O‘zbek terminologiyasining tashqi manbalar hisobiga boyishi.
Hozirgi o‘zbek terminologiyasini yaratishda boshqa tillardan olib
foydalaniladigan leksik material etimologik jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:
Arab va forstojik so‘zlari. Arab va fors-tojik tillariga mansub bo‘lgan so‘zlar
yordamida termin yasash ko‘proq davlatni boshqarish, ta’limtarbiya va fan, madaniy
qurilish sohalariga oid bo‘lib, ular XX asrning boshlaridan uning 90-yillarigacha
yaratilgan, ularning umumiy miqdori, deyarli,bir nuqtada saqlandi. XXasrning
90yillaridan so‘ng islomiy leksikaning hajmi ko‘paydi. Chunonchi nur,
hujayra, davlat, huquq, moliya mudofaa, sanoat, ittifoq, millat, ma’rifat, maorif,
doira, markaz, nisbat, isbot, san’at kabilar arab tilidan; barg, dastgoh, ohangrang,
poydevor kabilar fors-tojik tilidan kirgan so‘zlardan hosil bo‘lgan terminlarsanaladi.
Rus tilida qo‘llaniladigan so‘zlar. Rus tilida o‘zlashtirilgan terminlarning
ba’zilarietimologik jihatdan rus tiliga boshqa tillardan kirgan baynalminal
terminlardir.Masalan: parovoz, teploxod, samovar, samolyot,minor, gamma,
tsilindrlar, bruslar,basketbol korzinasi so‘zlari ruscha; omonim, sinonim, metafora,
vergul, metonimiya, sinekdoxa so‘zlari grek-lotincha asosda shakllangan.
Xullas, o‘zbek terminologiyasi haqidagi prof. U.Tursunovning fikrlari bugungi
tilshunosligimiz uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. K.M.Musayev
terminologiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo bir shaharga qiyoslaydi. Uning
fikricha, terminologiya yagona reja asosida qurilsa-da, lekin birdaniga barpo
etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har xil avlodga
mansub bo‘lgan turli me’morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. Ular har
bir qurilayotgan inshootni yaxshi o‘rgangan holda barpo etadilar.Terminologiyani
tartibga solishdagi o‘ziga xos murakkablik ham shu bilan belgilanadikeyinchalik
turkiy tillar materiallari asosida terminlarni o‘rganish bo‘yicha ishlarini ko‘rsatish
mumkin.
Ilmiy adabiyotlarda barcha tillardagi sohaviy terminologiyalar uchun umumiy
bo‘lgan quyidagi jiddiy kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tilgan: terminlarning ko‘p
ma’noliligi;terminlar sinonimiyasi; ma’lum bir tushunchani ifodalashga xizmat
qiluvchiterminning anglatishi lozim bo‘lgan tushuncha mohiyatiga uyg‘un
bo‘lmasligi; terminning ko‘p komponentlardan iborat bo‘lishi va natijada, uni
qo‘llashdagi noqulaylik; termin talaffuzining noqulayligi (bunday terminlar ikki
sababga ko‘ra vujudga keladi:
1) asosiy terminni yaratishda uning derivatlilik imkoniyatlari etarlicha
inobatgaolinmaydi;
2) xorijiy terminni o‘zlashtirishda unga jiddiy e’tibor bilan qarab, tanqidiy
yondoshilmaydi); terminologiyani keragidan ortiq miqdorda xorijiy terminlar
bilan to‘ldirib tashlanishi; termin yaratilishida u anglatishi lozim bo‘lgan tushuncha
mohiyati bilan o‘zaro batartiblik (sistemalilik)ning yetishmasligi kabilardir.
Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu
soha
terminologiyasining
qaydarajada
taraqqiy
etganligi,
shuningdek,
tartibgasolinganligikabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Chunki ilmiy
adabiyotda qo‘llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo‘lmas
ekan, unda, albatta, chalkashlik,noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi.
Shu bois,V.P.Danilenko ta’kidlaganidek, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot
ko‘rsatkichi shu soha
terminologiyasining «qat’iy ilmiy terminologiya»ga ega ekanligi bilan ham
belgilanadi. V.P.Danilenko bu erda «qat’iy ilmiy terminologiya» tushunchasini
biron bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan
uyg‘unlashuvisohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni
ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va muomalada bo‘lib turgan
terminologiyaning muayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni nazarda
tutadi.Terminlarning «aniqligi va
qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko‘rsatadi.
Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xilsohalarida turlicha
bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq.
Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi atamalarning kelib
chiqishi,tartibgatushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida atamalarning
puxta ishlanishitartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona
tilida dars olib
borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va
tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi».
Nazorat savollari
1.
O‘zbek terminologiyasi haqida nimalarni bilasiz?
2.
Terminlarning yasalishi haqida gapiring.
3.
O‘zbek tilida terminlarning yasalish turlari haqida nimani
bilasiz?
4.
Yasama terminlarga misollar keltiring.
5.
O‘z sohangizga oid qanday yasam terminlarni bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |