2. Tuproqning singdirish qobilyati va uning turlari. Tuproq komponentlari (qattiq, suyuq, gazsimon va biologik fazalari) ning tevarak – atrof muhitdan turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, ayrim molekulalar, kationlar va anionlarni almashinib yoki almashmasdan singdirish xossasiga uning singdirish qobiliyati deyiladi.
Tuproqda kechadigan singdirish jarayonlari óz tabiati bilan nihoyatda murakkab bólib, jumladan, turli moddalarning zarrachalar yuzasida yutilib, ushlanib qolinishi yoki ularning bevosita singdirilmasligi kabi xilma-xil hodisalar yig’indisini óz ichiga oladi. Tuproqning singdirish qobiliyati turli kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida róy beradi. Akademik K.K.Gedroys tuproqda moddalarning singdirilishi (yutilishi) va bunda yuz beradigan turli jarayonlarni e’tiborga olib, tuproqning singdirish qobiliyatini: mexanik, biologik, kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy kabi besh turga ajratadi.
Mexanik singdirish qobiliyati. Atmosfera yog’inlari va sug’orish suvlaridagi mayda loyqa zarrachalarning tuproq qatlamlarida tóliq yoki qisman ushlanib qolinishiga mexanik singdirish deyiladi. Masalan, yerni loyqa suv bilan sug’organda undagi mayda gard holidagi zarrachalar tuproqning g’ovaklarida mexanik ravishda saqlanib qoladi. Mexanik singdirish tuproqning mexanik tarkibi va g’ovakligiga bog’liq. Og’ir qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda qumloq va qumli tuproqlarga nisbatan bunday singdirish yuqori bóladi. Tuproq zarrachalari orasidagi kapillyar g’ovaklar qanchalik kichik bólsa, unda ólchami kattaroq zarrachalar shuncha kóp tóplanadi, shuningdek, zichlangan tuproqlarda g’ovaklikka nisbatan mexanik singdirish kuchliroqdir.
Mexanik singdirish tuproqning muhim xossasi hisoblanadi. Bahorgi oqim suvlardagi kóplab loyqa zarrachalari va undagi oziq moddalar suv sizib ótgandan keyin, tuproqda singdirilib qolinadi. Tuproqning mexanik singdirish qobiliyatidan dehqonchilikda va sug’orish amaliyotida keng foydalaniladi. Masalan, dehqonlarimiz azaldan toshloq va qumli yerlarning fizik holatini yaxshilash, suvning sizib ketishini kamaytirish maqsadida maydonlarga suv bilan loyqa yuborib, yotqizishgan (kolmataj). Ana shu yól bilan toshloq yerlarni yaroqli holga keltirishgan. Loyqa yotqizish hozirgi vaqtda g’ovak gipsli tuproqlarning fizikaviy xossalarini yaxshilab borishda ham keng foydalanilishi mumkin.
Órta Osiyoning qator daryolarining loyqa suvlari bilan (masalan, Amudaryo suvida loyqa kóp bóladi) yerni sug’organda tuproqda mexanik singdirilish natijasida, loyqa bilan birga kóplab oziqaviy moddalar tóplanadi va tuproq unumdorligi ham oshib boradi.
Biologik singdirish qobiliyati ósimliklar va tuproq mikroorganizmlarining hayot faoliyati bilan bog’liq. Ósimliklar rivojlanish davrida tuproq eritmasidan óziga kerakli moddalarni tanlab oladi va ularni organik moddalarga aylantirib, tuproqda mustahkam ushlab qoladi. Natijada ósimliklarning ildizi tarqalgan tuproq qatlamlarida organik moddalar bilan bir qatorda, kóplab har xil kul elementlari va azot tóplanadi va yuvilishdan saqlanib qolinadi. Dukkakli ósimliklarning 2 metrdan oshadigan ildizlari tuproqning pastki qatlamlaridan kaliy, fosfor, kalsiy, oltingugurt kabi elementlarni sórib olib, tuproqning yuqori qatlamlarida tóplaydi. Tuproq mikroorganizmlari organik moddalarni parchalab, kul elementlarini aktiv ózlashtiradi. Ba’zilari atmosferadagi azotni fiksasiyalab, ularni oqsil moddalarning birikmalari holida tuproqda ushlab, mustahkamlaydi.
Demak, biologik singdirish natijasida tuproqda ósimliklar uchun zarur oziqa moddalar, jumladan, azot tóplanadi va tuproq unumdorligi yaxshilanib boradi. Ye.N.Mishustin ma’lumoticha, madaniylashgan chimli podzol tuproqlarning har gektarida bir yilda biologik singdirilish natijasida 120 kg azot, 40 kg fosfor, 25 kg kaliy tóplanadi.
Kimyoviy singdirish qobiliyati. Tuproqda kechadigan kimyoviy reaksiyalar natijasida eritmadagi birikmalarning qiyin eriydigan holda chókmaga tushishi va tuproqda mustahkam ushlanib qolinishiga kimyoviy singdirish deyiladi. Kimyoviy yól bilan tuproqda aninonlardan SO2-4, CO2-3, H2PO4,HPO2-4, PO3-4, kationlardan Ca2+, Mg2+, Fe3+, Al3+ singarilar singdirilishi mumkin. Tuproqqa tushadigan atmosfera yog’inlari, sizot va sug’orish suvlari tarkibidagi kation va anionlar tuproq eritmasidagi tuzlar bilan erimaydigan va qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi va natijada tuproqda singib qoladi. Masalan:
TSK]Ca2+ + Na2SO4TCK]2Na + CaSO4;
2) TSK]Ca2+ + 2NaHCO3 TSK] 2 Na +Ca(HCO3)2 Ca (HCO3)2 H2O + CaCO3 +CO2;
Na2CO3 + CaSO4CaCO3 + Na2SO4;
4) Al(OH)3 + H3PO4AlPO4 +3H2O ;
Agar karbonatli yerga tarkibida fosfor kislotaning eriydigan tuzi bólgan superfosfat Ca(H2PO4)2 solinsa, u holda bu tuz tuproq eritmasidagi kalsiy tuzlari bilan quyidagicha reaksiyaga kirishib, suvda qiyin eriydigan uch kalsiy fosfat Ca3(PO4)2 hosil bóladi:
2 CaCO3 + Ca(H2PO4)2 = Ca3(PO4)2 + 2Na2CO3 + 2 H2CO3 → 2CO2 +2H2O
(ohak)(superfosfat)(chókma)
Ana shunday singdirilish natijasida ósimliklarning fosfordan foydalanish koeffisiyenti juda kam (20-25 foiz). Shu sababli hozirgi vaqtda qishloq xójaligida yaxshiroq eriydigan va ósimliklar uchun qulay bólgan óg’it-ammofos qóllanilmoqda.
Kislotali tuproqlar (podzol, chimli-podzol, qizil tuproqlar) da temir va alyuminiy gidrooksidlari kóp bólganidan fosfor kislotasi ionlari bilan reaksiyaga kirib, qiyin eriydigan temir va alyuminiy fosfatlari vujudga keladi.
Demak, fosforli óg’itlardan foydalanilayotganda tuproqning kimyoviy singdirish qobiliyatiga alohida e’tibor berish lozim.