5-Mavzu: Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati. Tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyati reja


K a t i o n l a r n i n g s i n g d i r i sh s i g’ i m i



Yüklə 167,38 Kb.
səhifə7/8
tarix17.10.2023
ölçüsü167,38 Kb.
#156726
1   2   3   4   5   6   7   8
5-Máruza

K a t i o n l a r n i n g s i n g d i r i sh s i g’ i m i. Eritmadagi neytral tuzlar ta’siri bilan tuproq tarkibidan siqib chiqarilishi mumkin bólgan kationlarning umumiy miqdori a l m a sh i n u v ch i k a t i o n l a r y i g’ i n d i s i n i (S) tashkil etadi hamda 100 g tuproq ka nisbatan mg. ekv bilan ifodalanadi.
Almashinish xossasiga ega bólgan singdirilgan kationlar yig’indisiga tuproqning s i n g d i r i sh s i g’ i m i yoki k a t i o n l a r n i n g a l m a sh i n i sh s i g’ i m i (E) deyiladi. Singdirish sig’imi ham 100 g tuproqda mg/ekv hisobida aniqlanadi. Turli tuproqlarda singdirish sig’imi 100 g tuproqda 3-70 mg/ekv gacha ózgarib turadi. Singdirish sig’imi tuproqdagi gumus miqdori, mexanik tarkibi, kolloidlarning mineralogik tarkibi va miqdoriga bevosita bog’liq. Singdirish sig’imi tuproq chirindisidagi gumin va fulvokislotalarning sifat kórsatkichlariga ham bog’liq. Silikatsiz temir va alyuminiyning gumus bilan hosil qilgan organik-mineral kompleksida singdirish sig’imi pasayadi. Chunki, Fe3+ va Al3+, gumusning aktiv funksional qismini biriktirib, kationlar singishini kamaytiradi. Muhit reaksiyasining ózgarishi bilan kationlarning singdirilishi ham har xil bóladi. Ishqoriy sharoitda gumus tarkibidagi gidroksil gruppaning aktivligi oshib, manfiy zaryadlar kópayganligidan, singdirish sig’imi ham ortadi.
Singdirish sig’imi turli tuproqlarning genetik gorizontlari bóylab ham ózgaradi.
Bundan kórinib turibdiki, qora tuproqlarda kationlarning singdirish sig’imi yuqori bólib, ayniqsa kóp gumusli qismi bu jihatdan aktivdir (100 g tuproqda 53,7 mg ekv). Chimli podzol tuproqlarda singdirish sig’imi juda ózgaruvchan bólib, ayniqsa podzol (A2) gorizontida ancha pastdir. Bóz tuproqlarning singdirish sig’imi yuqori qatlamda biroz kóp bólsada, umuman gorizontlari bóyicha deyarli bir xil (8,0-8,6 mg/ekv). Singdirish sig’imi tuproqlarning muhim kórsatkichlaridan biri. Singdirish sig’imi qanchalik yuqori bólsa, ósimliklar uchun zarur kimyoviy elementlar (Ca, Mg, K) tuproqda yuvilishdan saqlanib qolinadi. Tuproq muhiti reaksiyasining mótadilligini va umuman tuproq unumdorligining yuqori holatda saqlanishini ta’minlaydi.

Yüklə 167,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin