5-mavzu: uslubiyme`yorlar. Nutq uslublari. Reja: Uslubiyme`yorlar. Nutq uslublari



Yüklə 29,69 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü29,69 Kb.
#192102
  1   2   3   4
5-mavzu


5-MAVZU:USLUBIYME`YORLAR. NUTQ USLUBLARI.
Reja:
1. Uslubiyme`yorlar.
2. Nutq uslublari.
3. So`zlashuv, ommabop, badiiy uslublar.
Uslubiy me’yorlar.
Fonetik me’yor.Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, undosh tovushlarning qo’llanishi me’yor hisoblanadi.
Leksik –Semantik me’yor.Hozirgi o’zbek tilining lug’aviy me’yori deganda, so’z variantlarining ҳamma uchun tushunarli bo’lgan ko’rinishini tanlab olish tushuniladi. Lug’aviy me’yor imlo, talaffuz va tarjima lug’atlarda o’z aksini topgan bo’ladi.
Talaffuz me’yorlari.Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga muofiq kelishidir.Ammo, og’zaki nutq, ya’ni talaffuz me’yorlari o’zbek tilshunosligida qat’iy belgilanmagan.Talaffuz me’yorlarni egallashda orfoepik lug’atlarning ahamiyati katta.
Aksentologik me’yor. Bunda urg’uni so’z va gaplarda to’gri qo’llash me’yori tushiniladi. Masalan: olma, olma, yangi, yangi, hozir, hozir so’zlarida urg’uni to’g’ri ishlatmaslik so’z ma’nosiga ta’sir qiladi.
Grammatik me’yor. Hozirgi tilimizda turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatilmoqda. Shunga qaramay, ba’zan - ning o’rnida – ni , -lar o’rnida – la shakllarini xato qo’llash hollari uchraydi: Direktorni xonasida ko’rdim. Direktorning xonasida ko’rdim.Birinchi misolda Direktorning o’zini ikkinchisida boshqa kishini ko’rganlik ma’nosi anglashilmoqda.
So’z yasalish me’yori.So’z yasovchi qo’shimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi so’z yasalish me’yori hisoblanadi.
Imloviy (orfografik) meyor.Adabiy tilning madaniylik darajasini belgilovchi asosiy mezonlaridandir.
Grafik (yozuv) me’yor.Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan yozuvdir. Bosh va kichik harflar hamda yozma va bosma shakl ko’rinishlariga ega bo’lgan yozuv me’yoriydir.
Punktuatsion me’yor. O’nta tinish belgi asosida ish ko’radi .( . , : ? ! ( ) ; « » - ) .
Uslubiy me’yor.Adabiy tilning uslubiy me’yori til birliklarining nutqda sharoitga qarab eng ma’qulini qo’llashdir.
Uslubiyat tunshunchasi . Uslubiyat va nutq madaniyati tilshunoslikning bir-biriga aloqador, ammo alohida mustaqil soqalaridir. Uslubiyat sohasi nutq madaniyatini ko’tarishga yordam beradigan omillardan biri. Uslubiyat sharoitga, mazmun va maqsadga ko’ra nutqni turlicha tuzish yo’llarini o’rgatadi. Uslubiyat kishilarda gapira olish malakasini, mahoratini tarbiyalashga xizmat qiladi.Uslubiyatni o’zbek alfaviti, orfografiyasi, orfoepiyasini takomillashtirish ishi deyarli qiziqtirmaydi.Nutq madaniyati bular bilan juda qiziqadi. Ko’rinadiki nutq madaniyati o’z maqsad va vazifalari doirasiga ko’ra ancha keng soha bo’lib, uslubit anchagina tor.
Jus’iy soҳadir.Shunday qilib nutq madaniyati bilan uslubiyat sohalari teng hodisalar emas, ammo ular biri ikkinchisini to’ldiradi.
NUTQ USLUBLARI
1. So’zlashuv uslubi
2. Ilmiy uslub
3. Rasmiy-idoraviy uslub
4. Ommabop (publitsistik) uslub
5. Badiiy uslub
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.
O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.

Yüklə 29,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin