminologiyasi masalalari», «Terminologiya masalalari», «O‘zbek adabiy
tilida so‘zterminlar tanlash prinsiplari» kabilar. Bu asarlarda terminlarni hosil qilish,
to‘plash,tartibga solish,unifikatsiyalash va nashr etish sohasidagi turli xil qarashlar
va tushunchalar haqida mulohaza yuritiladi.Bundan tashqari, terminologiya
sohasida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan chalkashliklar yaqqol ko‘zga tashlana
boshlashi ta’kidlanadi. Masalan, bir tushunchaning turlicha atala va yozila
boshlashi; aniq va ixcham terminlar o‘rniga uzundan uzoq izohlarning berilishi;
termin yaratishda ona tili imkoniyatlaridan kam foydalanish;o‘z-bek
terminologiyasini boyitishdagi manbalardan biri tashqi omilga turlicha yondashish
faktlari mavjudligi ko‘rsatildi. Prof. U.Tursunovning terminologiya masalalariga
bag‘ishlangan asarlarida ikki muammo alohida o‘rin tutadi:
1. Terminlarning qo‘llanilishi.
2. Terminologiyaning boyish manbalari.
Terminlar qo‘llanilishi haqida fikr yuritar ekan prof. U.Tursunov ularni uch
guruhga ajratib tahlil qiladi: a)bir sohada qo‘llaniladigan terminlar; b)har xil
sohada qo‘llaniladigan terminlarv)termin ham oddiy so‘z sifatida qo‘llaniladigan
terminlar.
Prof.U.Tursunov asarlarida o‘zbek tili terminologiyasining boyish
manbalaribatafsil yoritilgan.O‘z asarlarida U.Tursunov o‘zbek tili terminologik
tizimining ichki va tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi haqida ma’lumot
beradi.O‘zbek tili terminologik tizimlarining rivojlanishi, shakllanishi va
takomillashuvida shu tilning ichki imkoniyatlari asosiy rolni o‘ynaydi. Chunki
hayotda ro‘yberayotganulkan o‘zgarinshlar, fan va texnika hamda madaniyatning
rivojlanishi tilning ichki imkoniyatlaridan maksimal foydalanishni taqozo etadi. Har
bir tilda bo‘lganideko‘zbek tilida ham u yoki bu tushunchani ifodalash uchun bir
qancha usullardan foydalanadilar. Ular quyidagilardan iborat:
1.Terminlarning semantik yo‘l hisobiga boyishi.
2.Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
3.Terminlarning sintaktik yo‘l bilan yasalishi.
Qator terminologik sistemalarda semantik yo‘l bilan termin yasashdan unumli
foydalanib keladilar. Chunki semantik so‘z yasash terminologiyada amal qilinadigan
doimiy va an’anaviy yo‘ldir. Terminlarni tekshirish jarayonida qator leksik
qatlamlar semantik o‘zgarish tufayli terminologik sistemadan joy olishi
mumkinligini ko‘rsatdi. Ular biror ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘zbek
tilining odatdagi so‘zlaridir. Ulardan termin sifatida foydalanadilar: Ro‘zg‘or
buyumlari nomlari: qozon, cho‘mich, quti, kurak, panjara, pichoq kabilar.
Odam yoki hayvon a’zolarining nomlari: barmoq, tirnoq, quloq, bo‘g‘iz,
qanotkabilar.
Maishiy narsa-buyum nomlari: taroq, ko‘zgu, qalpoq kabilar.
Texnikaga oid bo‘lmagan so‘zlar: kalit,burqi, pona, payvandlash kabi texnik
terminsifatida qo‘llaniladi.
Sanab o‘tilgan odatdagi so‘zlarni termin deb qabul qilinar ekan, o‘sha so‘z
ifodalaydigan tushuncha belgilari yoki ma’nolaridan bittasi termin anglatishi lozim
predmetning biror muhim belgisini ifodalashi lozim.Bunday so‘zlar termin
bo‘lishiuchun ular olimlar tomonidan ta’riflanadi va mantiqan qanday ma’no
anglatishichegaralab ko‘rsatiladi.Shundan so‘ng qaysi sohaning termini ekanligi
qayd etiladi.
So‘zning semantik taraqqiyoti tilda yangi so‘zning yuzaga kelishiga sabab
bo‘ladi va util terminologiyasini boyitishga xizmat qiladi.Morfologik usul bilan
termin yasashda o‘zaknegizga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi.Bunday
termin yasash o‘zbek tilida eng mahsuldor usuldir.
Terminlarni yasashda -gich (-qich, -qich, -kich), -soz,-ma,-lik, -sh(-ish), -lash,
-cha, -chi affikslari faol ishtirok etadi: chang ajratgich, yem buqlatgich; mashinasoz,
asbobsoz; moslama, tirkama; temirchilik, mashinistlik; burg‘ilash, payvandlash;
bakcha, vagoncha; aniqlovchi, to‘ldiruvchi kabilar.
O‘zbek tili terminologiyasida yakka so‘zli terminlarga nisbatan sintaktik usul
bilan yasalgan terminlar ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. Buning sababi shundaki,
sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham
muhim nominativ manba sanaladi.
Ma’lumki, har bir til o‘ziga xos grammatik qonuniyatlar asosida ish ko‘radi.
Terminlar tuzilish materiali, ya’ni qanday so‘zlardan tashkil topganiga qarab bir
necha xil bo‘lishi mumkin:
Ot+ot tipidagi terminlar:samolyot borti,bug‘ mashina, shamol tegirmon,moy
juvoztemir qopqoq, arava gupchagi, radioning qulog‘i, samolyotning parragi
kabilar.
Nisbiy sifat+ot tipidagi terminlar: motorli qayiq, parrakli samolyot, magnitli
diskatirkama plug, halqasimon zichlagich kabilar.
Sifatdosh+ot tipidagi terminlar: o‘ta sezgir apparat, sezgir asbob, o‘zi yurar
mashina, pilla tortadigan avtomat, qirquvchi asbob, yurgizuvchi aravacha kabilar.
Dostları ilə paylaş: |